Neotomizm – XX asrdagi eng yirik diniy-falsafiy oqim bo‘lib, u o‘rta asrlardagi F.Akvinskiyning ta’limotini qaytadan tikladi. F.Akvinskiyning yangi, zamonaviy ta’limoti, demakdir. Bu ta’limotga ko‘ra, ilm va e’tiqod o‘rtasida to‘la muvofiqlik, uyg‘unlik bor. Ular bir- birini to‘ldirib turadi, har ikkinchi ham Xudo tomonidan berilgan haqiqat. Bu ta’limotga ko‘ra xudoning mavjudligini falsafa turli mantiqiy usullar orqali isbot qilishi lozim. Falsafaning vazifasi dinga xizmat qilishdan iboratdir.
Neokantchilik – I.Kant o‘z davrida qo‘ygan ilmiy bilishning umumiyligi va zaruriyati haqidagi hamda tajribaviy aql haqidagi muammolarni tahlil etadilar. Bu ta’limotga ko‘ra, inson dunyoga bir marta keladi, shuning uchun har bir insonning hayoti o‘zi uchun eng oliy maqsaddir. Shuning uchun inson hayotidan kimdir o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun vosita sifatida foydalanishi mumkin emas. Erkin mavjudot deganda, Kant izdoshlari o‘zi xohlagan ishlarini qiluvchi kishini emas, balki jamoatchilik manfaatiga qarshi yurmaydigan, unga zid ish qilmaydigan, ammo o‘z haq-huquqlarini yaxshi biladigan insonni nazarda tutadi.
Neopozitivizm – oqimining yirik namoyandalari Karnap, Ayer, Rassel, Vitgenshteyn va boshqalar. Tarafdorlari falsafa aniq fanlar taraqqiyotisiz mavjud bo‘la olmaydi. Falsafa – obyektiv reallikni emas, balki aniq fanlar qilayotgan ilmiy, ya’ni ijobiy (pozitiv) xulosalarni o‘rganib, tahlil qilib, ularni mantiqan bir tartibga, sistemaga solish kerak. Strukturalizm – asosiy vakillari Levi Stross va Fuko. Bilishda strukturaviy usulning ahamiyatini mutlaqlashtiradi. Bu oqim tarafdorlari narsa va hodisalarning strukturasini bilish uning obyektiv mohiyatini
bilish demakdir, deb hisoblashadi.
Germenevtika – qadimgi yunon afsonalaridagi Xudolarning xohish va irodasini insoniyatga tushuntirib berish uchun yerga yuborilgan elchisi Germes nomi bilan ataladi. Germenevtika – tushunish, tushuntirish, tahlil etish g‘oyalariga asosiy diqqatni qaratadi. Falsafaning asosiy vazifasi hayotning ma’nosini, mohiyatini kishilar o‘rtasidagi muloqotdan qidirishdan iborat, deb ta’kidlashadi. Muloqot jarayonida madaniy, tarixiy va ilmiy qadriyatlar yaratiladi. Shuning uchun falsafaning asosiy vazifasi hayotning ma’nosini, mohiyatini kishilar o‘rtasidagi muloqotdan qidirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |