Saffot
←
36–sura
→
Fotir
Yosin surasi —
ﺲﻳ
ةرﻮﺳ
Suraning arabcha matni
Nomining ma
ʼnosi Yo, sin (harf)
[1][2]
Tasnifi
Makkiy sura
[3]
Statistika
Sahifasi
440–445
[4]
Juz
22-23
Sura raqami
36
Oyatlar soni
83
Sajda oyati
yo
ʻq
Ruku
ʼlar soni
5
[5]
Muqattaot harflari Yo, sin
[6]
So
ʻzlar soni
733
Harflar soni
2988
Nozil bo
ʻlish
tartibi
41
[7]
Arabcha matni
ar.wikisource.orgda
tanzil.netda (http://tan
zil.net/#36)
Tarjimalari
QuranAcademy.org
(http://uz.quranacade
my.org/quran/36)
quran.uzda (http://ww
w.quran.uz/tarjima/qu
ran/36)
Tilovat tartibi
Saffot surasi
36
Fotir surasi
Nozil bo
ʻ
lish tartibi
Furqon surasi
41
Jin surasi
Yosin surasi
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yosin surasi (arabcha:
ﺲﻳ ةرﻮﺳ, Yo Sin) — Qurʼonning 36-surasining nomi. 83 oyatdan iborat. Makkada nozil
bo
ʻlgan. Arabcha "yo" va "sin" harflaridan olingan. Ayrim mualliflar bu harflar arabcha "yo, inson" iborasining
qisqartirilgan shakli deb hisoblaydilar. Bu surada Qur
ʼonning muqaddas kitob sifatida Alloh tomonidan yuborilgani,
unda musulmonlar uchun to
ʻgʻri yoʻl koʻrsatilgani, Muhammadning paygʻambarligi, uning pandnasihatlariga amal
qilgan dindorlar oxiratda Alloh huzuriga qaytib borishi kabi islom dinining asosiy aqidaviy g
ʻoyalari ifodalangan.
Shuning uchun Yo. Qur
ʼonning eng koʻp oʻqiladigan suralaridan biri sanaladi [mas, kasal odam boshida (qarang
Chilyosin), janozada, ro
ʻza tutganda oʻqiladi. Bu sura yozilgan qogʻoz baʼzan tumor xizmatini bajaradi. Yosin surasi
mazmuni Muhammad (as) ta
ʼlimotining mohiyatini tashkil etadi. Muhammad (as) bu surani Qurʼonning "magʻzi" deb
hisoblaganligi haqida rivoyat bor.
[8]
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Yo, Sin.
2. (Ey, Muhammad, ushbu) hikmatli Qur
ʼonga qasamki,
3. haqiqatan, Siz payg
ʻambarlardandirsiz!
4. (Siz) To
ʻgʻri yoʻldadirsiz.
5. (Bu Qur
ʼon) qudratli va rahmli (Alloh)ning nozil qilgan (Kitob)idir,
6. toki ota-bobolari ogohlantirilmay, g
ʻofil boʻlib qolgan qavmni ogohlantirgaysiz.
7. Ularning ko
ʻplariga Soʻz (azob haqidagi hukm) muqarrar boʻlgandir. Bas, ular imon keltirmaslar.
8. Darhaqiqat, Biz ularning to iyaklarigacha kishanlarni solib qo
ʻydik, bas, ular kekkayuvchilardir.
9. Yana ularning oldilaridan bir to
ʻsiq (parda), ortlaridan bir toʻsiq (parda) qilib, ularni oʻrab qoʻydik. Bas ular „koʻra“
olmaslar.
Izoh: Bu oyat Abu Jahl Maxzumiy haqida nozil bo
ʻlgan. U Rasulullohni namoz oʻqiyotgan paytlarida boshlariga tosh
bilan urib majruh qilishga qasam ichgan bo
ʻlib, maqsadini amalga oshirmoqchi boʻlganida toshni koʻtarganicha
qo
ʻllari toshga yopishib qoladi. Sharmanda boʻlib oʻz qavmiga qaytib kelgach, boshqa biri „Bu ishni men
bajaraman“ — deb ravona bo
ʻlganida, Alloh taolo amri bilan uning koʻzi koʻr boʻlib qoladi.
10. (Ey, Muhammad,) Siz ularni ogohlantirdingizmi yoki ogohlantirmadingizmi — ularga barobardir - imon
keltirmaslar.
11. Siz faqat Zikr (Qur
ʼon)ga ergashgan va Rahmondan gʻoyibona qoʻrqqan kishilarnigina ogohlantira olursiz. Bas,
o
ʻshalarga magʻfirat va ulugʻ mukofot (jannat) xushxabarini bering!
12. Albatta, Biz o
ʻliklarni tiriltirurmiz va ularning qilgan amallarini hamda (qoldirgan) izlarini yozib qoʻyurmiz.
Barcha narsani Biz aniqlab beruvchi Imom (Lavhul-Mahfuz)da hisobga olganmiz.
13. (Ey, Muhammad,) Siz ularga qishloq (ahli)ni — u joyga elchilar kelgan paytini misol keltiring!
Izoh: Qishloqning nomi Antokiya bo
ʻlib, u Rum (hozirgi Italiya) ning qadimiy qishloqlaridan biridir.
14. O
ʻshanda Biz ularga ikkita (elchi)ni yuborganimizda (ular) ikkisini yolgʻonchiga chiqarishgach, uchinchi (elchi)
bilan quvvatlantirdik. Bas, (uchchala elchi Antokiya ahliga): „Haqiqatan, biz sizlarga (yuborilgan) elchilarmiz“, degan
edilar.
15. Ular: „Sizlar ham xuddi bizga o
ʻxshagan odamlarsiz. Rahmon (Alloh) biror narsa (vahiy) nozil qilgani yoʻq. Sizlar
faqat yolg
ʻon soʻzlamoqdasizlar“, — dedilar.
16. (Elchilar) aytdilar: „Rabbimiz bilurki, bizlar, albatta, sizlarga (yuborilgan) elchilardirmiz!
17. Bizlarning zimmamizda faqat (Allohning vahiysini sizlarga) aniq yetkazishgina bordir“.
18. (Ular) dedilar: „Bizlar sizlardan shumlanmoqdamiz. Qasamki, agar (da
ʼvatlaringizni) toʻxtatmasangizlar, sizlarni,
albatta, toshbo
ʻron qilurmiz va sizlarga biz tomondan alamli azob yetar“.
19. (Elchilar) aytdilar: „Shumlanishingiz o
ʻzlaringiz bilandir. Sizlarga nasihat qilinsa (shumlanasizlarmi)?! Yoʻq, sizlar haddan oshgan qavmdirsiz!“
20. (Shu payt) bir kishi shaharning ichkarisidan shoshgancha kelib, dedi: „Ey, qavmim, (bu) elchilarga ergashinglar!
21. O
ʻzlari hidoyatda boʻlgan va sizlardan haq soʻramaydigan zotlarga ergashinglar!“
Izoh: Bu taklifni xaloyiqqa aytgan kishi Habib ismli bir xudojuy duradgor bo
ʻlib, u shahar chetida yashar edi.