Saitxodjayev



Download 441,4 Kb.
bet31/90
Sana07.01.2022
Hajmi441,4 Kb.
#327295
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   90
Bog'liq
Falsafa kitob

(Ibn Sino. She’rlar va tibbiy doston. T., 1981, B.48)

Xullas, buyuk vatandoshimiz Abu Ali Ibn Sino o‘zining rang-barang va teran falsafiy, ijtimoiy, axloqiy, badiiy merosi bilan nafaqat musulmon Sharqi, Yevropa va, umuman, dunyo madaniyatiga katta hissa qo‘shgan qomusiy mutafakkirdir.

Yana bir vatandoshimiz-buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy (973- 1048) jahon fani tarixida eng mashhur siymolar qatoridan joy olgan, o‘z davridagi deyarli barcha fanlar taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan, mashhur qomusiy olim, yirik faylasufdir.

Tarixiy manbalarning ma’lumotlari bo‘yicha Beruniy o‘z davri ilm- fanini puxta o‘zlashtirgan, ajoyib tadqiqotchi hamda tabiatni ziyraklik bilan kuzatuvchi olim bo‘lgan. Hindistonga qilgan safarlari natijasi o‘laroq bu mamlakat haqida, uning iqlimi, geografik va boshqa sharoitlari haqida, u yerda yashovchi xalqlar, elatlar to‘g‘risida asar yozgan. Hozirgacha ma’lum bo‘lgan dalillar bo‘yicha Beruniy umuman

152 asar yaratib qoldirgan. Shulardan eng mashhurlari «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Mas’ud qonuni», «Hindiston»,

«Geodeziya», «Minerologiya», «Saydana» kabilardir. Bu asarlar jahon fani tarixida ko‘plab tadqiqotchilar diqqatini o‘zlariga tortgan va jahon tillariga tarjima etilgan. Yuqoridagi asarlarning ko‘pi bizning zamonamizda o‘zbek va rus tillarida chop etilgandir.

Ko‘rib turganimizdek, Beruniy bevosita falsafaga doir asar yozmagan. Lekin u falsafaga oid tushunchalarni, qoida-qonunlarni, jamiyat va uni boshqarish masalalarini deyarli barcha asarlarida chuqur tahlil qilgan, ko‘plab falsafiy muammolarni hal etishda tabiatshunoslik va aniq fanlar xulosalaridan foydalangan. Chunonchi, «Hindiston» asarida musulmonlar bilan hindlarning urf-odatlari o‘rtasidagi farqlarni tahlil qilib, bunday farqlanish geografik muhitning farqlanishiga bog‘liq, degan fikrga keladi. Tillarning turlicha bo‘lishining sababi ham odamlarning guruh-guruh bo‘lib turli geografik sharoitlarda yashashi- dandir, degan g‘oyani ilgari suradi. Beruniyning insoniyat hayotida va jamiyatda geografik omilning muhim rolini e’tirof etishi o‘z davri uchun katta ahamiyatga ega edi.

Beruniyning aql va mehnat haqidagi fikrlari ham e’tiborga molikdir. Aql va mehnat inson hayoti va ijtimoiy holatining mohiyatini tashkil etadi. «Geodeziya» asarida inson boshqa odamlar baxt-saodati haqida doimo o‘ylashi kerak, deydi va «muayyan vazifalarni bajarish zaruriyati inson faoliyatining bir umrga yashash qoidasidir» degan fikrni bildiradi. Insonning qadr-qimmati o‘z vazifasini a’lo darajada bajarishidan,

shuning uchun ham insonning eng asosiy vazifasi va o‘rni mehnat bilan belgilanadi.

Beruniy ilm-fanni g‘oyat qadrlagan, unga umid bag‘ishlagan insondir. U ilm-fan saxovatli xizmatni o‘tashi mumkin deb hisoblaydi.

«Mening butun fikri-yodim, qalbim bilimlarni targ‘ib qilishga qaratilgan, chunki men bilim orttirish lazzatidan bahramand bo‘ldim; buni men o‘zim uchun katta baxt deb hisoblayman»1, deydi Beruniy. Chindan ham Abu Rayhon Beruniyning butun hayoti, ilmiy izlanish va kuzatishlari ilm-fan taraqqiyotiga sitqidildan xizmat qilishning namunasidir.

Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrlari taraqqiyotida tasavvuf falsafasining yoki so‘fizim oqimlari (tariqatlari) g‘oyalarining o‘ziga xos o‘rin bor.

Tasavvuf falsafasi bevosita islom dinining mahsuli sifatida maydonga kelgan oqimlar majmuidir. U islom dini hukmron din mavqeiga ko‘tarilishi bilan islom dini doirasida, Qur’on va Hadis g‘oyalariga mos ravishda yuzaga keldi. Arab xalifaligida uning yuzaga kelishi va tarqalishi VIII-IX asrlarga to‘g‘ri keladi. Tasavvuf falsafasining asosiy g‘oyasi Olloh visoliga yetishmoqlik, Olloh rahmatiga sazovor bo‘lishlik va Olloh ruhiga singib ketishlikdir. Ana shu g‘oyani targ‘ib qilish usuliga qarab so‘fiylik Markaziy Osiyoda uch tariqatga (yassaviylik, kubraviylik, naqshbandiylik) bo‘linadi.

X-XI asrlarda tasavvuf falsafasi o‘rta Osiyoda keng tarqala boshladi. O‘rta Osiyoda bu talimotning paydo bo‘lishi va tarqalishi yirik mutafakkir Hazrat Yusuf Hamadoniy (1048-1140) nomi bilan bog‘liqdir. Eronning Hamadon shahrida dunyoga kelgan Yusuf yoshligidanoq ilm- fanga qiziqadi, xalifalikning poytaxti Bog‘dodda ko‘zga ko‘ringan olimalardan tahsil oladi, xaloyiq orasida hadislar to‘plash maqsadida Isfahon, Balx, Hirot, Marv, Buxoro va Samarqand shaharlariga bir necha bor safarlar qiladi. So‘ngroq Marv va Buxoroda xonaqoh va madrasa qurdirib, turkigo‘y va forsigo‘y shogirdlar tayyorlaydi. Uning shogirdlari orasida Ahmad Yassaviy va Abduholiq G‘ijduvoniylar alohida ilmga chanqoqliklari, tasavvuf ta’limotiga berilganliklari bilan ajralib turar edilar. Keyinchalik, ustozi buzrukvorlari Yusuf Hamadoniy vafotidan (YU.Hamadoniy 92 yil umr ko‘rgan, qabri Marv shahrida) so‘ng ular Buxoroda bir qancha vaqt oldinma-ketin ustozlari ishini davom ettirganlar. So‘ng Ahmad Yassaviy o‘zi tug‘ilgan o‘lka-Turkistonda (hozirgi janubiy Qozog‘iston) tasavvufning «Yassaviya» tariqatiga,






1 Бepyhий. Tahлahгah acapлap. T.2. – T., Б.21.

Abduholiq G‘ijduvoniy esa Buxoroda «Naqshbandiya» tariqatiga boshchilik qilganlar.

«Yassaviya» tariqatining barcha aqidalari Xo‘ja Ahmad Yassaviy- ning asosiy asari «Devoni Hikmat»da mufassal bayon etilgan. «Devoni Hikmat» turkiyda (qadimgi o‘zbek tilida) she’riy yo‘l bilan oddiy, tushunarli, ravon yozilgan. Yassaviy o‘z asarlarini turkiy tilda yozganligi, birinchidan, xalqimiz madaniyatining nechog‘lik teran tarixiyligini namoyish qilishda, ikkinchidan, islomiy adabiyotning ko‘p millionli turkiy xalqlar madaniyatida mahkam joylashib olishida katta ahamiyatga ega edi. Bu Yassaviyning ham turkiy xalqlar madaniyati ham islom madaniyati oldidagi buyuk xizmatlaridan biri edi. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda Hazrat Alisher Navoiy Yassaviyga «Xo‘ja Ahmad Yassaviy-Turkiston mulkining shayxul-mashoyixidir» deb tavsif berganliklari bechiz emasligini tushunib olish mumkin.

Hikmatda bayon etilishicha, inson Olloh yaratgan chog‘idagi musaffolikni saqlashi kerak. Lekin bu qiyin vazifa. Insonning bu dunyoda gunohga botishi, Olloh oldida aybdor bo‘lib qolishi oson. Uning nafsi, ya’ni insonning oddiy ehtiyojlari uni gunohga botishiga ko‘pincha sabab bo‘ladi. Shuning uchun «hikmat»-ta’limotiga ko‘ra, inson o‘zining azaliy pokligini saqlash maqsadida bu dunyodan yuz o‘girishi, o‘zini qiynaydigan bu dunyo ehtiroslarini yengib, Olloh bilan yakka qolishi, umrini odamlardan uzoqda, uzlatda, yolg‘izlikda toat-ibodat bilan o‘tkazishi lozim. Yassaviy ijodining eng ta’sirli tomonlaridan biri ham ana shu tarkidunyochilik bo‘lib, doimiy ibodatnigina emas, balki xorlik va zorlikka chidash, hatto o‘zingni atayin azobu uqubatga duch etishni ham talab etadi. Bu-Ollohga yaqin bo‘lishning, o‘zingga u dunyoda saodatni ta’min etishning shartlaridan biridir.

Atoqli tadqiqotchi Izzat Sultonning ta’biri bilan aytganda to‘rt

mavzu, yana ham to‘g‘rirog‘i – to‘rt maqsad umuman Yassaviy g‘oyaviy merosining asosini tashkil etadi.

Birinchisi-odamlarni Ollohni tanishga, uning yaqini bo‘lishga da’vat etish; ikkinchisi – odamni Ollohning eng aziz ijodi sifatida e’zozlash; uchinchisi – dunyodagi gunohni, ayniqsa adolatsizlikni qoralash, bu adolatsizlikning qurboni bo‘lgan insonni himoya etish hamda adolatga da’vat etish va, nihoyat, to‘rtinchisi – dunyoning dog‘larini insonga yuqtirmaslik uchun bu dunyodan nari turishga,ya’ni tarkidunyochilikka da’vat etishdir. Yassaviy tariqatining hamma boshqa g‘oyalari shu to‘rt mavzu yoki maqsad doirasidan uzoqqa ketmaydi1.





1Ԕapahг: Cyzmoн И. Бaԟobyддиh Haԕш6ahд a6aдияtи. – T., 1994. – Б.17.

XII asrda O‘rta Osiyoda vujudga kelgan yana bir yirik tasavvufiy tariqat – «kubroviya» musulmon olamidagi zabardast mutasavvirlardan biri, xorazmlik donishmand Shayx Najmiddin Kubro (1145-1221) nomi bilan bog‘liqdir. Bu tariqat Hodis va Shariatga asoslangan bo‘lib, o‘z davrida Xuroson, Movarounnahr, boshqa musulmon mamlakatlari orasida keng tarqaldi. Mazkur tariqat ixlosmandlari orasida Zikrning ovoz chiqarmasdan (Xufiya) ijro qilish usuli keng qo‘llangan.

«Kubraviya» tariqatidan keyinchalik bir nechta kichik tariqatlar ajralib va ular Markaziy Osiyoning turli hududlarida faoliyat ko‘rsatganlar.

«Kubraviya» tariqatining odoblari o‘nta bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 1) tavba; 2) dunyo mol-mulki va noz ne’matlaridan voz kechish;

3) qanoat; 4) Ollohga mutlaqo ishonish, unga chuqur va sidqidildan e’tiqod qilish; 5) uzlat. Tariqat ixlosmandi ko‘proq yolg‘iz qolishi, xaloyiqdan uzoqlashib, qalbini mustahkamlab, poklanib bormoq lozim;

6) tariqat ixlosmandi Olloh nomini doimo tilga olib, uning sha’niga sidqidildan zikr-samo‘ qilishi kerak; 7) tariqat ixlosmandi butun qalbi, bor vujudi bilan Ollohga murojaat qilib yurishi lozim; 8) sabr; 9) tariqat ixlosmandi har qanday pastkashliklardan, riyo va makru hiyla- nayranglardan xalos bo‘lmog‘i shart; 10) rido – tariqat ixlosmandi Olloh vasliga yetgach, o‘zini Olloh-taoloni tanigan hisoblamog‘i lozim.

XII-XIV asrlarda O‘rta Osiyoda va keyinchalik dunyoning boshqa ko‘p musulmon mamlakatlarida keng tarqalgan tasavvuf oqimi-bu

«Naqshbandiya» tariqatidir. Bu tariqay «Xojagon» nomi bilan ham mashhurdir. «Naqshbandiya» tariqatining asoslanishi va dastlabki davrlari Abduholiq G‘ijduvoniy (tug‘ilgan yili noma’lum, 1220-yilda vafot etgan) nomi bilan bog‘liqdir. Abduholiq Buxoro yaqinidagi G‘ijduvon shahrida tug‘ilib, Buxoroda Yusuf Hamadoniy va so‘ngroq Ahmad Yassaviydan ta’lim olgan. Ustozi Yusuf Hamadoniy vafotidan so‘ng bir qancha vaqt Buxoroda uning vazifasini ado etgan, so‘ng

«naqshbandiya» tariqatini asoslab, unga boshchilik qilgan.

«Naqshbandiya» tariqatining keyingi rivoji va butun musulmon olamiga tarqalib ketishi Xojai Buzurg, ya’ni Xoja Bahouddin Naqshband (1318-1389) nomi bilan bog‘liqdir. Bahouddin Naqshband Buxoro yonidagi Qasri Hinduvan (keyinchalik qasri Orifon deb atalgan) qishlog‘ida tug‘iladi. Yosh Bahouddin o‘sha davrdagi otoqli mutasavvif Said Amir Kuloldan ta’lim oladi. So‘ng umrining ko‘p qismini

«Naqshbandiya» tariqatining rivojiga va bu sohada shogirdlar tayyorlash ishiga bag‘ishladi. U naqshbandiyaning ikkinchi asoschisi sifatida bu

tariqatni XIV asrda har tomonlama puxtaladi, mustahkamladi va uning butun musulmon Sharqiga tarqalib ketishi yo‘lida tinimsiz mehnat qildi.

«Naqshbandiya» ta’limotining asosida ixtiyoriy ravishdagi faqirlik yotadi. Lekin bu, «faqirlik» boshqa tariqatlar tashviq etgan «faqirlik»dan tubdan farq qiladi. Chunonchi, Naqshband ta’limoti targ‘ib qilgan faqirlik odamlardan uzoqda, panada («faqir kishi panada» naqli ham shundan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin) yashashi emas, balki odamlar orasida bo‘lishni, mehnat qilishni, jamiyat uchun foydali ish qilishni taqozo etadi. Shu sababli «naqshbandi» tariqati tarkidunyochilikka va xilvatda yashash qoidasiga keskin qarshi chiqadi. «Naqshbandiya» tariqati yo‘lini tutganlar tarkidunyo qilish, xilvatda, xalqdan uzoqda bo‘lish emas, balki qalbda Ollohni jo qilib, mehnat qilishlari, dunyoni obod etishlari zarurdir. «Naqshbandiya» tariqatining «Dil ba yoru, dast- ba kor» (Dil yor-Olloh bilan, qo‘l esa ish bilan band bo‘lsin) degan mashhur shiori ham yuqoridagi qoidaga aynan mos keladi. Bu esa butun tasavvuf ta’limotida nihoyatda progressiv hodisa edi.

«Naqshbandiyli» ta’limoti, shuningdek, boshqalar mehnati bilan kun kechirishni, tekinxo‘rlikni, ijtimoiy zulm va istibdodni qat’iyan qoralaydi. Bu ta’limot asoschilari kishilarni faqat o‘z qo‘l kuchi, peshona teri bilan halol mehnat qilib kun kechirishga chaqirganlar. Naqshbandiylar odamlarni savdo-sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik, badiiy adabiyot, musiqa, ilm-ma’rifat, xattotlik, naqqoshlik, quruvchilik kabi barcha foydali va xayrli yumushlar bilan shug‘ullanishga da’vat etganlar.

Shunday qilib, naqshbandiya tariqati uzoq fikriy rivojning natijasi o‘laroq maydonga keladi, o‘rta asrlardagi ijtimoiy va ruhiy taraqqiyotning cho‘qqisi sifatida shakllanadi.

Naqshbandiya tariqatining mafkura sifatida uzul-kesil shakllanishida uch buyuk shaxs-Yassaviy, Abduholiq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband alohida xizmat ko‘rsatdilar. Agar Yassaviy jamiyatni Ollohni tanishga o‘rgatgan va bu yo‘lda tarkidunyochilikni odat etishga da’vat qilgan bo‘lsa, agar Abduholiq G‘ijduvoniy, xuddi Yassaviydek, Ollohni tanishga da’vat etish bilan birga, buning uchun tarkidunyo shart emasligini tushuntirgan va Ollohga yaqin bo‘lishning boshqa yo‘li-»bu dunyoga» faol munosabat va insonning axloq mukammalligi va tozaligi yo‘li mavjud ekanini kashf etgan bo‘lsa, Bahouddin Naqshband, xuddi Yassaviydek, Ollohning tanishning inson uchun zarurligini uqdiradi, lekin bu yo‘lda tarkidunyochilikni uzil-kesil rad etadi.

Bahouddin Naqshband o‘z ta’limotida Ollohga yaqin bo‘lishning to‘g‘ri va eng samarali yo‘li-jamiyat saodati uchun yashash, bunyodkorlik, savob ishlar va mukammal axloq ekanini tasdiq etuvchi mafkurani eng izchil va yorqin ifoda etadi.


Download 441,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish