Salayev ixtiyor baxtiyorovich xiva xonligining harbiy va mudofaa tizimi


 XVII–XVIII asrlarda Xiva xonligidagi harbiy ish tarixi



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/27
Sana03.04.2022
Hajmi2,28 Mb.
#525855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
xiva xonligining harbiy va mudofaa tizimi

3. XVII–XVIII asrlarda Xiva xonligidagi harbiy ish tarixi. 
 
O’rta Osiyo xonliklarida muntazam qo’shinning xizmat muddati 
cheklanmagan edi. Askarlar mamlakatda tinchlik hukm surgan paytlarda o’z 
oilalarida yashab, xunarmandchilik va savdo bilan shug’ullanganlar, yerga ishlov 
berganlar. Xonliklardagi xukmdorlar qo’shinning harbiy va shaxsiy ehtiyojlarini 
qondirishda oziq-ovqatga alohida e’tibor qaratishgan. Bunda moddiy ne’matlar - 
don-dun, go’shi, yog’ va boshqalar bilan ta’minlanishiga e’tibor berilgan. O’rta 
Osiyo xonliklarida harbiylarning turli soliq va majburiyatlardan ozod etishga 
xarakat qilingan. Xususan, ularning yerlarida yetishtirilgan hosilning bir qismini 
hiroj sifatida to’lashlari lozim bo’lgani holda, ular bunda soliqni to’lashdan ozod 
etilgan edilar. Odatda bunday imtiyozlardan harbiylarning turli mansabdorlari 
foydalanar edilar. Xiva xonligida harbiylarni taqdirlash borasidagi an’analarga 
ko’ra, janglarda alohida xizmat ko’rsatgan harbiylar, harbiy mansab va unvon 
egalari ma’lum miqdordagi pul, yer, mol-mulk va qimmatbaho buyumlar bilan 
taqdirlanganlar. Jumladan harbiy xarakatlar davrida o’zini ko’rsatgan harbiylar 
ularning mansabi va xizmatiga mos ravishda turli-tuman tortiqlar: zarbof shoyi, ip 
matodan tikilgan to’nlar, sallalar, pichoq, kamar, qilichlar bilan mukofotlanganlar. 
Yuqori mansab egalariga oltin va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan kamar, 
pichoq va qilichlar taqdim etilgan
1
. Xiva xonligida qo’shinning sog’lig’ini 
ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Harbiy xarakatlar vaqtida 
xarakatdagi qo’shinning talofat ko’rgan askarlarga tibbiy yordam markazlashgan 
tarzda amalga oshirilmagan. Harbiy xarakatlar chog’ida sog’ligiga zarar yetgan 
askarlarga davolanish uchun xon xazinasidan ma’lum miqdorda pul ajratilgan. 
Masalan, Xiva xonligidagi 1866-1867 yillarga oid xujjatlardan birida, harbiy 
xarakatlar davrida yarador bo’lgan Ibodulla ismli shaxsga – besh tilla, Boltaniyoz 
Bahodir ismli shaxsga – besh tilla shuningdek, yarador bo’lgan “o’ttiz to’rt 
1
Ўзбекистонда ҳарбий иш тарихидан (қадимга даврдан ҳозиргача) / Ўзбекистон Республикаси Фанлар 
Академияси; маъсул муҳаррир Д.Х.Зияева / - Т.: Шарқ. 2012, 137-б. 


23 
mergan”ning har biriga uch tilladan pul ajratilgani qayd etilgan
1
. Odatda yarador 
bo’lgan shaxslar bu pullar bilan tabiblarga murojaat etar edilar. Xiva xonligiga oid 
bu ma’lumotlardan ayon bo’lishicha, harbiylar jang davomida o’z otini 
yo’qotganida ham tovon puli to’langan holatlar ham bo’lgan. O’lgan ot uchun 
askarga XIX-asr 60-70 yillariga oid ma’lumotlarga ko’ra o’n tilla miqdorida tovon 
puli to’langan
2
.
Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, harbiy xarakatlar davomida qo’shinning 
yurishi uchun zarur narsalar arava, chodir va boshqa narsalar ham xon xazinasi 
tomonidan qoplangan. Bunday vaqtlarda qo’shin bilan birga savdogarlar ham 
yurgan. Ular harbiy xarakatlar vaqtinchalik to’xtagan paytlarda bozor tashkil 
qilganlar. Tashkil etilgan o’ziga hos bu bozordan askarlar harbiy yurishga o’zlari 
bilan olib ketadigan oziq-ovqat, yem-hashagi tugagan taqdirda, bu mahsulotlarni 
sotib olganlar. Bunday bozorlarda ko’pincha turli kiyim-bosh, jumladan, to’nlar 
bilan ham savdo qilingan. Bunday mahsulotlarni, asosan oziq-ovqat mahsulotlarini 
sotib olishga qurbi yetmagan askarlar ko’p hollarda och-nahor qolib ketganlar. Bu 
o’rinda shuni qayd etish lozimki, hunarmand va savdogarlar barcha yurishlarda 
ham harbiylarga hamroh bo’la olmas edilar. Shuningdek qo’shin bilan birga turli 
ishchilar ham birga yurar edi. Ular yer qazish, yo’llarni, ko’priklarni ta’mirlab, 
to’g’irlab borishlari lozim edi. Xiva xonligida XIX asr o’rtalariga kelib, 
qo’shinning qurol yarog’i orasida o’tochar qurollarning salmog’i oshdi. Xiva 
xonligida to’plarni soz ahvolda saqlashga javobgar bo’lgan shaxslar yurishlarda 
asirga tushgan shaxslardan saralab olingan. Xiva xonligiga oid ma’lumotlarning 
birida “To’pchi do’g’malarga” yigirma tilla berilgani qayd etib o’tiladi
3
. Xonlikda 
turli qurol-yarog’lar ishlab chiqaruvchi ustaxonalar ham mavjud edi. Ular 
jumlasiga o’tochar qurollar – miltiqlar va to’plar ishlab chiqaruvchi ustaxonalarni 
kiritish mumkin. Harbiy qurollar ishlab chiqarish bilan bog’liq hunar turlaridan biri 
porox ishlab chiqarish bilan bog’liq edi. Poroxni mahalliy halq tomonidan “doru” 
1
Ўзбекистонда ҳарбий иш тарихидан (қадимга даврдан ҳозиргача) / Ўзбекистон Республикаси Фанлар 
Академияси; маъсул муҳаррир Д.Х.Зияева / - Т.: Шарқ. 2012, 138-б. 
2
Шу ерда. 
3
Шу асар, 140-б. 


24 
deb atalgani uchun, bu hunar turi bilan bog’liq hunarmandlar “dorukash” deb 
atalgan. Ular ham miltiqsozlar kabi davlat tomonidan ma’lum turdagi moddiy 
ne’matlar, shu jumladan, bug’doy bilan ham ta’minlanganlar. O’rta Osiyo 
hududida turli harbiy uskunalar, qurol-yarog’lar ishlab chiqarish uchun zarur xom 
ashyolar yetarli edi. Qo’qon va Xiva xonliklari porox ishlab chiqarishda zarur 
bo’lgan oltingugurt va selitraga juda boy edi
1
.
Shuni alohida qayd etish lozimki, O’rta Osiyo xonliklarida aholi 
yashaydigan manzillar atroflarini devorlar va o’z navbatida, ularning ham 
atroflarini suv to’ldirilgan handaqlar bilan o’rab olish an’anasi amalda keng 
qo’llanilgan. Bu o’rinda so’nggi o’rta asr shaharlarini misol keltirish mumkin. 
Shahar devorlari ular atrofidagi handaqlar bilan birgalikda eng yaxshi himoya 
vositasi hisoblangan. Bunga XVIII asr muarrixi Mulla Maxdixon Astrabodiyning 
Xiva xonligiga qarashli Xazorasp haqidagi yozgan quyidagi so’zlarini eslash 
o’rinlidir: “Bu qal’a handaqqa ega bo’lganligi va mahkam devor bilan 
mustahkamlanganligi uchun...bu qal’aga hujum qilish sog’lom fikrdan uzoq ish 
edi”
2
. Muarrixning qayd etishicha, aynan shuning uchun Eron Shohi Nodirshoh 
(1736-1747) XVIII asr 40-yillarida qal’ani ishg’ol qilishdan voz kechgan. XVIII 
asr muarrixining bu fikrini XIX asrga oid quyidagi ma’lumot ham tasdiqlaydi. 
Unga muvofiq, Xazorasp “Xivadan keyin xonlikning eng yaxshi himoyalangan 
shahri hisoblangan; ancha baland va qalin devorga ega” edi
3
. Xiva xonligi 
shaharlarining ham devorlar bilan himoyalanganligini XVIII asrda Xivada bo’lgan 
rus tadqiqotchisi I.Muravinning yozishicha, “Xivaliklar xukmronligi ostida 
sakkizta loydan qurilgan shahar bor; ularning devorlarining balandligi besh va olti 
sarjin; atrofida kanallar (handaqlar – G.A.) qazilgan”
4
. Bu ma’lumotni XIX asr 20-
yillariga oid materiallar ham tasdiqlaydi. Ularga ko’ra, Xiva xonligining yirik 
1
Ўзбекистонда ҳарбий иш тарихидан (қадимга даврдан ҳозиргача) / Ўзбекистон Республикаси Фанлар 
Академияси; маъсул муҳаррир Д.Х.Зияева / - Т.: Шарқ. 2012, 142-б. 
2
Мирза Мехди-хан Астрабадский. Тарих-и Надири. Перевод извлечений под ред. А.Н.Болдырева// МИТТ. 
Т. II, C.138. 
3
Очерки Хивинского ханства// Туркестанский сборник. Т. 72. –СПб. 1873, С.5. 
4
Ўзбекистонда ҳарбий иш тарихидан (қадимга даврдан ҳозиргача) / Ўзбекистон Республикаси Фанлар 
Академияси; маъсул муҳаррир Д.Х.Зияева / - Т.: Шарқ. 2012, 147-б.


25 
shaharlari jumlasiga Hazarasp, Xonqa, Gurlan, Xo’jaylilar ham kirgan bo’lib, 
o’sha yerdagi boshqa shaharlar kabi, ularning hammasi loy devor va xandaqlar 
bilan o’ralgan edi.
Xonlik poytaxti – “Xiva zabt etib bo’lmaydigan qal’a” sifatida mashhur 
bo’lgan ikkita devorga ega edi. Shaharning asosini tashkil etgan ichki shahar – 
Ichanqal’ani qamrab olgan devor haqida 1753 yil Xivada bo’lgan rus savdogari 
Danila Rukavkin shunday ta’riflaydi: “Shahar to’rtburchak shaklidagi loydan 
qurilgan devor bilan himoyalangan; burchaklarda, shuningdek, xavfli yerlarda 
qorovullar uchun budkalar (minoralar) o’rnatilgan”
1
. XIX asr 20-yillarida esa 
“Xiva shahri, atrofi uchta darvozali g’isht devor bilan o’ralgan bo’lib, kengligi, 10 
sarjin
2
”, chuqurligi 2 sarjin Amudaryo suvi bilan to’ldirilgan kanal (xandaq) bilan 
o’ralgan”, - deb qayd qilinadi
3
. Xivaning tashqi qismi – “Dishan qal’a” devori 
Olloqulixonning 1842-yilda Buxoroga yurishidan bir oy oldin qurilgan edi. Bu 
devorning atrofi ham xandaq bilan o’ralgan bo’lib, suv bilan to’ldirilgan edi. 
Mamlakatdagi siyosiy hayot taqozosi hamda tashqi xavf kuchaygan davrlarda 
ayrim kichik shaharlar va qishloqlar ham devor bilan o’rab olishga xarakat 
qilingan. Jumladan, XIX asr 40 yillarida Buxoro amirligi bilan munosabatlari 
keskinlashib ketgan bir vaziyatda Xiva xoni Olloqulixon ayrim Xiva shaharlarini 
devorlar bilan o’rab olish haqida buyruq bergan. Masalan, Pitnak Shahri 
Olloqulixon buyrug’i bilan 1842 yilda devor bilan o’rab olingan
4

Shuningdek, shaharlar va aholini shaharga yaqinlashgan dushmandan 
himoyalash maqsadida zarurat tug’ilganida uning darvozasi yopib qo’yilar edi.
XVIII asrning 40 yillarida Xivada bo’lgan D.Gladishevning yozishicha, Eron shohi 
Nodirshohning Xiva xonligiga hujumi munosabati bilan Xiva darvozalari “tuproq 
bilan berkitib qo’yilgan edi”
5
. Xiva xonligida mamlakat chegaralarini qo’riqlashga 
1
Ўзбекистонда ҳарбий иш тарихидан (қадимга даврдан ҳозиргача) / Ўзбекистон Республикаси Фанлар 
Академияси; маъсул муҳаррир Д.Х.Зияева / - Т.: Шарқ. 2012, 147-б. 
2
Саржин – 2,134 м. 
3
Краткое описание Бухари и Хиву // Сибирский вестник. 1823. CЧ. 1, С.13.
4
Данилевский Г.И. Описание Хивинского ханства. С.103. 
5
Ўзбекистонда ҳарбий иш тарихидан (қадимга даврдан ҳозиргача) / Ўзбекистон Республикаси Фанлар 
Академияси; маъсул муҳаррир Д.Х.Зияева / - Т.: Шарқ. 2012, 149-б.


26 
katta e’tibor berilgan. Davlat chegeralarida ham ma’lum miqdordagi harbiylar 
saqlangan. Masalan, XIX asrning 50-70 yillarida Xiva xonligida chegerada turgan 
harbiylarga shu hududdan yer berilgan. Shuningdek, ularga maosh ham to’langan. 
Xonlikda chegaradagi harbiylar boshlig’i – qoravulbegi deb atalgan. Shuningdek, 
mamlakat chegaralarida qo’shinni saqlash uchun bir qancha qal’alar bunyod 
etilgan edi. Bu qal’alarda joylashgan qo’shinning asosiy vazifasi turli savdo 
karvonlarining xavfsizligini ta’minlash, mamlakatni tashqi kuchlar tajovuzidan 
asrashdan iborat edi. Tashqi kuchlar xujumiga birinchi bo’lib javob beradigan 
bunday qal’alar asosan yirik xalqaro karvon yo’llarida bunyod etilar edi. Turli 
hajmdagi va mudofaa qobiliyati jihatidan ham turlicha bo’lgan bu qal’alarda xar hil 
o’tochar va sovuq qurol bilan qurollangan qo’shin joylashtirilgan bo’lib, ularda 
turli to’plar joylashtirilgan. Xonlik qo’shinida muayyan intizomni saqlab turishga 
xarakat qilingan. Lekin ko’p hollarda, ayniqsa, harbiy xarakatlar avj olgan pallada 
qo’shin intizomini bir maromda ushlab turishga erisha olmaganlar. Harbiy 
yurishlarda muvaffaqiyatga erishgan qo’shin tomonidan talonchilik qilish holatlari 
uchrab turgan. Xonliklar qo’shini o’zining tug’i-bayrog’iga ega bo’lgan. Xususan, 
XIX asr Xiva tarixchisi Bayoniy Xiva xoni Muhammad Rahimxonning (1848-
1849) yillardagi harbiy yurishlari haqida yozib, qo’shin oldida Pahlavon ota, 
Eltuzar xon, Muhammad Rahimxon va boshqalar 5 ta davlat tug’i-bayroqlarni 
ko’tarib borganliklari, shuningdek, uning ketidan 25 urug’-qo’ng’irotliklar, 
qoraqalpoqlar, yovmudlar, chovdarlar, mang’itlar, qipchoqlar va boshqalar ham 
tug’i-bayroq ko’tarib borilganini qayd etadi.
Xiva xonligida navkarlar deb yuritilgan otliq qismlar asosan turkmanlardan 
iborat bo’lib, eng jangovar qism hisoblangan. Otliq qo’shin miltiq, qilich va xanjar 
bilan qurollangan. Sarbozlar deb yuritilgan piyodalar esa asosan o’zbeklar, 
qoraqalpoq va turkmanlardan tashkil topgan. To’pchilar, (yani artilleriya qismi) 
misdan quyilgan to’pga ega bo’lib, ularning safida afg’onlar, hindlar ham xizmat 
qilgan. Xonning alohida o’z shaxsiy gvardiyasi – xon navkarlari Xiva shahriga 
joylashtirilgan. Ular shahar atrofida o’z mulklariga ega bo’lgan. Xon navkarlari 
yer-suv, maosh bilan ta’minlangan, soliq va majburiyatlardan ozod bo’lgan. Urush 


27 
harakatlari mobaynida yaralangan navkarni davlat moddiy jihatdan ta’minlangan. 
Hatto yaralangan otlar uchun ham davlat tomonidan tavon to’langan, chunki 
navkarlar xizmatga o’z otlari bilan kelgan. Halok bo’lgan navkarning oilasi nafaqa 
bilan ta’minlangan, zaruriyat bo’lganda uning oilasiga pul o’rniga qul berilgan
1

Umuman, xonlikda navkarlar uchun katta imtiyozlar yaratilgan, zaruriyat 
bo’lganda ularning xo’jaliklariga ham yordam uyushtirilgan. Ayniqsa, urushlarda 
jasorat ko’rsatgan navkarlarga alohida e’tibor ko’rsatilib, ular pul, yer-suv, mulk, 
qimmatbaho buyumlar, masalan to’nlar, qilich, pichoqlar bilan taqdirlanganlar. 
O’tgan asrlarda mavjud bo’lgan an’anaga ko’ra xonlikda urush paytida xalqdan 
lashkar to’plangan. Urushga safarbar etilgan oddiy xalqdan tuzilgan qo’shin “qora 
cherik” deb nomlangan. Xon navkarlariga Xiva shahri atrofidan yer va maosh 
belgilangan. Xonlikda har bir yirik shaharning o’z qal’alari va ularni mudofaa 
qiladigan harbiy kuchlari, har bir beklik va hokimlarning o’z navkarlari bo’lgan. 
Bu kuchlardan tashqari xonlik chegaralarini chegara qo’shinlari qo’riqlab turgan. 
Xon tomonidan boshqarilgan qo’shindagi harbiy lavozimlar bu davrda ham 
o’tgan asrlar ko’rinishida saqlab qolingan. Xiva xonligidagi harbiy mansabdorlar 
vazifasi quyidagicha taqsimlangan: Amir-ul-umaro – qo’shinni xon farmoni bilan 
tanishtirgan; yasovulboshi – xon farmoni bilan qo’shinni urushga boshlab borgan; 
mingboshi – 1000 nafardan iborat harbiy bo’linma boshlig’i; yuzboshi-100 
nafardan iborat harbiy bo’linma boshlig’i; qatovul – harbiy qal’alar holatiga 
javobgar bo’lgan; sarxan-mudofaa devorlari va istehkomining qurilishiga mas’ul 
bo’lgan; qorvulbegi – chegara qo’shinlarini boshqargan; naqib – qo’shin tuzish, uni 
qurollantirish ishlari bilan shug’ullangan; naqib urush vaqtida qo’shinning o’ng va 
so’l qanotlaridagi, orqa va old qismi hamda markazi va pistirmadagi askar holatiga 
javobgar bo’lgan. Yasovulboshidan keyingi harbiy darajada mingboshi va 
yuzboshi turgan. Yuzboshi yuzliklarni va mingboshi ming kishilik qismlarni 
boshqarganlar. Xonlikda eng katta maosh (500 tillo) yasovulboshiga berilgan. 
Naqiblar 100 tillodan haq olgan. Xiva xonligi qo’shinlarining qurollari bu davrda 
ham asosan miltiq, qilich, qalqondan iborat edi. Miltiqlar asosan Xazoraspdagi 
1
Йўлдошев М. Хива хонлигида феодал ер эгалиги ва давлат тузилиши. -T.: Ўздаврнашр. 1959, 282-б. 


28 
mahalliy qurolsiz ustalar tomonidan tayyorlangan. XIX asr ikkinchi yarmiga kelib, 
xonlik qo’shinlarida rus va ingliz miltiqlari paydo bo’la boShlaydi. Rossiya 
qo’shinlari tajobuzi arafasida xonlikda 21 ta to’p mavjud edi
1
. Xiva xonligi 
Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etilgach, uning qo’shinlari tugatilib, xon 
huzurida bor-yo’g’i taxminan 1500-2000 kishilik navkarlar saqlab qolingan. Ular 
asosan saroyni qo’riqlash, mahalliy aholini itoatda saqlash, soliqlarni to’plash, 
soqchilik ishlaridagina xizmat qilgan bo’lib, harbiy qo’shinlikka da’vo qila olmas 
edilar. Shulardan 400 navkar xazina hisobidan xon saroyida saqlangan
2
. Xon o’z 
navkarlarini qurollantirish uchun Turkiston general-gubernatorligi orqali Rossiya 
harbiy vazirligidan ko’p iltimoslardan so’ng rus berdankalarni olishga muvaffaq 
bo’lgan. Aslida chor hukumati Xiva xonligini qurol bilan ta’minlash, qurolli 
kuchlarni kuchaytirishdan manfaatdor emas edi. Bu navkarlar xonlikda saroy 
qo’riqchisi vazifasini bajarganligi uchungina ularga qurol berilgan. Qolgan 
navkarlar xizmatga o’z otlari va qurollari bilan kelgan. Ularning qurollari juda eski 
bo’lib, zamon talablariga javob bermas edi. Xonlikning Rossiya imperiyasi tortib 
olgan qismida, yani Amudaryoning o’ng sohilidagi yerlardagi Amudaryo bo’limi 
markazida Petro-Aleksandrovsk qal’asi barpo etilgan bo’lib, bu yerda joylashgan 
rus harbiy qismlari Xiva xonligidagi g’alayonlarni bostirish, mahalliy aholini 
itoatda saqlab, uning qarshiligiga yo’l bermaslik, umuman, Xiva xonligini 
imperiyaga tobeligini ta’minlab turishda katta rol o’ynardi.
XIX asr o’rtalarida Xiva xonligida hunarmandchilik turlari ko’paya bordi. 
Rossiyadan keltirilgan cho’yanlardan birgina Xiva atrofida 6 ta cho’yan eritish 
ustaxonasi ish yuritgan. Ustaxonalarda 2-3 kishidan 16-18 kishigacha ishlagan. Bu 
yerda ish nihoyat og’ir, ibtidoiy usulda bo’lib, ish sur’ati esa past bo’lgan. 
Yollangan ishchilarning oyligi 3 so’mdan oshmagan, shuning uchun ham kishilar 
temirchilikni hoxlamas edi. Natijada sanoat rivojlanmadi. 40-yillarda rus asirlari va 
qochoqlari miltiqlar yasay boshladilar. Biroq temir, cho’yan yetishmagani uchun 
miltiqlar oz ishlab chiqarilar, qo’shinlar asosan yog’och qurollardan 
1
Мухаммад Юсуф Баѐний. Шажарайи Хоразмшохий. –T.: Адабиѐт ва санъат, 58-б. 
2
Военно-статистическое описание. Хивинского ханства. Составлен Капитаном генералного штаба 
Гиршфелдом. Т., 1903. С. 19-53. 


29 
foydalanishardi. O’rta Osiyo xonliklari moliyaviy qiyinchiliklar tufayli qo’shinlar 
sonini ko’paytirishga, qurollarni takomillashtirishga qiynalishgan. O’rta Osiyo 
xonliklarida harbiy o’quv yurtlari bo’lmagani tufayli qo’shinlar u yoqda tursin, 
hatto boshliqlar ham harbiy ta’lim ko’rmaganlar. Harbiy kuchlarga hos o’nboshi, 
ellikboshi, yuzboshi, ponsodboshi va ming kabi unvonlar bo’lgan, bu lavozimlarni 
ko’pincha harbiy hizmatga layoqatsiz bo’lsada, xonlarga ma’qul kishilar qo’yilgan.

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish