Saitxodjayev


-§. Falsafada bilish muammosi, inson bilishining asosiy bosqichlari va ularning huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyatidagi o‘rni



Download 441,4 Kb.
bet63/90
Sana07.01.2022
Hajmi441,4 Kb.
#327295
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90
Bog'liq
Falsafa kitob

1-§. Falsafada bilish muammosi, inson bilishining asosiy bosqichlari va ularning huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyatidagi o‘rni

Falsafaning qonun va kategoriyalari yordamida inson ongida borliqning qonuniyatlarini aks ettirish – dunyoni bilish, haqiqatga erishishning yagona yo‘li. Falsafa olam va insonni bir butun holda olib o‘rganadi. Moddiy olam ong orqali idrok etilar ekan, bizning ongimiz shu moddiy dunyoga qanday munosabatda bo‘ladi, uni to‘g‘ri in’ikos ettira oladimi, degan masalalar barchasi falsafiy tafakkur qilish bilan bog‘liq.

Dunyoni va uning qonunlarini inson bila oladimi, bilish qanday amalga oshadi, uning asosiy shakllari, haqiqat mezoni falsafiy masalalar tahlili bilan gnesiologiya (yunon. «gnosis» bilim va «logos» tushuncha, ta’limot ma’nolarini anglatib «bilimlar to‘g‘risida tushuncha» va

«bilimlar to‘g‘risida ta’limot» – degan ma’nolarni bildiradi), kognitiv psixologiya (bilish jarayoni bilan shug‘ullanuvchi psixologiya), mantiq va ilmiy bilish metodologiyasi va boshqa maxsus fanlar shug‘ullanadi.

Falsafa faniga «bilish nazariyasi» atamasi shotlandiyalik faylasuf Dj.Ferrer tomonidan 1854-yilda kiritilganligiga qaramasdan bilish to‘g‘risidagi ta’limotlar falsafaning vujudga kelishi bilan birga paydo bo‘lgan. Qadimgi yunon faylasuflari Demokrit, Suqrot, Aflotun, Arastu, epikurchilar, stoiklar, shuningdek, Markaziy Osiyo mutafakkirlari bilishning mohiyatini tahlil qilganlar.

Har bir kishining bilish darajasi, u yashayotgan tarixiy davr bilan bog‘liq bo‘lib, uning bilish imkoniyati chegaralaridir. Ammo insoniyatning bilish imkoniyati cheksizdir. Bilish nazariyasining asosiy muammolarini o‘rganishga O‘rta asrning buyuk Sharq mutafakkirlari ham munosib hissa qo‘shganlar.

Markaziy Osiyoning qomuschi olimi Ibn Sino inson o‘z sezgi a’zolari yordamida moddiy olamni bilishi, idrok etishi mumkinligini aytib, o‘z shaxsiy faoliyati bilan buni isbotlashga intildi va juda ko‘p bilimlarni egallab, o‘zidan katta meros qoldirdi.

Buyuk alloma Forobiy moddiy dunyoning obyektiv mavjudligini, uni inson bilishi mumkin, degan fikrni bayon etib, shunday deb yozadi –

«Inson moddiy dunyoni biladi, ammo, bilish uchun u komolatga erishuvi lozim. Lekin bu erishuv quruq intilish bilangina cheklanib qolmasdan, balki tabiiy mavjudotdagi juda ko‘p narsalardan foydalanish yo‘li bilan yoki shu tabiatda bo‘lgan juda ko‘p ishlarni amalga oshirish bilan qo‘lga kiritiladi».

Beruniy va Markaziy Osiyoning boshqa olimlari ham falsafiy ta’limotlarida bilish nazariyasiga katta o‘rin berganlar. Beruniy fikricha, tabiatni bilish jarayoni sezgilardan boshlanib, tafakkurga ko‘tariladi, ma’lum narsalardan noma’lum narsalar va hodisalarni bilish tomon rivojlanib boradi.

Bilish nazariyasining rivojlanish tarixida XVII-XVIII asr faylasuflari muhim o‘rin tutadi. Ingliz faylasufi F.Bekon ta’limoticha, bilish jarayoni fan va amaliyot bilan bog‘liq bo‘lishi va shularga bevosita xizmat qilishi kerak. U bilish sezgidan boshlanadi deydi, hamda bilishning manbai tajriba ekanligi haqidagi fikrni ilgari suradi. Uning fikricha, obyektiv olam to‘g‘risidagi bilimlar sezgilarimiz orqali olingan dalillar tufayligina tafakkur yordamida to‘ldiriladi.

Fransuz faylasufi R.Dekart bilishning birdan-bir manbai tafakkur deb, sezgi a’zolarimiz va ularning yordamida olingan ma’lumotlarga shubha bilan qaraydi. Uning ta’limoticha, kishilar bilimining haqiqatligi tajriba bilan emas, balki aql ko‘zi bilan tekshiriladi. Dekartning bilish nazariyasida sezgilar roli kamsitilib ko‘rsatiladi.

Fransuz materialist faylasuflaridan Didro, Gol’bax, Gel’vetsiylar dunyoni bilish mumkinligi masalasida sezgilarimiz tafakkurning asosi ekanligini ta’kidlashadi. Lekin, bilish jarayonida amaliyotning, insonning faol rolini inkor etadilar.

Ma’lumki, moddiy olam undagi narsa va hodisalar bilishning birdan- bir manbaini tashkil etadi. Shunday bo‘lsa-da, ayrim faylasuflar va din ta’limotida bilishning manbai sifatida qandaydir insondan tashqarida mavjud bo‘lgan ong («mutlaq g‘oya», «olam ruhi» va boshqalar) e’tirof etiladi. Ularning fikricha, inson, tabiat va jamiyat hodisalarining mohiyatini bilishga qodir emas, u faqat iloh ijodining natijalarini qayd qilishga va turkumlarga ajratishgagina qodir deb ta’kidlashadi.

Dunyoni bilish mumkinligini, bilimlarimizning to‘g‘ri va aniq ekanligini inkor etuvchi ta’limot falsafada agnostitsizm (yunon. bilib bo‘lmaydigan) deb yuritiladi. Agnostitsizmning yirik vakillari ingliz faylasufi David Yum bilan nemis faylasufi Immanuil Kantdir. Yumning

fikricha, inson o‘z sezgilari chegarasidan tashqariga chiqa olmaydi, u faqat o‘z sezgilarinigina bila oladi. Real voqelikni inson aslo bila olmaydi. Kant esa Yumga qarama-qarshi o‘laroq, inson ongi va sezgilaridan tashqarida obyektiv olam bor deb hisoblaydi. Uning fikricha, bu obyektiv olamda aslo bilib bo‘lmaydigan «narsa o‘zida» bor. Inson aqli o‘z mohiyati jihatidan cheklangan bo‘lib «narsa o‘zida»ni bila olmaydi. Kant inson bilishi mumkin, bo‘lgan hodisalar olamni «biz uchun bo‘lgan narsalar» deb, uni inson aqli bilan, fan vositasi bilan bilishi mumkin deb ta’kidlaydi. «Narsa o‘zida»ni insonlar bilishga qodir emas deydilar.

XIX asr subyektiv idealizmning vakillari bo‘lgan maxchilar ham dunyoni bilish mumkinligini inkor etishadilar.

Insoniyat ijtimoiy amaliyoti va ilmiy bilish taraqqiyotining ilgarilab borishi bilimni chegaralab qo‘yuvchi agnostitsizmni puchga chiqar- moqda. Inson o‘z aqli bilan olam sirlarini bilish mumkin ekanligini ayniqsa hozirgi zamon fani yutuqlari isbotlamoqda. Masalan, hozirgi zamon tabiat fanlari, ayniqsa fizika fani atom tabiatini, tuzilishini va xususiyatlarini o‘rganish sohasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Atomni parchalash, atom ichki energiyasidan foydalanish, atom yadro zarracha- larining bir-biriga bog‘liqligi, umuman mikroolamni bilish, astronomiya, biologiyadagi kashfiyotlar bilish nazariyasining to‘g‘riligini tasdiqladi.

Insonning bilish qobiliyati cheklanmagan, lekin har bir aniq tarixiy davrdagi bilish imkoniyatlari cheklangan, xolos. Inson har bir tarixiy davrda o‘zi xohlagan barcha narsa va hodisalarni emas, balki bilish imkoni borlarinigina bilib boradi. Inson bugun bilmagan narsasini ertaga, ertaga bilmaganini keyinroq biladi. Lekin shuni aytish kerakki, inson bilimining cheki yo‘q, chunki makro va mikro olamning cheksizligi inson bilimining ham cheksizligini ko‘rsatadi.

Bilish nima? Bilish – moddiy olamning inson ongida in’ikos etish jarayoni. Dunyoning moddiyligini va uning rivojlanish qonunlarining inson ongida in’ikos etishini e’tirof etish falsafaning bilish nazariyasining asosini tashkil qiladi. Fan qonunlari tabiat va jamiyatda inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda yuz beradigan obyektiv jarayonlarning in’ikosidan boshqa narsa emas. Falsafaning bilish nazariyasi asosan quyidagilarga asoslanadi:



birinchidan, obyektiv olam bizning sezgi va tasavvurlarimizga bog‘liq bo‘lmagan holda undan tashqarida mavjud. Obyektiv olam – inson sezgi va tasavvurlarining manbai;

ikkinchidan, inson moddiy olam va uning rivojlanish qonuniyatlarini bilishi mumkin. Inson sezgi, tasavvur va tushunchalarida o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan tashqi olam mazmunini in’ikos ettiradi.

Bilish jarayonida obyekt bilan subyekt dialektikasi muhim ahamiyat kasb etadi. Keng ma’noda, bilishning obyektini inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan obyektiv olam tashkil qiladi. Tor ma’noda esa, tabiat va jamiyatdagi alohida narsa va hodisalar tashkil qiladi. Bilishning subyekti – ana shu obyektni aks ettiruvchi, bilib oluvchi insondir. Obyektning mavjudligi subyektga bog‘liq emas. Subyektning o‘zi ham muayyan sharoitlarda bilish obyekti bo‘lishi mumkin.

Insonsiz bilish jarayoni bo‘lishi mumkin emas. Subyektning ilmiy bilishdagi roli shundan iboratki, u obyektiv mavjud bo‘lgan qonuniy bog‘lanishlarni ochib beradi. Obyektga nisbatan ham amaliy, ham nazariy yondashadi. Subyektning faoliyati uning ehtiyojiga hamda ishlab chiqarishning qay darajada rivojlanishiga bog‘liq. Obyektiv qonuniyatlarni bilish darajasiga qarab odam o‘z oldiga ongli ravishda muayyan maqsadlarni qo‘yadi. Jumladan, hozirgi davrda bozor munosabatlarining vujudga kelishi, mulkchilikning turli shakllarining rivojlanishiga katta imkoniyatlar ochmoqda. Bilish jarayoni subyektga, uning maqsad va ehtiyojiga ham bog‘liq bo‘lib, ayniqsa uning faolligi bilan aloqador. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirish har bir kasb egasidan katta ijodiy faollikni, kamolotga erishishni, qilinayotgan xatti-harakatlarning oqibatlarini oldindan ko‘ra bilishni taqozo etadi.

Yuqorida qayd qilingan fikrlardan kelib chiqqan holda birinchi

savolga xulosa shuki, birinchidan, bilish obyektiv real olamni ong orqali in’ikos ettirishdan iborat bo‘lib, u har doim mukammallashib, rivojlanib boradi; ikkinchidan, bilish jarayoni ziddiyatli bo‘lib, dialektik xususiyatga ega. Shuning uchun ham falsafa tarixida faylasuflar bu masalaga har xil yondashib kelishgan. Ba’zi faylasuflar bilish jarayonini hissiy bilishdan iborat deb bilishsa (Lokk, Gobbs, Kondilyak), ba’zilari bilish jarayonini faqat aqliy bilishdan iborat deb ta’kidlashib (Dekart, Spinoza, Leybnis) bilish nazariyasini talqin qilishda bir tomonlama yondashishadi. Bu to‘g‘risida ma’ruza rejamizning ikkinchi savoli, ya’ni bilish bosqichlari va ularning asosiy shakllari ustida to‘xtalamiz.


  1. Download 441,4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish