Orol dengizi qurishining iqlimga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga
hamda inson organizmiga ta’siri.
Orol dengizi atrofida iqlim o‘zgarishi ham ro‘y bermoqda va yog‘in -sochin
tarkibida zararli tuzlar ko‘paymoqda. Qishda havo harorati 5-6 gradusga past
bo‘lmoqda. Katta maydonda (3 mln. ga) dengiz tagining ochilib qolishi, chang
bo‘ronlarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Ayniqsa bu may – iyun oylarida avjiga
chiqadi. Uchib borgan zararli tuzlarning tarkibini asosan xloridlar va sulfatlar
tashkil etadi. SHamol uchirib ketgan tuzlar landshaftlar va insonlarga salbiy ta’sir
qilmoqda.
1960 yilda Amudaryo va Sirdaryo quyilish yerlarida ko‘plab mayda ko‘llar,
to‘qayzorlar mavjud edi. Aksariyat maydonni qamishzorlar egallagan edi.
Qamishzorlar Amudaryo deltasida 800 ming, Sirdaryo deltasida esa 250 ming
gektarni egalagan bo‘lib, u yerlar turli hayvonlar- baliq, ondatra, nutriya,
qushlarining makoni edi.
Birgina Sirdaryoning quyilish yerlarida va uning yon bag‘ridagi vodiyda 2
mln. ga teng maydon pichanzor va yaylovlar bo‘lib, bu maydonlarda har yili bir
necha yuz minglab qoramol, yilqi, qo‘y, echki boqilar edi. Bu joylarda 576 tur
o‘simliklar bo‘lib, shulardan 29 turiga mansub bo‘lganlari faqat Markaziy Osiyo
hududida uchraydigan noyob o‘simliklar hisoblanadi. Orol dengizida suv satxini
pasayib ketishi, ulkan maydondagi yerlarning sahrolanishiga, sho‘rlanib ketishga
olib keldi. Natijada qamishzorning umumiy maydoni 10 barobarga qisqardi. Ko‘p
yillik to‘qay o‘simliklari o‘rnini bir yillik sho‘ra efemerlari egalladi.
Amudaryo va Sirdaryolarning quyi qismida 150 dan ortiq o‘simliklar va
hayvon turlari yo‘qolib ketdi. Orol dengizining qurishi hayvonot dunyosiga ham
zarar keltirdi. Ilgari Orol dengizida ko‘pgina noyob baliqlarning 20 dan ortiq
turlari yashar edi. Bular: mo‘ylovli baliq, zog‘ora baliq, sudak, lesh, mashhur Orol
vobla balig’i va boshqalar. Dengizdan har yili o‘rtacha 450 - 500 ming sentner
baliq ovlanar edi. Dengiz suvi sho‘rligining ortib ketishi va boshqa salbiy omillar
tufayli baliqlarning soni keskin kamaydi va 1990 yilga kelib dengizdan baliq tutish
umuman to‘xtatildi. Umuman olganda Orol va uning havzasida ekologik
133
sharoitning keskin o‘zgarishi hayvonot olamining yashash imkoniyatlarini
murakkablashtirdi va ularning ko‘pchiligini qirilib ketishiga sabab bo‘ldi. Masalan,
bu yerda ondatra xo‘jaliklari (ilgari yiliga 300 ming dan ondatra terisi tayyorlanar
edi) yo‘q bo‘lib ketdi. Hayvonlardan Turon yo‘lbarsi, gepard, laylak va boshqalar
qirilib ketgan. Orol bo‘yi tumanlariga har gektar yerga bir yilda o‘rtacha 550-570
kilogramm tuz va qum tushmoqda. SHuni ham alohida ta’kidlash lozimki, Orol
dengizi qurishining ekologik zararli oqibatlaridan tashqari juda katta iqtisodiy va
ijtimoiy oqibatlari ham mavjud. Masalan, Qizil O‘rda sellyuloza kombinatning
(qog‘oz tayyorlar edi) asosiy xom ashyosi qamish edi. Bugungi kunda qamishning
keskin kamayishi kombinat ishini to‘xtatishga olib keldi. Orol dengizi atrofida 2 ta
baliq konserva kombinati, 17 ta baliqchilik xo‘jaliklari va zavodlari bor edi.
Bundan tashqari Orolda mavjud bo‘lgan baliq ovlovchi flotning va transport
flotining yo‘qolishi, qishloq xo‘jalik ekinlari va yaylovlar hosildorligining keskin
pasayishi va boshqa shu xildagi zararlarning chegarasi yo‘q.
Ekologik, sanitariya va gigiyena sharoitlarning yomonlashuvi Orol bo‘yi
aholisi o‘rtasida har xil yuqumli kasalliklarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi.
Shunday qilib, Orol dengizining qurishi Markaziy Osiyo va Qozog‘istonda sifat
jihatidan yangi ekologik vaziyatlarni vujudga keltirdi. Endilikda Orol bo‘yidagi
ekologik vaziyat kulfatli va o‘ta murakkab muammoga aylandi. Bir avlodning ko‘z
o‘ngida juda qisqa tarixiy muddatda butun bir dengizning halok bo‘lishi hali ro‘y
bergan emas edi.
Orol fojiasi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar fojialardan
biridir. Orolni dengiz sifatida saqlab qolish- ekologik inqirozning oldini olish
demakdir.
Umuman olganda bu masalaga ilmiy jihatdan yangicha tarzda hamda
mutaxasislarning fikrlarini e’tiborga olgan holda yondashish zarur. Bugungi
kundagi asosiy maqsad nafaqat qurib borayotgan Orol dengizini saqlab qolish,
uning atrof muhitga xavfini kamaytirish emas, balki o‘sha hududlarda yashovchi
insonlarning ijtimoiy hayotini yaxshilash hamdir.
134
Do'stlaringiz bilan baham: |