Tadqiqotning maqsadi: Natyurmort janrida ranglarning o’ziga hususiyatlari haqida ilmiy manbalar va materiallar vositasida tasviriy san’at ta’limi mazmunini takomillantirishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
1. Natyurmort janriga oid materiallarning ta’limiy va tarbiyaviy imkoniyatlariga oid ilmiy-metodik manbalarni maqsadli-tanqidiy o’rganish hamda tegishli tahliliy materiallar jamlash.
2. Tasviriy san’at o’quv fanining amaldagi Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi talablari asosida natyurmort janriga oid materiallarni tanlab olishning pedagogik talablarini ishlab chiqish.
3. Natyurmot janriga oid ilmiy manbalar va materiallardan foydalanish vositasida tasviriy san’at ta’limi mazmunini takomillashtirish jarayonining mazmuni, metodlari, vositalari, shakllari, pedagogik shart-sharoitlarini ishlab chiqish.
4. Natyurmortga oid asarlarni amaldagi tasviriy san’at ta’limi mazmuniga tatbiq etishning nazariy asoslari, amaliy yondashuvlari hamda jarayonning bosqichlarini belgilash omillarini aniqlash hamda jarayonni takomillashtirish istiqbollarini prognostik tahlil qilish.
Tadqiqot obyekti: Natyurmort janrida ijod qilishda materiallardan foydalanish vositasida tasviriy san’at ta’limi mazmunini takomillashtirish jarayoni.
Tadqiqot predmeti: Natyurmort janrida ishlashda materiallardan foydalanish vositasida tasviriy san’at ta’limi mazmunini takomillashtirish jarayonining mazmuni, metodlari, vositalari, shakllari, pedagogik shart-sharoitlari.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Tasviriy san’atda, natyurmort janriga oid ilmiy manbalar va materiallarning ta’limiy va tarbiyaviy xususiyatlariga oid ilmiy manbalar hamda metodik adabiyotlar tahlillari asosda ulardan tasviriy san’at ta’limida foydalanishning didaktik imkoniyatlari aniqlash;
Tadqiqotning amaliy natijasi umumiy o’rta ta’lim muassasalarida tasviriy san’atni o’qitish samaradorligini oshirishning asosiy omillaridan biri – didaktikaning tanishdan notanishga, yaqindan uzoqqa printsipi asosida natyurmort ishlashda materiallardan foydalanishning innovatsion pedagogik yondashuvlari, qo’llaniladigan texnologiyalarning amaliy asoslari hamda ularning samaradorlik darajalari tadqiqotlar natijalari asosida ishlab chiqilishi, shuningdek, mahalliy materiallar asosida tashkil etiladigan tasviriy san’at ta’limi jarayonning mazmuni, uning tarkibiy qismlari, darajalari, kursatkichlari, ularni baholash parametrlari aniqlanadi hamda amaliyotda sinab ko’rilishi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |