Sahnaviy asarning xatti-harakat tahlili



Download 1,28 Mb.
bet9/9
Sana17.01.2020
Hajmi1,28 Mb.
#34939
TuriУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hatti-harakat lotin


Ma’lumotnoma

(glossariy)

* San’at - ma’naviy ijod. San’at insonni ruhiy kamolotga yetaklaydi. San’atning tarbiyaviy ahamiyati beqiyos bо‘lib, uningsiz inson kamolot darajasiga erishmaydi.

*Pyesa va rolning xatti-harakat tahlili - sahnalashtirish faoliyatining muhim qismi hisoblanadi. U pyesani har tomonlama chuqur tahlil qilishni nazarda tutadi.

* San’atning о‘ziga xos turlari har bir san’at turi uning о‘zigagina xos vositalari bо‘limish : sо‘z, eshitish, nafislik-plastika, shakl va ranglar orqali ifoda etiladi.



* Ijodkor - badiiy timsollar orqali о‘zligini namoyon etadi.

* Badiiy timsolning birinchi tarkibiy qismi - oliy maqsad, badiiy asarning mazmun va ma’nosi, ijodkorning dardi, uning hissiy qabul qila olish salohiyati.

* Ikkinchi tarkibiy qismibadiiy tо‘qima.

* Badiiy timsolning uchinchi tarkibiy qismi: tо‘qima mantiqqa bо‘y sinishi kerak.

* Tasavvur. Tasavvur – insonni hayotidagi kо‘rgan-bilganlari, tajribasi, bilimi yordamida yangi timsollarni tо‘qib chiqarishdir. Tasavvursiz uslubiyatning bironta unsuri faoliyat kо‘rsata olmaydi. Misol uchun sahnaviy diqqat bilan tasavvur bir-biriga bog‘liq. Bor narsani kо‘rib turib, uni zarur bо‘lgan narsaga aylantira bilishlik. Tasavvur his etish orqali paydo bо‘ladi.

* Fantaziya aqlning ijodiy faoliyati bо‘lib, bir-biriga mos kelmagan alomatlarni moslashtirishdir. Masalan: kentavr – inson boshi bilan otning tanasi, yoki temir xotin. Tasavvur - hissiyotlarning о‘yini bо‘lsa, fantaziya – aql о‘yini.

* Teatr san’atining о‘ziga xos tomonlari:

1. Teatr san’atining xom-ashyosi: aktyor - inson.

2. Aktyor timsolni о‘zidan yaratadi.

3. Ijodkorlar: aktyor va tomoshabin.

4. Teatr - makon va vaqt birligida kechadinan san’atdir.

5. Teatr san’ati - tabaqalashgan sintetik san’at turidir.

6. Teatr san’ati jamoa san’atidir.

7. Teatr san’ati-ikkilamchi san’atdir.

* Teatrning vazifasi. Teatr faqat targ‘ibot о‘chog‘i bо‘lmasligi kerak. U tomoshabinni faqat qiziqtirishi, hordig‘ini chiqarishi, ovutish uchungina faoliyat yuritmay, insonlarni ma’naviyat uchun kurashga, asarda kо‘tarilgan umuminsoniy, falsafiy muammolar haqida mushohada qilishga safarbar etishi kerak.

* Aktyor ijrosining ibtidosi - о‘yindir.

* Kechinma va taqlidiy teatr san’atiga oid: Aktyor - iztirob chekib turib, namoyish etadi. Namoyish etib turib, iztirob chekadi.

* Hissiyot - San’at hissiyotlarni qо‘zg‘atadi, sezgilar orqali qabul qilinadi. Hayotda haqiqiy hissiyotlar hukm suradi (kо‘z yoshlar, og‘riq, iztirob chekish). Teatrda sezgilar, hissiyotlar tasavvurda yaraladi.

* Harakat - hissiyotlarni qо‘zg‘atuvchi muhim omil.

* Inson ruhiyatini harakatga keltiruvchi kuchlar - aql, hissiyot, iroda.

* Iroda - inson fikr va hissiyotlarini tartibga solib turadigan yagona omil.



* Aktyor san’atining manbai - harakat. U, aktyorning mehnat quroli.

* Xatti - harakat - berilgan shart-sharoit bilan kurashgan holda (kichik doiradagi shart - sharoitlar), maqsadga erishishga qaratilgan psixofizik jarayon bо‘lib (bir-biridan ajralmas jarayonlar), vaqt va makon birligida о‘ziga xos ifoda topadi.

* Munosabat - hayot qonuni. Har qanday manba, har qanday sharoit о‘ziga munosabatni talab qiladi. Munosabatlar hissiy va aqliy nuqtayi nazardan о‘rnatiladi.

* Sahnaviy munosabat - uslubiyat unsuri, jarayon, obyektlarga ma’lum his-hayajonli munosabat, xulq-atvorni boshqaradigan ruhiy holat.

* Sahnaviy munosabatlarni о‘rnatish bosqichlari: diqqat manbayining almashinishi, yangi manba alomatlarning yuzaki kо‘rinishidan tom ma’nosigacha anglash, anglashning yuqori chо‘qqisida munosabat tug‘iladi.

* Marom (ritm) - Vaziyat о‘zgarishi, bir voqeadan ikkinchi voqeaga о‘tish jarayonida marom о‘zgaradi. Maromni inson faoliyatini tomir urishini о‘zgarishiga о‘xshatish mumkin. Maqsad sari intilishda berilgan shart-sharoit bilan kurash faolligining kuchayishi, tezlashuvi.

* Surat (temp)harakatning jadallik darajasi, tezligi.

* Jadallik (ichki marom) va harakat tezligi (sur’at) о‘zaro bog‘liqdir.



* Voqea - kichik doiradagi berilgan shart-sharoitlar yig‘indisiga asoslangan yagona xatti-harakat. Voqealarni aniqlash - tahlil usuli bо‘lib, bu tahlilning о‘rganilgan tarkibiy qismlari keyinchalik о‘zaro uzviy bog‘lanilishi kerak (analiz-sintez). Voqea berilgan yetakchi shart-sharoitga bog‘liq bо‘lib, ma’lum vaqt va makon birligida nima sodir bо‘lyapti? - degan savolga javob berishi kerak. Voqea – sahnaviy harakat natijasida kelib chiqqan tomosha. Voqeani rejissor aniqlaydi, aktyor kichik doiradagi sharoitda harakat qiladi. Rejissor - voqealarni va uning ichidagi kurash jarayonini aniqlashda yetakchi bо‘lishi kerak. Chunki voqea-hayot qonunidir.

* Kichik doiradagi shart-sharoit, voqeadagi kurash jarayonini, ziddiyatlarni belgilaydi va ularga turtki beradi.

* О‘rta doiradagi shart-sharoit pyesani butunlay qamrab olgan bо‘lib, inson - rolning yetakchi xatti-harakati rivojlanishini belgilaydi.

* Katta doiradagi shart- sharoit pyesadan tashqarida bо‘lib, inson-rolning oliy maqsadini qamrab olgan bо‘ladi.



* Inson-rolning oliy maqsadi (pyesani emas) - uning baxt tо‘g‘risidagi tasavvuri, orzu-havaslaridir (katta doiradagi shart-sharoit).

* Berilgan shart-sharoitni keskinlashtirish qonuni. U hayot qonuni bо‘lmasa ham, teatr, sahnaviy hayotning qonuni. Uningsiz sahnadagi hayot sust kechadi, kurash bо‘shashadi.

* Yetakchi berilgan shart-sharoit - maqsadni belgilovchi vaziyat.

* Baholash - bir voqeadan ikkinchi voqeaga о‘tish jarayoni. Aktyor ijodidagi eng muhim psixofizik jarayon. Eng qiziq, shu bilan birga murakkab jarayon.

Baholash jarayonining tabiiy qonuni (Katsman ta’biri bо‘yicha):

- diqqat manbayining о‘zgarishi

- quyidan yuqoriga olib boradigan alomatlar yig‘indisi, Ya’ni, yangi manba alomatlarning subyektiv kо‘rinishidan obyektiv ma’nosigacha anglash

-anglashning yuqori chо‘qqisida ehtirosiy, hissiy, aqliy munosabat tug‘iladi, pirovard natijada yangi maqsad paydo bо‘ladi.

- shu daqiqada sukut paydo bо‘ladi. Eski holat hali barham topmagan, yangisi hali tug‘ilmagan yangi maqsad tug‘iladi, yangi marom, yangi harakat, yangi voqea boshlanadi.

Baholashning tabiiy jarayonini aniqlashtirishning ikkinchi yо‘li:

- ongosti xususiyatning kо‘rinishi, beixtiyoriy biologik javob (неосознанная реакция). Misol uchun: yugurib ketayotganda birdan yiqilib baqirib yuborish yoki kutilmaganda qandaydir kuchli hodisa rо‘y berishi natijasida vujud ehtirosining kо‘rinishi.



- anglash, yо‘l topish. Muhimi fikrlar oqimi, vujudga kelgan yangi vaziyatda ularning tug‘ilishi (Katsman bо‘yicha diqqat manbayining alomatlarini, xislatlarini tо‘plash)

- qaror qabul qilish.

- holat va maromning о‘zgarishi.

- harakat jarayoniga о‘tish.



* Teatr ijodidagi uchta ustun. Bu voqea, xatti-harakat, berilgan shart-sharoit bilan kurash.

* Aktyor san’atining majmuyi: his qilish va xotirani charxlash uchun sodda jismoniy harakat mashqlari. “Mashqsiz san’at, san’atsiz mashq bо‘lmaydi” (Protagar)

* Jismoniy harakat aksariyat holda sо‘zga teskaridir. Bir narsani kо‘raman, boshqa narsani eshitaman, uchinchi narsani tushunaman.

* G‘oya. U yoki bu spektakl “nima maqsadda” sahnalashtirilmoqda. G‘oya о‘z ichiga oliy va eng oliy maqsadlarni (сверзадача и сверх-сверхзадача) qamrab oladi.

* Mavzu. Ma’lum bir asarda qо‘yilgan muammo “nima tо‘g‘risida” ekanligiga javob topish. Har qanday pyesada insonning shakllanish jarayoni, uning rivojlanish yо‘li aks ettirilgan.

*Qarama-qarshilik. Sahna asarining asosida qarama-qarshilik yotadi. Lekin u ochiqdan-ochiq bо‘lmay, uning sabablari yashirin tarzda kechadi.

* Asosiy qarama-qarshilik. Asosiy qarama-qarshilkni aniqlash о‘ta muhimdir. U doimo ma’naviy ahamiyatga ega. Shaxsning rivojlanishi, kamolotga yetishishi yoki inqirozga yuz tutishi, insonning tanazzuli jarayonini aks ettiradi. Mavzuni aniqlashtiradi, muammoni belgilaydi, g‘oya va oliy maqsadni oydinlashtiradi.

* Asar, pyesaning uzluksiz yetakchi xatti-harakati - aniq, haqiqiy kurash jarayoni bо‘lib, uning natijasida oliy maqsad aniqlanadi, tasdiqlanadi, isbot qilinadi.

* Inson-rolning uzluksiz yetakchi xatti-harakatiuning asosiy maqsadga erishish jarayoni. Agar pyesada uzluksiz yetakchi xatti-harakat “kurash” tushunchasi bilan bog‘liq bо‘lsa, ishtirokchi - timsolning uzluksiz yetakchi xatti-harakati uning “xohish, istagi”ga erishish jarayoni bilan bog‘liqdir.

*Voqea - fe’ldan yasalgan ot gap bо‘lagi bilan belgilanadi. Misol uchun: “Uchrashuv”, “Sotqinlik”(uchrashish, sotish).



* Boshlang‘ich shart-sharoit. Rejissorning spektakl tо‘g‘risidagi dastlabki fikri-о‘yi tug‘ilishida boshlang‘ich shart-sharoitni aniqlash muhim bosqich hisoblanadi. Boshlang‘ich shart-sharoit butun pyesa davomida о‘zgarmaydi. Pyesaning asosiy о‘zagini tashkil etgan holda muallifning dardi, uni bezovta qilgan muammodir.

* Uzluksiz yetakchi xatti-harakat asarning yetakchi shart-sharoit bilan boshlang‘ich shart-sharoitning о‘zaro muttasil tо‘qnashuvidir. Uzluksiz xatti-harakat voqealar davomida rо‘y berib, asosiy ziddiyat, qarama-qarshilikka bog‘liqdir.

* Yetakchi shart-sharoit pyesadagi ziddiyatlar sababchisidir. Muallif tasavvurida shart-sharoitni tо‘qib chiqaradi va boshlang‘ich shart-sharoit bilan о‘zaro tо‘qnashtiradi. Yetakchi shart-sharoit hamisha tomoshabin kо‘z о‘ngida paydo bо‘ladi. Uzluksiz yetakchi xatti-harakat ham xuddi shunday.

* Boshlang‘ich voqea - pyesaning boshlanishi. Boshlang‘ich voqea pyesa qobig‘idan tashqarida boshlangan ma’lum bir hayotning davomi bо‘lib, u bizning kо‘z о‘ngimizda tugaydi. U xuddi tomchida dengiz aks etgani kabi boshlang‘ich shart-sharoitni о‘zida mujassam etadi, uni aks ettiradi.

* Asosiy voqea. Asosiy voqeada yetakchi shart-sharoit kuchga kiradi va uzluksiz yetakchi xatti-harakat bо‘yicha kurash boshlanadi.

* Markaziy voqea - pyesadagi uzluksiz yetakchi xatti-harakat keltirib chiqargan kurashning eng avjga mingan yuqori nuqtasi.

* Yakuniy voqeada - uzuluksiz xatti-harakat bо‘ylab davom etgan kurash poyoniga yetadi. Shu yerda berilgan yetakchi shart-sharoit quvvati tugaydi.

* Bosh voqeada boshlang‘ich voqeaning yechimi qaror topib, boshlang‘ich berilgan shart-sharoitning taqdiri hal bо‘ladi.

* Xatti-harakat tahlili - san’atning - adabiyot, dramaturgiyaga xos timsollarini boshqa turga, ya’ni sahnaviy ijod turiga о‘tqazishi. Adabiyot tahlilidan bu usul shunisi bilan farqlanadi.

* Voqeaviy rivojlanish - rejissor о‘y-fikrining eng muhim qismi. Voqea - sahna hayotining asosini tashkil etuvchi muhim omil. Harakat jarayonining parchalanmas qismi, о‘zagi.

* Jismoniy harakat usuli (метод физического действия). Aktyor rejissor rahbarligida voqealarni badihaviy harakat orqali (improvizatsiya) aqliy tahlilni sahnada sinovdan о‘tkazadi. Buni “vujudiy sinov”deb atasa bо‘ladi. Shuning uchun ham u jismoniy harakat usuli deb ataladi.

* Oliy maqsad - bugungi kunga qaratilgan zohiriy va botiniy g‘oya. Oliy maqsadni aniqlash uchun muallifning eng oliy maqsadini, dunyoqarashini anglab yetmoq lozim bо‘ladi.

* Aktyorning sahnaviy texnikasi. Aktyor tomonidan muhim haqiqatni, fikrni tomoshabinga yetkazishda foydalanadigan ta’sirchan vositalar.

* Sо‘z harakati. Har qanday harakat iroda kuchi bilan namoyon bо‘ladi. Xatti-harakat jismoniy, nutqiy, fikriy faoliyatni о‘z ichiga oladi. Bu jarayon о‘zaro chambarchas bog‘liq.

Nutqiy harakatning uchta sharti:

1. Matnning tub ma’nosiga qarab ohang ifodaviyligiga erishish.

2. Tasavvur orqali voqealarni kо‘z oldiga keltirish. Nutqiy harakatda - tasavvur birlamchidir. Rol sо‘z orqali emas, kо‘z oldiga keltirish va tasavvur orqali yodlanadi. Kо‘rish, kо‘z oldiga keltirish ichki sо‘z, ichki harakat, ichki monolog - aktyor mahoratining oliy matematikasi hisoblanadi.

3. Nutqiy harakatning uchinchi sharti – nutqning aniq va ravonligiga, nutq texnikasiga bog‘liq. Faqat aniq talaffuz orqali maqsad va g‘oyani aniq tushuntirish mumkin.

* Fikriy faoliyat - inson tomonidan atrof-muhitni tushinish, fikr yuritish, anglash qobiliyati. Fikriy harakat jarayoni о‘ylash, diqqatni jamlab tafakkur qilish. Bu ayniqsa ”sukut mintaqalari”da muhimdir.

* Kо‘rish manbalari. Fikriy harakat jarayonida kо‘rish manbalari aktyordan tashqarida bо‘lib, uning hosilasi о‘laroq jismoniy harakat va plastik ifodaviylik yuzaga keladi.

* Badiha, tо‘qima (improvizatsiya) - jismoniy harakatlarning aniq qolipida bо‘lishi bilan, fikriy faoliyat tо‘qima, badihaga asoslanishi kerak. Bu tо‘qima, fikriy faoliyat о‘z navbatida sо‘zga aylanadi.

* Sо‘z - fikriy faoliyatning natijasi.

* Ichki nutqiy jarayon - fikrni sо‘z tizimiga aylantirish jarayonidir.

* О‘qitish uslubiyotida ichki sо‘z tо‘qimasiga alohida e’tibor qaratmoq lozim. Fikrsiz hayot yо‘q, shu jumladan sahnada ham.

* Fikriy faoliyatda ruhiy jarayon. Insonning fikriy jarayoni, u faoliyat kо‘rsatayongan vaqtda bir soniya ham harakatini tо‘xtatmaydi. Kо‘pincha bu jarayon musohaba - dialog tarzda о‘tadi.

* Dialog, musohaba. Insoning hayoti dialog - musobahadan iborat. Ham suhbat bilan, о‘z-о‘zi bilan musohaba.

* Sahna nutqining ta’sirchan vositalari. Rejissor fizik harakat uslubini qо‘llab, etud shaklida ishlar ekan, muallif tomonidan yozilgan sо‘zga о‘tish jarayonida sahna nutqining ta’sirchan vositalari, badiiy ifodaviyligiga alohida e’tibor qaratishi zarur.

* Yuzaki rejissorlik. Hammani hayratga solishni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘ygan, о‘zini kо‘rsatishga intilgan, о‘zicha “yangilik” yaratib hammani ajablantirmoqchi bо‘ladi.

* Hissiyot tarzi, tabiati - bu sahnaviy kо‘rinishga ega bо‘lgan asar janri. Ya’ni, asarda aks ettirilgan hayotni muallif nuqtayi nazaridan kelib chiqqan uslubiyatini rejissor tomonidan oliy maqsadga bо‘ysundirib о‘zlashtirilishi va aktyorning yashash tarzi orqali rо‘yobga chiqarilishi.

* Muhit. Ijodiy jarayonining yakunlovchi bosqichida paydo bо‘ladi. Bu teatr san’atining ta’sirchan vositalari yig‘indisidir. Ya’ni, senografiya, aktyorning sahnadagi hayot maromi, musiqa, shovqinlar. Muhit sahnaning yetakchi shart-sharoitidir.

Sahnaviy asarning xatti-harakat tahlili” fani bо‘yicha test savollari





Savollar

A (+)

V

S

D



Hatti-harakat nima?

Maqsadga yо‘naltirilgan berilgan shart-sharoitdagi ruhiy va jismoniy jarayon

Berilgan shart-sharoitda mantiqiy holat

Maqsadga yo‘naltirilgan jismoniy mashqlar

Mantiqiy jarayondagi ruhiy uyushma



Xatti-harakat mantig‘ini qayerdan izlash kerak ?

Munosabatdan

Atmosferadan

Voqealardan

Shart-sharoitdan



Xatti-harakat maqsadi qayerda tug‘iladi ?

Voqealikda

Tempo-ritmda

Baholash jarayonida

Shart-sharoitda



Spektaklning yetakchi xatti-harakati qayerdan boshlanadi?

Tugundan, asosiy voqeadan

Spektakldan

Kulminatsiyadan

Ekspozitsiyadan



Spektaklning yetakchi xatti-harakati qayerda yakunlanadi ?

Yechimida, yakuniy voqeada

Kulminatsiyada

Finalda

Oliy maqsadda



Aktyorning sahnaviy tasavvuri nima bilan bog‘liq?

Sehrli “Agarda...” bilan


Haqiqatni his qilish bilan

Ehtiros haqiqati bilan

Diqqat-e’tibor, mantiq va izchillik bilan



Diqqat-e’tibor doiralari

Kichik,о‘rta, katta

Katta, kichik

eng katta



Kichik,о‘rta,buyuk

Katta, kichik, umum insoniy



Ritm nima?


Sahnada bо‘lib о‘tayotgan voqeaning ichki emotsional holati

Asarning tuzilishi

Musiqa usuliga harakat qilish

Asarning maromi



Muloqot



Aktyor sahnaviy vazifasini muvaffaqiyatli hal etish uchun qо‘llaydigan harakat xususiyatlari.

Aktyorning ichki monologi.

Aktyor sahnadoshi bilan о‘zaro amalga oshiradigan xatti-harakatining hosilasi

Sahnadagi shaxsning xulq-atvori va tashqi xususiyatlarining mohiyati.



Mavzu nimani anglatadi? ?


Mavzu muallif tomonidan tanlanib badiiy obrazlar orqali talqin etilgan hodisalarning umumiy majmuasidir

Ijrochi talqin qilmoqchi bо‘lgan voqea yо‘nalishi

Adib ilgari surmoqchi bо‘lgan voqea mazmuni

Lozim bо‘lgan hodisalarning tasvir orqali talqin qilinishi



G‘oya tushunchasi


Hayotiy voqealardan kelib chiqqan chuqur taassurot natijasida aytilmoqchi bо‘lgan ma’no

Turmush voqealaridan kerakli hodisalarning anglatishi

Muallifning asari orqali о‘quvchilarga aytmoqchi bо‘lgan fikr.

Voqea mazmunidan kelib chiqadigan muallifning oliy maqsadi



Mazmun haqida tushuncha


Aniq hodisa va voqealar tizimining rivoji va yechimi

Maqsadning xatti-harakatlar orqali rivojlanib borish asosida bо‘ladigan hodisalar tizimi

Adabiy asarning о‘sib borishi jarayoni

Badiiy obrazning voqea tizimidagi ifodasi



Tugun haqida tushuncha


Keyingi voqealar rivojlanishiga turtki beruvchi dastlabki tо‘qnashuv va hodisalarning bog‘lanishi

О‘quvchi uchun jumboq bо‘lgan voqea

Anglashmagan maqsadning anglanishi

Harakatlar tizimi oldidagi qarama-qarshiliklar



Kulminatsiya haqida tushuncha


Voqealarning shiddatli rivojining va qarama-qarshilik bilan tо‘qnashuvining yuqori chо‘qqisi va hal qiluvchi lahzasi.

Asarning hal qiluvchi voqeasi.

Oliy maqsad sari keskin shiddatli harakatlar tizimi

Voqea va hodisalarning rivojlangan lahzasi



Yechim haqida tushuncha


Sujet bilan aloqador mantiqiy xulosa

Rivojlanuvchi bosqichdan sо‘ngi personaj va hodisalar о‘zgarishi

Voqealaring yakunlovchi, hal etuvchi oydinlashtiruvchi oxirgni jarayoni va uning mantiqiy taqdiri

Asar kulminatsiyasidan keyingi harakatning mantiqiy yakuni



Vaziyat haqida tushuncha


Voqealar zanjirining almashuvida yuzaga kelgan hodisa

Asardagi voqealar rivoji natijasida personajlarning ma’lum bir paytdagi о‘zaro munosabatlari

Og‘ir ahvolda qolgan qahramonning xatti-harakat tizimi

Sahnada sodir bо‘layotgan voqea



Ekspozitsiya haqida tushuncha


Badiiy asarning boshlang‘ich tasviri

Tushuncha olib keladigan voqea sharhi

Shart-sharoit va portret haqidagi bayon

Voqea va hodisalarning tasviri va talqini



Prolog haqida tushincha


Ekspozitsiya qismning kengaytirib sujetga ega bо‘lish jarayoni

Shart-sharoit va personajning kashfiyoti

Asarning hal qiluvchi tarkibiy qismi

Epik asarlarning rivojlanuvchi nuqtasi



Epilog haqida tushuncha


Asar yechimidagi asar voqeasini oydinlashtiruvchi muffasal tugallanishini anglatuvchi tasvir

Asar voqeasining alohida sharh bilan tasvirlanishi

Boshqa voqealardan berilgan shart-sharoitlari

Mustaqil bо‘lim tusini olgan talqin



Konflikt haqida tushuncha


Oqibati jiddiy kurashlarga olib keluvchi qarama-qarshilik xatti-harakatlari, bahs munozara va kelishmovchiliklar jarayoni

Muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik orasidagi tо‘qnashuv

Urushlarga olib keluvchi tо‘qnashuv

Ziddiyatga olib keluvchi omillar



Adabiy montaj tushunchasi


Tanlangan asarni ijrochilik uchun moslash jarayonida yagona maqsad uchun muvofiqlashtirish

Asarning ixchamlashishi uchun harakat

Adabiy matn talqindagi kuchaytiruvchi omillar

Matnni qisqartirish



Oliy maqsad haqida tushuncha


Muallif va ijrochining tomoshabinga taqdim qilmoqchi bо‘lgan asosiy fikr-niyat va xohishi

Ijrochining tomoshabinga qilmoqchi bо‘lgan muhim yangiligi

Tomoshabinga yetkazmoqchi bо‘lgan zaruriy ma’lumot

Asarning asosiy voqeasi



Asosiy voqea tushunchasi


Qahramonlarning oliy maqsadi va vazifasiga sabab bо‘luvchi qarama- qarshilik

Har bir adabiy asar yoki undan olingan adabiy matn bо‘lagining vujudga kelishi

Adabiy matndagi harakat faolligiga sabab bо‘luvchi kuch

Ijrochining emotsional imkoniyatini uyg‘otuvchi harakat mezonlari



Harakat haqida tushuncha


Oliy maqsad yo‘lidagi mantiqiy izchil vazifalar tizimi

Ichki kechinmaga turtki beruvchi voqeaning amalga oshirilishi

Sahnaning asosiy mag‘zini ochib beruvchi vazifaning amalga oshirilishi

Ijrochi xohish va irodasini yetaklovchi kuchi



Yetakchi xatti-harakat haqida tushuncha


Ijrochi yoki asar qahramonining oliy maqsadga erishmog‘i yо‘lidagi asosiy intilishi, bajarishi zarur va muqarrar bо‘lgan vazifalari

Ijobiy yoki salbiy qahramonlarning о‘zaro qarama-qarshiligi

San’at asarini oziqlantiruvchi manba’

Xohish, irodasi, hodisalarning mantiqiy tо‘qnashuvidan hosil bо‘ladigan manba



Janr va uslubiyatni aniqlash nimaga bog‘liq?

Avtorning dunyo va pyesa voqealariga munosabati

Rejissorning xohish-istagiga

Aktyorning qobiliyatiga

Teatrning estetik didiga



Berilgan shart-sharoit doiralari nechta?

3

4

5

7



Shart –sharoitlar doiralarining nomlanishi?

Kichik, о‘rta, katta

Yirik, о‘rta, katta

Mayda, kichik, katta

Aylanma, о‘rtacha



Kichik doiradagi shart-sharoit?

Ma’lum bir kichik sahnaning doirasidagi shart-sharoit

Personajga aloqador

Qahramonga aloqodor

Qarama – qarshilikka doir



О‘rta doiradagi shart-sharoit nimani qamrab oladi?

Pyesada berilgan shart-sharoit (fabula, sujet personajlarning о‘zaro munosabatlari va x.k.)

Siyosatni, ijtimoiy vaziyatni

Qahramonlar xarakterini

Konfliktni



Katta doiradagi shart-sharoit tushunchasi?

Davrning sotsial siyosiy shart-sharoitlari, turmush tarzlari va h.k

Pyesada berilgan shart-sharoit

Bugungi kunga aloqador shart-sharoit

Ijodkorga taalluqli shart-sharoit



Oliy-oliy maqsad tushunchasi?

Ijodkorning dunyoqarashi, asosiy prinsip va maqsadi

Teatrning maqsadi

Rejissorning maqsadi

Aktyorning maqsadi



Саҳнавий тўсқинлар? (препятствия)

Aktyor ijro etgan personajning maqsadga erishish yо‘lida uchraydigan qarama-qarshilik

Aktyorning kayfiyati

Rejissor muammolari

Teatr muammolari



Vazifa (aktyorlik san’atida)?

Aktyorning berilgan shart-sharoitda maqsad sayin xatti-harakati

Rejissorning aktyorga bergan topshirig‘i

Direktor topshirig‘i

Partnyor topshirig‘i



“ Агарда “ (“Если бы ...” К.С.Станиславский) ибораси ҳақида тушунча?

Aktyorning real shart-sharoitdan tassavurdagi shart-sharoitga о‘tish

Hayotiy haqiqatga о‘tish

Shart – sharoitlarni aniqlash

Maqsadni aniqlash



Aktyor fantaziyasi?

Aktyorning о‘zini noreal sharoitga moslash qobiliyati

Real hayotdan uzoqlashish

Rol atrofida о‘y-fikrlar

Real hayotga tatbiq etish



Ichki monolog, ichki sо‘z?

Aktyorning obrazda fikrlash jarayoni

Aktyorning о‘y-fikri

Personajga nisbatan fikr

Rejissorga nisbatan fikr



Mantiq va izchillik?

Xatti-harakat va fikrlarning uzluksiz mantiqan tо‘g‘ri bog‘lanib ketishi

Sahnadagi mantiqiy fizik harakat

Voqealarning mantig‘i

Harakatning bog‘lanishi



Voqea va hodisalar (fakt) haqida tushuncha. Ularning farqi.

Voqea: xatti-harakat va maqsadni о‘zgartirib yuboradi. Hodisa (fakt)- maqsadni о‘zgartimay xatti-harakatga ta’sir etadi

Voqea va hodisalar sahnaviy hayotga ta’sir о‘tkazmaydi

Xodisa -saxnani, voqea esa personaj taqdirini о‘zgartiradi

Xodisa-maqsadni, voqea esa xatti-harakatni о‘zgartiradi



Tahlilda sо‘z ustida ishlash nimani talab qiladi?

Sо‘z osti ma’no va xatti-harakatini topish

Sо‘z ohangini topish

Sо‘z yodlash

Sо‘z ta’sirchanligini ovoz va nutq orqali oshirish



Aktyorning rol’ ustida ishlashga qо‘yiladigan talablar?

Aktyor personaj timsolini tо‘laqonli yaratishi va ayni vaqtda tomoshabin tasavvurini qо‘zg‘atishiga imkon berishi kerak

Aktyor personaj xusussiyatlarini va xislatlarini tо‘laqonli ochib bermasligi kerak

Personaj haqidagi tо‘laqonli ma’lumot tomoshabin diqqatini sustlashtiradi

Aktyor personaj haqidagi ba’zi ma’lumotlarni sirligicha qoldirishi kerak.



Sh. Boshbekov “Temir xotin” pyesasining janri?

Tragikomediya

Drama

Komediya

Tragediya



Hamza “Boy ila xizmatchi” pyesasi janri?

Drama

Satira

Satirik komediya

Tragediya



A.P. Chexov “Olchazor” pyesasi janri?

Komediya

Drama

Tragediya

Lirik komediya



I. Sulton, Uyg‘un “Alisher Navoiy” pyesasi janri?

Drama

Tragediya

Satira

Tarixiy tragediya



E. Xushvaqtov “Chimildiq” pyesasi janri?

Tragikomediya

Lirik komediya

Drama

Komediya



Spektakl g‘oyasi va senografiya

Spektakl g‘oyasi senografiya yechimida aks etishi kerak

G‘oya va senografiya bir-biriga bog‘liq emas

Senografiya spektakl g‘oyasini о‘zg‘artirish kerak

Spektakl senografiyasiz ham yaratilishi mumkin



Shekspir “Romeo va Juletta” tragediyasida yetakchi xatti-harakat.

Sevgi uchun kurash

Qasos, intiqom

Ikki oilaning (Montekki va Kapuletti) yarashishga intilishi

Nizo



A. Avloniy “Advokatlik osonmi” pyesasining asosiy g‘oyasi?

Xalqning farovonligi ma’rifat va ma’naviyligiga bog‘liq

Ma’rifatsiz xalqning ustidan hukm chiqarish

G‘arb madaniyatini ulug‘lash

Sharq mentalitetini ulug‘lash



Shekspir “Gamlet” asarining g‘oyasi?

Al qasosu min al haq. Ilohiyatga javob berish muqarrar

Kuchlilar kuchsizlarni albatta yengib chiqadi

Kuch adolatda

Adolat yengib chiqishi qiyin

Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati:

Umumiy-uslubiy adabiyotlar:

1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat va yengilmas kuch. - T.: Ma’naviyat, 2008.

2. Karimov I.A. Ma’naviy yuksalish yо‘lida. - T.: Ma’naviyat, 2004.

3. Karimov I.A. Asarlar. 1 – 15 jild. – T.: О‘zbekiston, 1996 - 2002.



Asosiy darsliklar va о‘quv qо‘llanmalar:

CHOP ETILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI:

Mahmudov J., Mahmudova H. Rejissura asoslari. 2008.

Zufarov U. Sahna talqini va tahlil. 2007.

Usmonov R. Rejissura. 1997.

Захидова Н. Ташходжа Ходжаев. - Т.: Изд. Лит. и ис-во, 1980

Станиславский К.С. Собр. соч. В 8тт. Т. 2-3.

Станиславский К.С. Моя жизнь в искусстве. – М., 1933.

Станиславский К.С. Работа актёра над собой. М., Искусство, 1989.

Станиславский К.С. Статьи. Речи. Беседы. Письма. - М., 1953.

Станиславский К.С. Из записних книжек. Т. Т.1. М., 1986.

Горчаков Н. Режиссёрские уроки К.С. Станиславского. М., 1952.

Топорков О. Станиславский на репетиции. - М.-Л., 1949.

Товстоногов Г.А.Зеркало сцени. В 2тт. Л., 1980.

Товстоногов Г.А. Беседы с коллегами. М., 1988.

Брук П. Пустое пространство. М.,1975.

Поламишев А.М. Мастерство режиссёра: Действенный анализ пьеси. М., 1982.

Ершов П. Логика словесных и бессловесных действий. Т. 1 стр. 4

Лордкипанидзе Н. газета “Советская культура” 12 март. 1988 г.

Симонов П. Метод К.С.Станиславского и физиология эмоций. М., 1962

Выготский Л.С. Психология творчества. М., 1965.



Qо‘shimcha adabiyotlar:

ADABIYOTLAR RО‘YXATI /INTERNET/

Поламишев А.  Собитие - основа спектакля

Брук П.  Пустое пространство

Горчаков Н.  Режиссёрские уроки К.С.Станиславского

Кнебель М.  О действенном анализе пьеси и роли

Товстоногов Г.  Беседи с коллегами


Товстоногов Г.  Зеркало сцени 1
Товстоногов Г.   Зеркало сцени 2
Товстоногов Г.  Лекции. Принципи системы Станиславского
Товстоногов репетирует и учит

Эфрос А.  Профессия - режиссер

Поламишев А.  Собитие - основа спектакля. /ҳттп://www.криспен.народ.ру/

Кнебел М.  О действенном анализе пьеси и роли

Малочевская И.Б. Режиссёрские уроки Товстоногова ҳттп://www.криспен.народ.ру

Чехов М.. О технике актёра. /ҳттп://тиф.народ.ру/счоол/М.Чехов. ҳтмл # атмосфера# атмосфера

Шрайман В. Действенный анализ пьеси

ADRES:

http://www.krispen.narod.ru

http://www.odris.ru/analyz/analyz_1469.html




1 Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. Т.: Маънавият, 2008.

2 Н.Лордкипанидзе. газета “Советская культура” 12 март. 1988 г.

3 Г.Товстоногов «Беседы с коллегами». М., СТД, 1988г., стр.141.

4 Г.Товстоногов «Беседы с коллегами». М., СТД, 1988г., стр.49.

5 Станиславский К.С. Статьи. Речи. Беседы. Письма. - М., 1953 с. 336

6 Топорков О. Станиславский на репетиции. - М.-Л., 1949 с. 114

7 К.С.Станиславский «Работа актёра над собой». М., Искусство, 1989 г. Стр.437

8 Товстоногов Г.А. Беседы с коллегами. М., 1988.

9 Станиславский К.С. Собр. соч., т. 3, с. 302

10 Станиславский К.С. Из записных книжек. Т. Т.1. М., 1986. с. 208 - 209.

11 Станиславский К.С. Собр. соч., т. 8, 1961, с. 324 -325

12 Поламишев А.М. Мастерство режиссёра: Действенный анализ пьесы. М., 1982.

Кнебель М.  О действенном анализе пьесы и роли



Поламишев А.  Событие - основа спектакля. /http://www.krispen.narod.ru/

13  Малочевская И.Б. Режиссёрские уроки Товстоногова http://www.krispen.narod.ru

14 Н.Захидова «Ташходжа Ходжаев. - Т.: Изд. Лит. и Ис-во, 1980

15 Симонов П. Метод К.С.Станиславского и физиология эмоций. М., 1962

16 Л.С. Выготский “Психология творчества”. М., 1965.

17 П.Ершов. Логика словесных и бессловесных действий. Т. 1 стр. 4

18 Г. Товстоногов. Беседы с коллегами” М., СТД. 1988. Стр.55

19 Г.Товстоногов. Беседы с коллегами. М., СТД. 1988. С. 52

20 Г.Товстоногов. Беседы с коллегами. М., СТД. 1988. С. 52, 55.

21 М.Чехов. О технике актёра. /http://tif.narod.ru/school/M.Chekhov. html # atmosfera# atmosfera

22 Станиславский К.С. Моя жизнь в искусстве. – М., 1933 т.3. – С.92-93

23 К.С. Станиславский. Собр. Соч.: в 8-ми тт. - М., 1954-1961

24 П.Ершов «Логика словесных и бессловесных действий», т.1

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish