3.
Manbalardan ma’lum bo’lishicha, Xivada ichki ishlar, qamoqxonalar,
shuningdek xonni qo’riqlash ishlari yasovulboshi qo’lida bo’lgan. Maxfiy
farmonlar ham uning qo’lida turar edi. U askariy qismlarga qo’mondonlik qilar edi.
Yasovulboshilik yuqori sarkarda mansabi hisoblanib, xonlikda ular ikki kishi
bo’lib, biri yovmut turkmanlariga, ikkinchisi esa chovdurlarga qo’mondonlik
qilardi. Yasovulboshining vazifasi xonning farmoniga muvofiq askarni o’z vaqtida
urushga boshlab borish bo’lgan. Tinchlik vaqtlarida yasovulboshilar navbat bilan
xon turli iltimoslarni qabul qilgan marosimlarda hozir bo’lganlar. Ma’lum
bo’lishicha, xon huzuridagi rasmiy qabul marosimlarida yasovulboshilarning
doimiy o’rinlari bo’lmas edi, lekin ular xon huzurida bo’ladigin tor kengashda
mehtar, qushbegi va devonbegi bilan bir qatorda qatnashar edilar. Har bir
yasovulboshining bir necha yordamchisi bo’lib, ular yasovullar deb atalgan.
Arznomani tekshirish uchun xondan farmon olgach, yasovulboshi o’z
yordamchilaridan birini shikoyatchiga qo’shib, hodisa yuz bergan joyga jo’natardi.
“Riyoz ud-davla” asaridan ma’lum bo’lishicha, 1255/1839 yil 10 noyabr kuni
Olloqulixon janglar vaqtida vafot etgan Muhammad Niyoz yasovulboshining
o’rniga uning o’g’li Rahmatullani yasovulboshi qilib tayinlagan. Rahmatulla
68
yasovulboshi sarkarda bo’lib, uning ixtiyorida turkmanlarning yovmud urug’idan
shakllangan ko’p ming kishilik guruh bor edi. U qatnashmagan hech bir harbiy
safar bo’lmas edi. Chunonchi, Rahmatulla yasovulboshi 1842-yili Olloqulixonning
Chorjo’yga qilgan urush safarida qatnashgan.
So’nggi jumladan ma’lum bo’ladiki, dorug’alarning raisi bo’lgan va
yasovulboshilar u orqali boshqa dorug’alarga va mirshablarga murojaat qilgan
bo’lsa kerak. XIX-asr boshlarida viloyatlarning har birida 1000 tagacha navkar
bo’lib, harbiy yurish paytida nomuntazam qo’shin to’plangan. Xonlikda oliy harbiy
xokimiyat xon qo’lida edi. Xonlikdagi yirik amaldorlarning aksariyati harbiy
kishilar edi va ularning har biri sarkarda etib tayinlanishi mumkin edi.
M.Yo’ldoshev “Yasovullardan keyin mingboshilar keladi” – deb xabar berib o’tadi
va ularni “mingboshi oqo” deb ta’riflaydi. Ogahiy shuningdek, shaxmolchilar va
to’pchiboshilar to’g’risida ham ma’lumot berib o’tadi. Jumladan, Muhammad
Yoqubho’ja to’pchiboshi bo’lganligini bilamiz.
Xonlikda ichki tartibni saqlab turish mirshablar zimmasida edi. Ular shahar
bosh darvozalarida turib kelib ketuvchilarni kuzatib turganlar. Bundan tashqari,
safarbarlik holatlarida askarlar bilan harbiy yurishlarda qatnashadigan mirshablar
ham bo’lgan. Ma’lum bo’lishicha, xonlikda hamma shahar va dahalarning o’z
mirshablari bo’lgan. Xonlikning qurolli kuchlari markazlashgan davlat
ma’muriyatining tarkibiy qismiga kirgan. Mamlakat fuqorolari bu qo’shinni o’zlari
uchun eng mustahkam tayanch deb bilganlar. Xiva qo’shinining shu qismi boshqa
qismlarga qaraganda ancha imtiyozli bo’lgan. Xon navkarlariga Xiva shahri
atrofidan, ya’ni ularning qismlari turadigan joylarning atrofidan yer va suv
berilgan. Ularga doim maosh to’lab turilgan. Tinchlik vaqtida xon qo’shini
shaharni muhofaza qilishdan tashqari boshqa xil vazifalarni ham bajarardi.
Sarkardalik mansabi qo’shin urush safariga chiqqan davrda belgilanardi.
Mingboshi va yuzboshilar singari sarkardalar ham bevosita xonning yorlig’i bilan
tayinlanar edi. Sarkarda harbiy mahkama kishilari bo’lmasligi ham mumkin edi.
Masalan, Munis mirob, Ogahiy mirob va Tog’ay miroblar urush safarlarida
qatnashgan va bunda Tog’ay mirob asosiy sarkardalardan bo’lgan.
69
Do'stlaringiz bilan baham: |