Qishloq xoʻjaligi
Viloyat qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — paxtachilik. Paxta ekini maydoni viloyatdagi sugʻoriladigan yer maydonining asosiy qismi (110 ming ga)ni tashkil etadi. Viloyatning 12 tumanidan 10 tasida paxta ekiladi. 1994-yildan Jizzax viloyatida gʻalla ekiladigan maydon keskin oshirildi. 2000-yilda 317,7 ming t gʻalla tayyorlandi. Gʻallachilikni rivojlantirish uchun tabiiy sharoitlar va boshqalar imkoniyatlar mavjud, Viloyat qishloq xoʻjaligida pillachilik ham salmoqli oʻrin tutadi. Joylarda-yiliga 440—480 t pilla yetishtirish imkonini beradigan tabiiy resurslar yaratildi.
Qishloq xoʻjaligida kartoshka, poliz, sabzavot, uzum, hoʻl meva yetishtirish bilan ham shugʻullaniladi. Bir-yilda 25—30 ming t kartoshka yetishtiriladi. Poliz va sabzavotdan-yiliga oʻrtacha 70 ming t dan hosil olinadi.
Jizzax viloyatida 9,4 ming ga dan ortiq, maydon mevali bogʻ (olma, behi, shaftoli, oʻrik, olcha, gilos, anor), 7,9 ming ga tokzor, 2,4 ming ga tutzor, 410 ga koʻchatzor. 78,7 ming ga yer qoʻriqxonaga aylantirilgan.
Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar 1241,4 ming ga, shu jumladan haydaladigan yerlar 478,5 ming ga, shundan sugʻoriladigan yerlar 266 ming ga, lalmi yerlar 212,5 ming ga, yaylovlar 850 ming ga, pichanzorlar 12,5 ming ga, koʻp-yillik daraxtzorlar 21,5 ming ga.
Don ekinlari 212 ming ga, paxta ekiladigan maydon 110,8 ming ga, sabzavotpoliz ekinlari 10 ming ga, ozuqa ekinlari 12,5 ming ga, 165 ming ga oʻrmonzor bor. (2001).
Jizzax viloyatida jamoa, davlat, shirkat va fermer xoʻjaliklari mavjud. Fermer xoʻjaliklarining salmogʻi ortib bormoqda. Viloyat qishloq xoʻjaligida chorvachilik aloxida oʻrin tutadi. Barcha xoʻjaliklarda 280 mingdan ziyod qoramol, 800 mingdan koʻproq qoʻy va echki, qariyb 15 ming ot, 410 mingga yaqin parranda boqiladi (2000).
Jizzax viloyati tog`li hududlariga Baxmal, Zomin, Forish, G`allaorol, Yangiobod tumanlari kiradi. Ularning umumiy yer maydoni 17,0 ming km kv, viloyat umumiy yer maydonining 80 foizi, aholisi 491,2 ming kishi bo`lib, viloyat umumiy aholisining 45 foizini tashkil etadi.
Mintaqa O`zbekiston Respublika-sining qishloq xo`jaligi rivojlangan hududlardan biridir. Viloyat aholisining asosiy qismi ham qishloqlarda istiqomat qiladi (74 %, 2007 y.). Shu bilan birga qishloq aholi manzilgohlarining joylashuvida ham o`ziga xos ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlari mavjud.
XX asr o`rtalarigacha yirik qishloqlar asosan tog` va tog` oldi zonalarida joylashgan bo`lib, Mo`g`ol, Sartyuz, Oyqor, Bog`ishamol kabi qishloqlar Sangzor vodiysida, G`o`bdun, Ko`kbuloq, Mirzabuloq va boshqa qishloqlar G`allaorol tekisligida, G`allakaor, Gulshan, Chorvador, Omongeldi, Qizilqum, Qoraobod, Eshbuloq singari bir qancha qishloqlar esa Zomin va Nurota tog` oldi hududlarida lentasimon qo`rinishda shakllangan. Qishloqlarning bunday hududiy tashkil topgani aholining katta - kichik soy va daryolar atrofida, suvga yaqinroq joylashishga bo`lgan intilishidir.
Respublikamiz iqtisodiyotining asosini qishloq xo`jaligi tashkil etaganligi bois Jizzax viloyati aholisining asosiy qismi ham bog`dorchilik, chorvachilik va lalmikor donchilik bilan shug`ullanib keladi. Masalan, G`allaorol tumani g`alla yetishtirishga, Forish - uzumchilikka, Baxmal tumani olma, Zomin esa donli ekinlar yetishtirishga ixtisoslashgan.
Ta`kidlash joizki, viloyat hududidagi cho`llarning keng miqyosda o`zlashtirilishi sobiq Ittifoq davrida amalga oshirilgan va bu tog` hamda tog` oldi aholisini cho`lga ko`chirish orqali amalga oshirilgan. Albatta, aholining ko`p qismi cho`lga o`z ixtiyori bilan ko`chib borgan, chunki o`sha davrda tog` qishloqlarida mehnat resurslarining ish bilan ta`minlanishi ancha chegaralangan bo`lgan. Agar o`sha davrdagi cho`l va tog` qishloq aholi manzilgohlari bir - biri bilan solishtirilsa, juda katta farqlarni ko`rish mumkin. Ayni vaqtda tog` va tog` oldi zonalaridagi qishloqlar kengayib bormoqda, aholining tirikchilik manbai yana o`sha bog`dorchilik, chorvachilik va lalmikor donchilik bo`lib qolgan.
Jizzax viloyatidagi tog` va tog` oldi hududi qishloqlari Baxmal, Zomin Yangiobod, G`allaorol, Forish tumanlarida joylashgan. Qolgan tumanlar esa asosan o`zlashtirilgan cho`l hududlarida tashkil topgan bo`lib, ular ham o`z navbatida o`ziga xos demografik xususiyatlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |