Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   189
Bog'liq
ekologiya

NAZORAT SAVOLLARI: 
 
1. Planetamizning yer resurslari qanday taqsimlangan? 
2. O‘zbekistonda yer resurslari qanday toifalarga bo‘linadi? 
3. Tuproq deganda nima tushuniladi? 
4. Tuproqlar degradatsiyasi deganda nima tushuniladi? 
5. Tuproqlarning sho‘ rlanishi va uning ekologik oqibatlarini tushuntiring. 
6. Tuproqlarning yemirilishi deganda nima tushuniladi? 
7. Tuproqlar ifloslanishining asosiy sababalarini ko‘rsating. 
8. Tuproq unumdorligini tiklash yo‘llarini ayting. 


153 
 
XI - BOB. CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH VA ULARDAN 
FOYDALANISH  
11.1. Chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar haqida tushuncha 
“Chiqindisiz  texnologiya”  atamasi  birinchi  marotaba  akad.  N.N.Semyonov 
va I.V.Petryanovlar tomonidan fanga kiritilgan edi. Ushbu atama bizda va horijiy 
mamlakatlarda  keng  tarqalib  ketdi.  Lekin  ba’zan  “kam  chiqindili  va  chiqindisiz 
texnologiyalar”  atamasi  o‘rnida  “toza”  yoki  “birmuncha  toza  texnologiya” 
atamalari  ham  qo‘llaniladi.  Chunki  “chiqindisiz  texnologiya”  atamasi  shartlidir. 
Buni isbotlash uchun termodinamikaning I va II qonunlarini ko‘rib chiqamiz. 
“Umumiy fizika” kursidan ma’lumki, yonilg‘i yonganda chiqadigan issiqlik 
miqdori  dQ  gazni  (yoki  sistemani)  ichki  energiyasini  dU  miqdorda  oshiradi  va 
porshenni dh masofada siljitib, dA miqdorda ish bajaradi. Demak, dQ kattalik dU 
va dA yig‘indisiga teng bo‘ladi: 
dQ=dU+dA 
 
(1) 
Berilgan issiqlik miqdori hisobiga bajarilgan ish qancha katta bo‘lsa, bunday 
mashinaning  samaradorligi  shuncha  yuqori  bo‘ladi.  Mana  shu  berilgan  yoki  sarf 
qilingan  issiqlik  miqdoridan  qancha  qismi  ish  bajarishiga  sarf  etilgani  katta 
iqtisodiy ahamiyatga ega. 
Termodinamikaning  birinchi  qonuni  quyidagicha  ta’riflanadi:  sistemaga 
berilgan  issiqlik  miqdori  shu  sistemaning  ichki  energiyasini  o‘zgarishi  bilan 
sistemada bajarilgan ishning yig‘indisiga teng. 
Agar  silindr  ichidagi  gaz  kengayib  ish  bajarsa  dA=R(V
2
-V
1
)  bunda  V
2
>V
1
 
va  V
1
-V
2
>0  bo‘ladi.  Bu  holatda  dA>0  ,  ya’ni  musbat  ish  bajariladi.  Agar  tashqi 
kuch  sistema  ustidan  ish  bajarsa,  manfiy  ish  bajariladi  va  (1)  ifoda  quyidagicha 
yoziladi: 
dQ=dU-dA
   
 
 
                    (2) 
bu yerdan 
dU=dQ+dA  
 
 
(3) 


154 
 
(3) ifoda quyidagicha ta’riflanadi: sistemaning ichki energiyasini  o‘zgarishi 
sistemadagi  issiqlik  miqdorini  o‘zgarishi  bilan  sistemaning  tashqi  kuchlarni 
yengish uchun bajargan ishini yig‘indisiga teng. 
Agar 
dU=0
 bo‘lsa, unda (1) ifodadan hosil qilamiz: 
dQ=dA
  
 
(4) 
ya’ni sistemaga berilgan issiqlik miqdorining hammasi to‘liq ishga aylanadi. 
Ammo  muhandislik  amaliyotida  (real  sharoitda)  bunday  bo‘lmaydi.  Lekin 
dU=0
 
bo‘lishi mumkin, agar jarayon izotermik bo‘lsa, ya’ni T=const va 
dT=0
. Izotermik 
jarayon  bo‘lishi  uchun  silindr  ichidagi  porshen  nihoyatda  kichik  tezlik  bilan 
harakat qilishi kerak. Agar porshen cheksiz kichik tezlik bilan harakat qilsa, unda 
silindr ichidagi gazning harorati tashqi muhitdagi haroratga teng bo‘ladi va jarayon 
izotermik  bo‘ladi.  Bunday  cheksiz  kichik  tezlik  bilan  porsheni  harakatlanib 
ishlaydigan  dvigatelni  yasab  bo‘lmaydi.  Shuning  uchun  (4)  ifoda  (shart) 
bajarilmaydi,  energiyaning  bir  qismi  albatta  ichki  energiyani  o‘zgartirishiga  sarf 
bo‘ladi.  Mana  shu  bois  berilgan  issiqlik  miqdorini  to‘liq  ishga  aylantira  oladigan 
mashinani  yasab  bo‘lmaydi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  energiya  sarflanmasdan 
ishlaydigan mashinani yasab bo‘lmaydi. 
Energiya  sarf  qilmasdan  ishlaydigan  mashinalarga  perpetium  mobilning 
birinchi turi deb aytiladi. Demak, termodinimikaning I qonuni, perpetium mobilni 
birinchi turini yasash mumkin emasligini isbotlaydi. 
Termodinamikaning II  qonuni  quyidagicha  ta’riflanadi:  har  qanday  issiqlik 
jarayonlarida issiqlik miqdori harorati katta bo‘lgan jismdan, o‘z-o‘zidan, harorati 
kichik  bo‘lgan  jismga  o‘tadi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  issiqlik  miqdori  kamroq 
isitilgan jismdan ko‘proq isitilgan jismga, o‘z -o‘zidan o‘tishi mumkin emas. 
Davriy  (uzluksiz)  ishlaydigan  mashinalarning  foydali  ish  koeffitsiyenti 
(FIK) quyidagi ifodalar yordamida aniqlanadi: 
%
100
1
2
1



Q
Q
Q

   (5) 
 
%
100
1
2
1



T
T
T

  (6) 
bu yerda Q

- isitgichdan olinadigan issiqlik miqdori (J); 
Q
2
 - tashqi muhitga beriladigan issiqlik miqdori (J); 


155 
 
T
1
 - isitgichning harorati (K); 
T
2
 - sovutgichning harorati (K). 
(6) ifodadan ma’lumki, agar sovutgichning harorati 
T
2
=0
 bo‘lsa, 

=100% ga 
tenglashadi.  Lekin  Nernst  ko‘rsatganidek,  mutlaq  nol  haroratni  olish  mumkin 
emas.  Demak,  real  muhandislik  amaliyotida  hamma  vaqt 

<100%  bo‘ladi. 
Shuning uchun FIK 100% ga teng bo‘lgan mashinani yasab bo‘lmaydi. Boshqacha 
qilib aytganda, isitgichdan Q
1
 issiqlikni olib bu issiqlikni to‘liq ishga aylantiruvchi 
mashinani  yasash  mumkin  emas.  Bu  xulosa  termodinamikaning  II  qonunini 
ifodalaydi.  Faqat  bitta  issiqlik  manbai  bilan  ishlaydigan  mashinani  yasab 
bo‘lmaydi. FIK 100% ga teng bo‘lgan mashinalarga perpetium mobilning ikkinchi 
turini yasash mumkin emasligini isbotlaydi. 
Yuqoridagi  qonunlarga  asoslanib  aytish  mumkinki,  “chiqindisiz 
texnologiya”  atamasi  shartli  bo‘lib,  uning  o‘rnida  “toza”  yoki  “ekologik  toza 
texnologiya”  atamalarini  qo‘llash  maqsadga  muvofiqdir.  Chunki  muhandislik 
amaliyotida 100%  chiqindisiz texnologiyalarni  amalda  joriy  etish katta  mablag‘ni 
talab  qiladi:  loyihalash  ishlari,  murakkab  texnologik  jarayonlar  va  zamonaviy 
asbob uskunalarni yaratishni taqozo etadi. 
“Chiqindisiz  texnologiya”  inson  ehtiyojlarini  qondirish,  bilim,  usullar  va 
vositalarni  amalda  tadbiq  etish,  tabiiy  resurslardan  va  energiyadan  unumli 
foydalanishni  ta’minlash  va  atrof-muhitni  muhofazala  qilishni  bildiradi. 
“Chiqindisiz  texnologiya”  -  bu  mahsulotning  shunday  ishlab  chiqarish  usuliki, 
unda  xom  ashyo  -  ishlab  chiqarish  -  iste’mol  qilish  -  ikkilamchi  xom  ashyo 
resurslari  siklida  energiya  va  xom  ashyolardan  unumli  va  kompleks  ravishda 
qo‘llaniladi va tabiiy muhitga yetkazilgan har qanday ta’sir uning normal holatidan 
chiqara olmaydi. 
Ushbu ta’rifda 3 holatni ajratish mumkin: 
1.  Chiqindisiz  ishlab  chiqarish  negizini  inson  tomonidan  ongli  ravishda 
tashkil etilgan va rostlangan texnogen moddalarning aylanib turishi tashkil etadi. 
2. Xom ashyo tarkibidagi barcha komponentlardan unumli foydalanish, iloji 
boricha energiya resurslari potensialidan to‘laroq foydalanishning majburiyligi. 


156 
 
3.  Chiqindisiz  texnologiya  tabiiy  muhitga  ta’sir  qilib  uning  normal 
ishlashiga ta’sir etmaslik. 
Kam  chiqindili  texnologiya  mahsulot  ishlab  chiqarishning  shunday  usuliki, 
unda  tabiiy  muhitga  yetkazilgan  zararli  ta’sir  ruxsat  etilgan  sanitar-gigiyenik 
me’yorlardan  oshmaydi.  Ishlab  chiqarish  korxonalarida  texnik,  tashkiliy  va 
iqtisodiy sabablar tufayli xom ashyoning ma’lum bir kichik qismi chiqindi bo‘lib 
qolishi mumkin va ular ekologik xavfsiz joylarda saqlanadi yoki ko‘miladi. 
Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  kam  chiqindili  ishlab  chiqarishni  tashkil 
etishning asosiy sharti – korxonada foydalanishga yaroqsiz chiqindilar va xususan, 
zaharli  moddalarni  zararsizlantirish  sistemasining  mavjudligidir.  Chiqindilarning  
miqdori yoki atrof muhitga yetkazadigan ta’siri ularning ruxsat etilgan chegaraviy 
konsentratsiyalaridan ortmasligi kerak. 
Shuni  ham  yodda  tutish  kerakki,  “chiqindisiz  va  kam  chiqindili 
texnologiyalar”  atamasi  tabiiy  resurslar,  xom  ashyolarga  kompleks  (hamma 
tomonlama)  ishlov  berish,  resurslardan  unumli  foydalanish,  qo‘shimcha  (ikkinchi 
darajali)  mahsulotlar,  ishlab  chiqarish  chiqindilari,  iste’molga  yaroqsiz  bo‘lib 
qolgan chiqindilar, ikkilamchi materiallar resurslari, ikkilamchi energiya resurslari, 
iqtisodiy zarar kabi atamalar bilan uzviy bog‘liqdir. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish