Sakrash musobaqalari bo’yicha qoidalar umuiy qoidalar



Download 34,75 Kb.
bet2/4
Sana18.04.2022
Hajmi34,75 Kb.
#560629
1   2   3   4
Bog'liq
SAKRASH MUSOBAQALARI BO

ULOQTIRISH QOIDALARIGA TEGISHLI QOIDALAR UMUIY QOIDALAR

qatnashuvchilar shu musobaqani o’tkazilayotgan tashkilot bergan snaryadlardangina foydalanishlari mumkin xolos.


qatnashuvchilarning ishtirok etish tartibi hakamlar kollegiyasi oldindan chek tashlab belgilaydilar. Belgilangan tartib kvalifikatsiya musobaqalarida, oldindai o’tkaziladigan musobaqalarda hamda finalda o’zgarmay qolaveradi. qatnashuvchilar soni ko’p bo’lsa, ular 15-20 kishidan qilib guruh-guruxlarga bo’linadi.
ESLATMA: Agar musobaqalar ikkiga yoki bir necha joyda o’tkaziladigan bo’lsa, qatnashuvchilarning keyingi ishtirok etish tartibini ya`ni qaytadan chek tashlash bilan belgilanadi.
2. Kvalifikatsiya musobaqalarida, oldindan o’tkaziladigan musobaqalarda va finallarda qatnashuvchilar navbatma-navbat dastlab bir marta xarakat qiladilar (uloqtiradilar). SHundan keyin yana navbat bilan keyingi harakatlarni (uloqtirishlarni) bajaradilar.
ESLATMA:

  1. Ba`zi vaqtlarda bosh hakamning qarori bilan kvalifikatsiya
    musobaqalarida yoki oldindan o’tkaziladigan musobaqalarda
    qatnashuvchilar uchala harakatni (uloqtirishni) ketma-ket
    bajarishlari mumkin.

  2. Ob-havo noqo’lay bo’lgan vaqtda bosh hakamning ko’rsatmasi bilan
    finalda ham qatnashuvchilar uchala harakatni (uloqtirishni) ketma-ket
    bajarishlari mumkin.

  3. har bir qatnashuvchi uch marta otishi, uloqtirishi mumkin. Bularning
    eng yaxshi natijasi hisobga utadi.

ESLATMA. Ba`zi musobaqalarda, shu musobaqa haqidagi nizomga muvofiq har bir qatnashuvchi olti marta otishi mumkin.
4. SHaxsiy musobaqalarda, shuningdek shaxsiy komanda musobaqalarda,
oldindan o’tkaziladigan musobaqalarda uch marta otgandan so’ng final
o’tkaziladi. Finalga 6 ta eng yaxshi natijaga erishgan uloqtiruvchi
(otuvchi) chiqadi. Bu uloqtiruvchilar yana bir martadan otishlari
mumkin.
Agar 2 ta yoki undan ko’proq uloqtiruvchi (otuvchi) 6 ta yaxshi natijaga erishsa, ularning hammasi ham finalga qo’yiladi. Agar qatnashuvchilar soni 6 tadan kam bo’lsa, ularning hammasi finalga qo’yiladi.
ESLATMA: Oldindan o’tkaziladigan musobaqada qatnashuvchilar soni 6 ta yoki undan kam bo’lsa-yu, qatnashuvchilarning birortasi biror marta ham to’g’ri otolmasa, finalga qo’yilmaydi.
Oxirgi o’rinli final qatnashchilarining 6 ta otishida eng yaxshi natijalarga erishganlari orasida taqsimlanadi.
Finalga chiqqan, lekin unda ishtirok etmagan qatnashuvchi oldindan o’tkazilgan musobaqalarda erishgan natijalardan qat`iy nazar, finalda qatnashganlarning hammasidan keyingi o’rinni oladi.
ESLATMA: Agar finalda 2 ta yoki undan ko’proq qatnashuvchi ishtirok etmay qolsa, ular oldindan o’tkaziladigan musobaqalarda erishgan natijalarga qarab (finalda qatnashganlardan keyingi) o’rinni egallaydilar.
5. Uloqtirish katta hakamning komandasiga qarab hisobga olinadi. hakam snaryad erga tushishi va qatnashuvchi o’z harakati batamom tuxtashi bilangina «EST’» deb aytadi. qatnashuvchi uloqtirish qoidasini buzsa, «NET» («Yo’q») deydi va uloqtirish hisobga o’tmaydi. Ikkala hodda ham hakam ulchovchi hakamlar uchun ayni bir vaqtda bayroqchani siltab signal beradi; uloqtirish to’g’ri bo’lsa. bayroqchani boshidan baland tutadi, noto’g’ri bo’lsa siltab pastga tushiradi.
6. qatnashuvchi hakamning ruxsatisiz uloqtira boshlashi, shuningdek uloqtirib bo’lgunicha doiradan chiqib ketishi mumkin emas.
7. Snaryadning qatnashuvchi qo’lidan chiqib doiradan tashqariga chiqib
ketishi yoki plankaning orqasiga tushib ketishi muvaffaqiyatsiz
harakat hisoblanadi.

  1. Uloqtirayotgan vaqtda qatnashuvchi gavdasining biror qismi yoki
    kostyumi bilan doiradan tashqaridagi erga yoki plankaning oldidagi
    erga tegishi muvaffaqiyatsiz harakat hisoblanadi. qatnashuvchi
    gardishga, segmentga, plankaga yuqori tomondan tegib ketsa, yoki
    ushalarni bosib olsa bular ham muvaffaqiyatsiz harakat hisoblanadi.
    Gardishga yoki segmentga ularning ichki tomondan tayanish ruxsat
    etiladi.

9. qatnashuvchi nayzani uloqtirishda yugurib kelish vaqtida ham otish
vaqtida ham yugurib kelish yo’lkasining belgilab qo’yilgan yon
chiziqlari ichida bo’lishi mumkin.
10. qatnashuvchi uloqtirib bo’lganidan so’ng va «EST’» komandasidan
keyin doiradan faqat orqaga, belgilab qo’yilgan chiziqlardan
(Murtlardan) tashqariga chiqishi kerak. qatnashuvchilar planka yonida
turib uloqtirib bo’lganidan so’ng yugurib kelish yo’lkachasini yon
chiziqlarning tashqarisiga chiqishi mumkin, biroq u plankani
«Murtlarni» bosishga haqqi yo’q shuningdek, ulardan tashqariga ham
chiqmasligi kerak. Bu qoida buzilsa, hakam qatnashuvchini
ogohdantiradi.
11. qatnashuvchi hakamning ruxsatisiz (hatto snaryadni olish uchun ham) uloqtirish sektoriga chiqishga haqqi yo’q.

  1. Uloqtirish paytida qatnashuvchilarning aybsiz snaryad sinib qolsa,
    qatnashuvchiga yana qaytadan uloqtirish imkoniyati beriladi. Bunda
    oldingi uloqtirish to’g’ri bajarilgan bo’lishi yoki qoidaning
    buzilishi, snaryadning sinishi bilan bog’liq bo’lgan bo’lishi kerak.

  2. Uloqtiruvchi ishlayotgan qo’liga qo’l qopchig’i (zapyastnik) kiyib
    olishi, shuningdek, bilak bo’g’inini bint bilan o’rab olishi mumkin
    emas. Ko’l va snaryadlarni moylash yoki ularga surtish uchun magneziy,
    kanifol’ yoki boshqa moddalardan foydalanish ruxsat etiladi. Molot
    uloqtiruvchilarga qo’lqop kiyib olish ruxsat etiladi.

  3. Snaryadning sektor maydonida qoldirilgan izi nomer yozilgan maxsus
    qoziqcha bilan belgilab qo’yiladi. Bu qoziqcha izning doiraga yoki
    plankaga yaqin bo’lgan nuqtasiga qoqib qo’yiladi.

Agar qoziqcha sektorning yoki uning koridoridan tashqarida bo’lsa, barcha uloqtirishlarda ham otish muvaffaqiyatsiz bo’lgan deb hisoblanadi va natija ulchanmaydi. YOpiq binolarda o’tkazilgan musobaqalarda yadro chuqurga tushmay taxta polga tushsa otish hisobga olinmaydi.
6. Uloqtirish natijasi snaryad qoldirgan izga qoqib qo’yilgan qoziqdan doira yoki plankaga bo’lgan eng qisqa masofani ulchash bilan belgilanadi.
Doiradan uloqtirishda natija ruletka bilan gardishning ichki yuzasigacha bo’lgan masofani qoziqdan doiraning markaziga qarab ulchash bilan belgilanadi.
YAdroning irg’itishda yog’och segmentning ichki qirg’og’igacha ulchanadi. Bunda ruletka segmentning ustiga qo’yiladi.
Nayzani otishda natija qoziqdan chiziqli plankaning ichki qirg’og’igacha (uning egrilik markaziga tomon) bo’lgan masofani ulchash bilan belgilanadi.
Granata uloqtirishda natija qoziqdan plankagacha perpendikulyar bo’lgan chiziq bo’yicha yoki bu chiziq plankaning yugurib kelish tomonidagi ichki cheti (davomi) gacha bo’lgan masofani ulchash bilan belgilanadi.

  1. Ulchash vaqtida ruletkaning O belgisi qoziq qoqilgan erda turishi
    kerak. Natijani belgilashda yaxlit santimetrlargina hisobga olinadi.

  2. Etarli uzunlikda ruletka bo’lmasa, kontrol shnur tortiladi. Bu
    shnurning bir uchi doira markaziga qattiq qilib bog’lab qo’yiladi,
    ikkinchi uchi esa navbatma-navbat qoziqdarga qo’yib ko’riladi. SHu
    natija ruletka shnur bo’yicha qoziqdan boshlab ulchanadi. Uloqtirishda
    natijalarni ulchashni osonlashtirish uchun to’g’ri plankadan unga
    parallel qilib 30, 40 va 50 sm masofalarga shnur (chiziqlar) tortib
    qo’yilib, ular bilan qoziq oralig’i qo’shimcha ravishda ruletka bilan
    ulchanadi.

  3. hisobga o’tgan barcha uloqtirishlarning nitajalari ulchanadi va
    protokolga yozib qo’yiladi.

ESLATMA: Ommaviy musobaqalarda va shu kabi boshqa hollarda bosh hakamning qarori bilan kvalifikatsiya musobaqalarida va oldindan o’tkaziladigan musobaqalarda uch marta uloqtirishdan eng yaxshisinigina ulchanadi (agar qaysi uloqtirish uzoqqa tushganligini ko’z bilan chamalab bilish qiyin bo’lsa, har bir uloqtirish natijasi ulchab ko’rilib, talabnomaga birgina yaxshi natija yoziladi).

  1. Natijani har bir uloqtirishdan so’ng yoki musobaqa tugaganidan so’ng
    ulchash mumkin (yadroni irg’itish musobaqalarida natija har bir
    irg’itishdan keyin ulchanadi).

  2. har bir qatnashuvchining eng yaxshi natijasini ko’rsatib turuvchi
    nomerli qoziqcha finallarda qatnashuvchilar va tomoshabinlar yaxshi
    orientirovka qilishlari uchun musobaqa oxirigacha qoldiriladi.

  3. Agar uloqtirish musobaqalarida ikki yoki bir necha qatnashuvchi bir
    xilda bo’lgan yaxshi natijalarga erishsa, ular orasidagi o’rin oldindan
    o’tkazilgan musobaqalar va final musobaqalaridagi boshqa
    uloqtirishlarning eng yaxshi natijasiga qarab taqsimlanadi.

23. Muayyan tur musobaqalari tugaganidan so’ng qatnashuvchilarga hech qanday qushimcha harakatlar (uloqtirishlar) ni amalga oshirish ruxsat berilmaydi.
24. Agar boshlangan musobaqa ob-havoning noqulayligi tufayli yoki hakamlar va qatnashuvchilarga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra bir necha soatga tuxtalsa yoki ertasi kunga qoldirilsa, bosh hakamning ko’rsatmasi bilan (o’sha qatnashuvchilar ishtiroki, o’tkazilishini yoki davom ettirilishi mumkin.
ESLATMA: Agar musobaqa finalini o’tkazish vaqtida uning boshlanishidan oldin tuxtatilsa, tanaffus keyin yang finalgina o’tkaziladi.
25. Uloqtirishning barcha turlarida uloqtirilgan snaryadlar chizig’iga yoki doirasiga uloqtirib qaytarish man etiladi qo’lda ko’tarib olib kelish lozim.



Download 34,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish