Antropogen ifloslanish
deb inson faoliyati natijasida ifloslantiruvchi
moddalarning
atmosferaga
tashlanishi
tushuniladi.
Atmosfera
havosiga
tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar agregat holati bo‘yicha 3 toifaga bo‘linadi:
1. gazsimon (oltingugurt oksidi, azot oksidlari, uglerod oksidlari,
uglevodorodlar va h.k.)
2. suyuq (kislotalar, ishqorlar, tuz eritmalari va h.k.)
3. qattiq (kanserogen moddalar, qo‘rg‘oshin, organik va noorganik changlar
va h.k.)
Atmosfera havosini asosiy ifloslantiruvchilar - bu oltingugurt oksidi (SO
2
),
azot oksidlari (NO
x
), uglerod oksidi (CO) va qattiq moddalardir. Bular atmosfera
havosining
umumiy
ifloslanishining
98%
ini
tashkil
qiladi.
Asosiy
95
ifloslantiruvchilardan tashqari yana 70 xil ifloslantiruvchilar mavjud. Atmosfera
havosining eng xafvli ifloslanish turi - radioaktiv ifloslanish hisoblanadi.
Atmosferani ifloslantiruvchi asosiy manbalar quyidagilar hisoblanadi:
1. Avtotransport vositalari.
2. Markazlashgan issiqlik va elektr tarmoqlari.
3. Sanoat korxonalari.
4. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari.
5. Maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari.
Atmosfera havosining sun’iy (antropogen) usulda ifloslanishi inson faoliyati
bilan chambarchas bog’liqdir. Sanoat korxonalari, qurilish, energetika tarmoqlari,
qishloq xo‘jaligi, konchilik va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalaridan
chiqadigan zararli gazlar, bug’lar, changlar, bakteriya va mikroblar atmosfera
havosini sun’iy ifloslantiradi.
Atmosfera havosiga chiqariladigan iflos moddalarning asosiy qismini zaharli
gazlar (SO
2
, CO
2
, NO
2
), uglevodorodlar, chang, qurum, metal birikmalari tashkil
etadi. Ular ko‘pincha organik moddalar va yoqilg’ilarni yondirish paytida vujudga
keladi.
Dunyo bo‘yicha har yili atmosferaga taxminan 2 mln t chang, 100 mln t
CO
2
, 50-60 mln. t azot oksidlari, 300 mln t qo‘rg’oshin birikmalari va qurum, 700
mln t CO
2
chiqariladi. Qurum tarkibida 1,5-2,0% benzopiren va dioksin kabi
kanserogen moddalar mavjud bo‘lib, ular nafas olish yo‘llari orqali inson
organizmiga kirib, saraton kasalligini keltirib chiqaradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 tonna ko‘mir yoqilganda atmosferaga taxminan 35
tonna SO
2
va SO
3
, 6-7 tonna qattiq zarrachalar (chang va qurum), 10 tonnagacha
NO
2
ni chiqarmoqda. O‘zbekistonda atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar
chiqindilarining tarkibi va salmog‘i quyidagicha: uglerod oksidi – 40 %,
oltingugurt oksidi – 20 %, azot oksidi – 9%, uglevodorodlar – 20 %, qattiq
moddalar – 6,5 % va boshqa moddalar – 4,5 % ni tashkil etadi. Toshkent shahrida
bir sutkada 20 mln m
3
ishlangan, iflos va tarkibida 4% CO
2
bo‘lgan gazlar
atmosfera havosiga chiqariladi.
96
Atmosfera ifloslanishida tog’-kon sanoati, maishiy-kommunal xo‘jaligi va
qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining ulushlari ham nihoyatda kattadir.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, sanoati taraqqiy etgan, transnort va
energetika tarmoqlari rivojlangan, qishloq xo‘jaligi kimyolashtirilgan va
zamonaviy mashinalar bilan ta’minlangan, aholining ko‘payishi va urbanizasiya
jarayoni yuqori bo‘lgan hozirgi davrda atmosfera havosining sun’iy ifloslanishi
uning tabiiy ifloslanishidan ustunlik qilmoqda.
Avtomobil, samolyot, kosmik kema, teplovoz, qishloq xo‘jaligi mashinalari
nihoyatda katta miqdorda kislorodni sarflab, atmosfera havosini is gazi, azot
oksidi, uglevodorodlar, qo‘rg’oshin birikmalari, chang va boshqa kanserogen
moddalar bilan ifloslantirmoqda. AQSH da atmosfera havvosining ifloslanishida
avtotransport vositalarining hissasi 73 % ni, sanoat esa 17% ni tashkil yetadi.
Atmosferaning sun’iy ifloslanishida avtotransportning hissasi
juda
katta.
Yer
yuzasidagi
barcha
avtomobillar
bir
sutkada
atmosferaga 0,7 mln. tonna SO
2
, 110 tonna SN
4
, 30000 tonna NO
2
va
benzin bug‘lari chiqaradi. Bundan tashqari ular havoga k o‘plab CO
2
va qo‘rg‘oshin birikmalari chiqaradi. Respublikamizda atmosfera
ifloslanishida transport vositalarining ulushi o‘rtacha 67 %, ayrim
shaharlarda (Toshkent , Samarqand, Andijon, Buxoro) esa 80 % dan
ko‘pini tashkil etadi.
Sanoat korxonalarida k o‘mir, neft, gaz yoqilg‘ilari chala yonishi
tufayli atmosferaga juda k o‘p chala yongan zarralar (qurum, kul,
chang) va zararli gazlar CO, CN, S birikmalari, SO, NO lari chiqadi.
Ayniqsa kimyo, metallurgiya, neftni qayta ishlash va qurilish
materiallari ishlab chiqarish korxonalarining tashlanmalari juda xavfli.
Ulardan chiqqan turli toksik moddalar inson organizmiga havo
orqali o‘tib qonga so‘riladi. Qora va rangli metallurgiya korxonalari
chang, S gazi, S va N oksidlarini chiqaradi. Alyuminiy sanoati esa
atmosferani ftor moddasi bi lan ifloslantiradi. Sement zavodlarida 1
tonna sement ishlab chiqarishda 100 kg sement changi havoga chiqadi.
97
Bu changlar tuproqda yig‘ilib texnogen qatlam hosil qiladi va
o‘simliklarga kuchli ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |