Corel Draw - vektorli grafikaning Windows operatsion sistemasida ishlaydigan tahrir qiluvchi dasturidir. Uning yordamida turli grafik ko‘rinishlarni loyihalash, foto, matn, tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa badiiy ko‘rinishdagi kompozitsiyalarni tahrir qilish bilan bog‘liq amallarni bajarish mumkin.
Oynaning ko‘rinishi quyidagicha:
Sarlavha satri
Menyular satri
Standart uskunalar paneli
Xossalar paneli
Vertikal va gorizontal lineyka
Vertikal uskunalar paneli
Sahifalar boshqaruvchisi
Holat satri
Hujjat sahifasi
Belgilangan obyekt
Ishchi sahifa
Ish sohasi
Prokrutka
Ranglar palitrasi
Sahifa ko‘rinishini o‘zgartirish. CorelDraw dasturida sahifa ko‘rinishini o‘zgartirish xossalar paneli orqali amalga oshiriladi. Odatda, ochilgan yangi sahifani boshqa ko‘rinishlarga o‘zgartirish uchun sahifa ko‘rinishini sozlashga mo‘ljallangan xossalar panelidan foydalanamiz. Uning tuzilishi va vazifalari quyidagicha:
Sahifa parametrini o‘zgartirish.
Sahifa o‘lchamlari.
Sahifa holatini o‘zgartirish .
Tanlangan holatni bitta sahifa uchun ishlatish.
Tanlangan holatni barcha sahifalar uchun ishlatish.
O‘lchov birliklari.
Kursor bilan siljish.
Hujjat nusxasigacha masofa.
Qo‘shimcha imkoniyatlar.
Ranglar palitrasi. Asosiy oynaning o‘ng qismida vertikal yo‘nalishda palitra joylashgan bo‘lib, kvadrat shaklidagi figuralar to‘plamidan tashkil topgan. Palitrada illyustrasiya uchun mo‘ljallangan ranglarni saqlash mumkin. Bu, o‘z navbatida, ranglar kamalagi minimumini saqlash va ulardan o‘z joyida foydalanish imkonyatini beradi
– Matn kiritish.
CorelDraw dasturi yaratuvchilari ikki xildagi matnli obyektlar bilan ishlash imkoniyatini berishgan. Artistik Text (Figurniy tekst) – shaklli matn. Bu matn turida asosan qisqa matnlar, sarlavhalarni har xil formatda yaratish mumkin. Paragraph Text (Prostoy tekst) – oddiy matn. Bu usul matn muharriri kabi bo‘lib, unda katta hajmli matnlar maqola, qaydlar yaratish va ularni tahrirlash ishlari amalga oshiriladi.
CorelDRAW dasturining yutuqlaridan ya`na biri bu matnlar bilan ishlash bo’ladi. Dasturda matnni har xil garniturada, ranglarda, keglda va shiriftlarda berish imkoniyati bor. Shirtftlarni sirtqi ko’rinishlarini bezashning cheksiz turlari bor
Qatlam deganimizda ob`yektlar joylashtiriladigan прозрачная tekisligi tushiniladi. Bu tekislikning barcha ob`yektlari bilan siljitish, o`chirish, ekranda ko’rsatish va bosmadan chiqarishsa bo’ladi. CorelDraw dasturida hujjatlarni yoritganda to`rtta qatlam bo’ladi: birinchi qatlam– tasvirlanadigan (Layer 1), ikkinchisi – (Master Grid) to`ri uchun, uchinchisi - (Master Guides) yo`nalish uchun va to`rtinchisi – «ish stoli » (Master Desktops) uchun.
Yangi qatlamlarni qo`shish ob`yektlar bilan ishlashda qiyinchilik tug`dirmaydi.
Har bir sahifadagi qatlamlar soni bir xil parametrlarda va bir xil nomda bo’ladi. Agarda qandaydir qatlam bitta sahifada ko`rinmas holiga kelib qolsa boshqa sahifalardagi qatlamlar ham ko`rinmas bo’ladi. Shu bilan birga barcha sahifada qatlamlarning joylashish tartibi ham birdan o`zgaradi
Do'stlaringiz bilan baham: |