Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   189
Bog'liq
ekologiya

NAZORAT SAVOLLARI  
1. Populyatsiya nima? 
2.  Populyatsiyaning qanday xarakterli belgilarini bilasiz? 
3.  Qanday populyatsiya tiplari bor? 
4.  Populyatsiyalar dinamikasi, uning joyda tarqalish tiplari qanday? 
5.  
Populyatsiyaning vaqtda o‘sishi qanday chiziq bilan ifodalanadi? 
6.  Nima uchun populyatsiya muhofaza vositasi hisoblanadi? 
 


54 
 
V – BOB. BIOTSENOZ HAQIDA TUSHUNCHA 
Ma’lumki,  har  qanday  tirik  organizm  bir  qancha  boshqa 
organizmlar  orasida  yashaydi  va  ular  bilan  turli  munosabatlarda 
bo‘ladi.  Tirik  organizmlarning  birgalikda  tashkil  etgan   tuzilmalari 
yoki    hamjamoalari  o‘ziga  xos  tabiiy  qonuni yatlar  orasida  vujudga 
keladi  va  boshqarib  turiladi.  Organizm  darajasidan  yuqori  turadigan 
ana  shunday  tizimlardan  biri  -  biotsenozlardir. 
«Biotsenoz»
  lotincha 
so‘z bo‘lib, 
bios
-hayot, 
tsenoz
-umum, jamoa demakdir.  
Biotsenoz 
deb  ma’lum  vaqt  mobaynida  bir-biri  bilan  uzviy 
bog‘liqlikda  shakllangan  va  birgalikda  faoliyat  k o‘rsatadigan  turli 
tirik 
organizmlarning 
t o‘plamiga 
aytiladi. 
Ekologik 
jihatdan 
biotsenozning quyidagi xususiyatlariga asosiy e’tiborni qaratish lozim:  
-  biotsenoz  turli  tirik    organizmlar  gur uhlaridan  iborat  murakkab 
tabiiy tizim sifatida faoliyat k o‘rsatadi; 
- uning shakllanishi k o‘p hollarda uzoq vaqtni talab etadi;  

undagi 
tirik 
organizmlarning 
o‘zaro 
munosabatlari 
muvozanatlashgan holda b o‘ladi; 
-  biotsenozdagi  tirik  organizmlar  o‘zaro  va  atrof-muhitga 
moslashib yashaydilar. 
Biotsenozlar  xilma-xil  tuzilmaga  ega.  Odatda  uni  tur,  fazo  va 
ekologik  tuzilmalarga  b o‘lib  o‘rganiladi.  Biotsenozning  tur  tuzilmasi 
deyilganda  undagi  turlarning  xilma -xilligi,  miqdori,  ularning  ekologik 
holati va hokazolar e’tiborga olinadi.  
Biotsenoz 
odatda 
fitostenoz, 
zoostenoz 
va 
mikro -
biyostenozlardan  tashkil  topadi.  Fito tsenoz  hosil  qilishda  o‘simliklar 
orasida  son  jihatdan  k o‘plikni  tashkil  etuvchi  yoki  k o‘zga  yaqqol 
tashlanuvchi  tur  ajratiladi  va  bu  tur  odatda  hu kmron  (dominant)  tur 
deyiladi.  Domina nt  turlarga  nisbatan  ozroq  miqdorda  uchraydigan, 
ammo 
fitotsenozda 
ma’lum 
ahamiyatga 
ega 
bo‘lgan 
turlar 


55 
 
subdominantlar 
deyiladi. 
Kamroq 
sonda 
u chraydigan 
turlar 
komponentlar  deyiladi.  Biotsenozdagi  bir  turning  boshqa  tu rlarga 
nisbatan  tutgan  o‘rni 
ekologik  o‘rin
  deyiladi.  Ekologik  o‘rin  trofik, 
topik,  forik  va  fabrik  kabi  toifa  (aloqa)   larda  namoyon  bo‘ladi.  Trofik 
aloqa  bir  turning  ikkinchi  tur  bilan  oziqlanishida  namoyon  b o‘ladi 
(o‘simlik-o‘txo‘r-go‘shtxo‘r).  Trofik  bog‘lanishlar  bir  tur  ikkinchi  tur  bilan 
oziqlansa    (bu  tirik  yoki  o‘lik  organizmlar  qoldig‘i  bo‘lishi  mumkin),  hayoti 
davomida shu yo‘l bilan  tayyorlangan mahsulotlardan oziqlanishda foydalaniladi. 
Masalan: ninachilar har xil hashoratlar bilan ovqatlanadi, asalarilar o‘simliklarning 
gullaridan nektar oladi (ular o‘simliklar bilan bevosita munosabatda bo‘ladi chunki 
o‘simliklar asalarilarga ovqat tayyorlab beradi). 
Topik bog‘lanishlar - bir organizm hayoti boshqa bir organizmning yashash 
sharoitidan  kelib  chiqadigan  fizikaviy  va  kimyoviy  o‘zgarishlarga  sababchi 
bo‘ladi,  Masalan:  o‘simliklar  boshqa  organizmlarga  ularning  hayot  muhitni 
o‘zgartish orqali ta’sir ko‘rsatadi. 
O‘simliklar  jamoasi  yer  yuzida  issiqlikning  taqsimlanishi  va  mikroiqlim 
shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. 
Topik  va  trofik  bog‘lanishlar  biotsenoz  hayotida  katta  rol  o‘ynaydi  va 
biotsenoz  hayotining  asosini  tashkil  qiladi.  Har  xil  organizmlar  orasidagi 
bog‘lanishlar  mana  shu  topik  va  trofik  bog‘lanishlar  orqali  amalga  oshadi  va 
organizmlarning jamoada bog‘lanishiga sabab bo‘ladi. 
Forik  bog‘lanishlar  -  bir  turning  tarqalishida  boshqa  bir  turning 
qatnashuvidir.  Bunda  asosiy  rolni  hayvonlar  o‘ynaydi.  Hayvonlar  yordamida 
o‘simliklarning urug‘lari, sporalari va changlari tarqaladi. 
Hayvonlar  o‘simliklar  urug‘larini  passiv  va  aktiv  yo‘llar  orqali  tarqatishi 
mumkin.  Passiv  yo‘l  orqali  tarqalishiga  misol  qilib  hayvonlarning  to‘satdan 
o‘simliklarga tegib ketishi va ularning urug‘larini o‘ziga yopishtirib olib beixtiyor 
tarqatishini olish mumkin. Masalan, sut emizuvchi hayvonlar, junlariga yopishgan 
tukchali urug‘larning uzoq joylarga tarqalib ketishiga sababchi bo‘ladi. 


56 
 
Aktiv yo‘l bilan tarqatish — bu o‘simlik urug‘lari va mevalarning hayvonlar 
tomonidan eyilishi, hazm bo‘lmagan urug‘larning chiqarishidir. 
Fabrik  bog‘lanishlarda  bir  tur  ba’zan  o‘z  faoliyatlarida  boshqa  turlar 
qoldiqlarini  ishlatadi.  Masalan,  qushlar  o‘ziga  uya  qurganda  daraxtlarning 
mayinroq shoxchalarini, sut emizuvchilarning junini, o‘tlarni va barglarni ishlatadi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish