Savol va topshiriqlar: Veb-serverlar haqida tushunchalaringizni izohlang.
Apache veb-serverining imkoniyatlarini gapirib bering.
Server Go serverlari afzalliklari nimada?
So’rovlarni nima va ular qanday marshrutlanadi?
4-Ma’ruza. DINAMIK SAYTLAR HOSIL QILISH
Reja: JavaScript tilining yaratilishi haqida.
Javascript tili haqida tushuncha, asosiy xususiyatlari.
JavaScript dasturlash tilining imkoniyatlari.
Javascriptda o‘zgaruvchilar haqida boshlang‘ich ma’lumotlar.
Javascriptda massiv haqida tushuncha va uning asosiy funksiyalari.
Tayanch so’zlar: JavaScript, Konteynerlar, Jscript, handler, entity, var, length, push, shift, unshift, pop. Webga, gipermatnli tizim sifatida, ikki xil nuqtai nazardan qarash mumkin. Birinchidan, o‘zaro gipermatnli o‘tishlar (ANCHOR konteyneri) vositasida bog‘langan tasvirlanishi kerak bo‘lgan sahifalar to’plami sifatida. Ikkinchidan, tasvirlanayotgan sahifalar (matn, grafika, uyali kod va hokazolar) ni tashkli qiluvchi elementar ma’lumot ob’ektlarining to‘plami sifatida. So‘nggi holatda sahifaning gipermatnli o‘tishlar to‘plami – bu matnga ichki qo‘yilgan rasm kabi ma’lumot bo‘lagi.
Ikkinchi yondashuvda gipermatnli tizim elementar ma’lumot ob’ektlari to‘plami uchun gipermatnli aloqalar rolini o‘ynovchi HTML-sahifalarning o‘zi tomonidan aniqlanadi. Bu yondashuv tayyor komponentalardan tasvirlanayotgan sahifalarni qurish nuqtai- nazaridan ancha serhosilroqdir.
Webda sahifalarni ayratishda “klient-server” arxitekturasi bilan bogliq muammo yuzaga chiqadi. Sahifalarni ham klient tomonida, ham server tomonida yaratish mumkin. 1995 yilda Netscape kompaniaysi muttaxasislari JavaScript dasturlash tilini ishlab chiqib, sahifalarni klient tomonida boshqarish mexanizmini yaratishdi. Shunday qilib, Javascript – bu Webni gipermatnli sahifalarini klient tomonida ko‘rish senariyalarini boshqarish tili. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsa, Javascript – bu na faqat klient tomonidagi dasturlash tili. Liveware Javascripttilining avlodi bo‘lib, Netscape serveri tomonida ishlovchi vosita bo‘ladi. Ammo Javascripttilini mashhur qilgan narsa bu klient tomonida dasturlashdir.