1.
Tashkiliy - xo‘jalik tadbirlar -
yerdan foydalanish hududlarini to‘g‘ri
tashkil etish, ya’ni yerlarning tuproq-iqlim sharoitlari, o‘simlik turlari, ularning
biologik
xususiyatlarini
hisobga
olgan
holda
yerdan
foydalanishning
tabaqalashtirilgan rejalarini tuzish va ular asosida tuproq holati yomonlashishining
oldini olish va qarshi kurash usullarini belgilash chora-tadbirlardir. Bu tadbirlarga
yer maydonlaridan foydalanish maqsadlarini aniqlash, ekinlar turi va ularning
o‘zaro nisbatini belgilash, sug‘orish, o‘g‘itlash qoidalarini belgilash, ishlov berish
va ekin yetishtirish bo‘yicha texnologik xaritalar tuzish, chorva mollarini boqishni
tartibga solish, dehqonchilik mashinalarini tanlash kabi bir qator tashkiliy-xo‘jalik
ishlarini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |