Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   189
Bog'liq
ekologiya

I.
 
Produstentlar
  (hosil  qiluvchilar),  avtotrof  organizmlar  bo‘lib,  anorganik 
moddalardan organik moddalar hosil qiladi. Bular yashil o‘simliklardir. 
II.  Konsumentlar
  (iste’mol  qiluvchilar),    geterotrof    organizmlar  bo‘lib,  
avtotrof organizmlar  hisobiga yashaydi. Ular uchga bo‘linadi: 
1  -  darajali  konsumentlar  —  o‘simlikxo‘r    hayvonlar,      parazit  bakteriyalar 
va zamburug‘lar; 
2  -  darajali  konsumenlar  —  o‘simlikxo‘r  hayvonlarni  iste’mol  qiladigan 
yirtqichlar; 
3 - darajali konsumentlar   —  superparazitlar. 
III

Redustentlar
.  Bular  tuproqdagi  mikroorganizmlar  bo‘lib,  o‘simlik  va 
hayvon  qoldiqlari  bilan  oziqlanib,  uni  parchalovchi  organizmlardir.  Biotsenozni 
tashkil  qiluvchi  o‘simlik,  hayvon  va  mikroorganizmlar  jamoasining  birga 
yashashga  moslashuvi  ularning  abiotik  omillarga  bo‘lgan  o‘xshash  ehtiyojlarida 
ifodalanadi. 
"Biotsenoz"
  atamasi  hozirgi  zamon  ekologik  adabiyotlarda,  ma’lum 
hududlarni  belgilash  maqsadida  ham  ishlatiladi.  Masalan,  bug‘doy  dalasi 
biotsenozi,  o‘tloq  biotsenozi,  o‘rmon  biotsenozi  va  hokazolar.  Bunda,  birga 
yashashga  moslashgan  o‘simlik,  hayvon  va  mikroorganizmlar  kompleksi  hisobga 
olinadi. 
Yer  yuzidagi  biotsenozlar  ko‘p  yarusli  bo‘lib,  ular  har  xil  balandliklarda, 
vertikal  joylashgan  qatlamlarga  ega.  Masalan,  o‘rmonlarda  daraxtning  ildizi  va 
tanasining joylashishiga qarab bir necha yaruslar ajratish mumkin: 1)  Daraxtlar; 2)  
Butasimon o‘simliklar va yosh daraxtlar; 3)  O‘tsimon o‘simliklar va butachalar; 4)  
Moxlar. 
Hayvonlar  ham  o‘rmonda  har  xil  yaruslarni  egallagan,  ya’ni  har  xil 
balandliklarda  yashaydi.  Ko‘p  qushlar  uz  uyalarini  yerda  quradi.  Olaqush, 
zag‘izg‘on va boshqalar esa daraxtlar tanasiga (qizilishton va boshqalar), uchinchi 
xillari esa daraxtlarning ustiga quradi. 


59 
 
Har  bir  yarusdagi  o‘simlik,  umurtqali  va  umurtqasiz  hayvonlar  o‘rtasida 
kuchli bog‘lanish kuzatiladi. 
Jamoalar  strukturasida  turlarning  roli  bir  xil  emas.  Bir  xil  turlar  asosiy  rol 
o‘ynaydi,  son  jihatidan  ustun  va  ular  dominant  deyiladi.  Biotsenozdagi  muhit 
sharoitini  belgilovchi  turlar  edifikatorlar  deb  yuritiladi  va  ular  dominantlarga 
kiradi. 
1.  Yirtqichlik    va    parazitlikning  asosiy  ekologik  roli  shundan  iboratki, 
oziqlanish  davrida  hayvonlar  bir-birlari  bilan  oziqlanib,  moddalarning  aylanma 
harakati  uchun  zarur  sharoit  yaratadi.  Ma’lumki,  tabiatda  moddalarning  aylanma 
harakatisiz hayot bo‘lmaydi. 
2.    Yirtqich  –o‘lja  munosabatlarining  roli  shundan  iboratki,  shu  munosabat 
tufayli  hayvonlarning  soni  ma’lum  bir  miqdorda  saqlanadi.  Masalan:  Arizona 
shtatida  bo‘rilarni  hammasi  otib  tashlanganda,  kiyiklar  ko‘payib  ketib,  ovqat 
yetishmasligi natijasida kiyiklar ham qirilib ketgan. 
Laboratoriya  sharoitida,  yirtqich  va  o‘lja  bir  joyda,  birgalikda  yashaganda, 
ularning miqdori doimiy ravishda o‘zgarib turadi. 
Eksperimental 
ekologiya 
asoschisi 
Gauze 
tomonidan 
o‘tkazilgan 
tajribalarning  birida  o‘lja  –  infuzoriya  -  tufelkalar  ko‘payishi  bilan  birga,  bir 
vaqtning  o‘zida  yirtqichlar  ham  ko‘payib  boradi.  Yirtqichlar  tez  ko‘payib,  eng 
baland  nuqtaga  yetganda,  ular  o‘lja  -  tufelkani  yeb  tamomlaydi.  Shundan  keyin 
ovqat  yetishmasligi  natijasida  yirtqichlar  ham  o‘la  boshlaydi.  Probirka  tagida  oz 
sonli  tufelkalar  qolgan  qum  orasida  yashirinib,  yirtqichlar  o‘lgandan  keyin,  yana 
ko‘paya boshlaydi va hokazo. 
Organizmlar orasidagi munosabatlar turlicha. 
Kommensalizm,
 deb shunday 
munosabatga  aytiladiki,  bunda  bir  tur  ikkinchisiga  (kommensial  uchun)  ovqat 
tayyorlab  beradi.  Kommensalizm  bu  bir  tomonlama  foydalanish,  ya’ni  bunda  bir 
tur  ikkinchi  tur  tomonidan  bir  tomonlama  foydalanadi,  lekin  unga  zarar 
keltirmaydi.  Kommensalizmga  misol  qilib  daraxtlarning  po‘stlog‘ida  joylashgan 
epifitlarni  ko‘rsatish  mumkin.  Qushlarning  uyasida,  kemiruvchi  hayvonlarning 
inlarida  ko‘plab  bo‘g‘inoyoqlilar  yashaydi.  Bu  inlarda  hashoratlar  uyaning 


60 
 
mikroiqlimidan  foydalanadi,  organik  moddalarning  qoldiqlarini  iste’mol  qilish 
bilan kifoyalanadi. 
Nepentens 
o‘simligining  ko‘zachasidagi  shira  ichida  ninachi  va 
chivinlarning  lichinkalari  yashaydi.  Ular  o‘simlik  ko‘zachasiga  tushgan 
hasharotlarni yeb oziqlanadilar. 
Kommensalizm  tabiatda  zichroq  yashash,  resurslardan  to‘liq  foydalanishda 
yordam beradi. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish