Yangi zamonaviy marshrutlar Yevropada va Amerikada dastlabki avtomobillar, poyezdlar va samolyotlar, bug‘ bilan suzadigan kemalar ixtiro qilingan XVII–XVIII asrlarga to‘g‘ri keladi.
O‘zgartirilgan marshrutlarni inson o‘zi uchun qulaylik, sharoit yaratadigan geografik relf shakllari o‘zgarganidan keyin o‘zgartiradi. Albatta, yangi yo‘l oldingisiga (eskisiga) qaraganda o‘zining xavfsizligi, qulayligi, harakatlar uchun ko‘plab sharoitlar, imkoniyatlar mavjudligi bilan ajralib turadi. O‘zgartirilgan marshrutlar ko‘pincha davlatlar o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy me’yorlarning buzilishidan kelib chiqadi. Xuddi shuningdek, davlat ichidagi marshrutlar yangi shaharlar qurilishi, boy tabiiy mineral resurslarning ochilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Sanoat ob’ektlarining markazlashuvi, arxeologik topilmalar va tabiat qo‘riqxonalarining tashkil qilinishi ham ko‘pincha yangi marshrutlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
O‘zgarmaydigan marshrutlar – barcha yo‘llar Rimga olib boradi shiorida bo‘ladi va asosan dunyoning qadimiy – tarixiy obidalari, diniy rahnomalar dafn etilgan joylar, tabiatning noyob haykallari joylashgan manzillar bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, Misrdagi piramidalar, Xitoy, Hindiston, Tailanddagi qadimiy, toshdan qurilgan ibodatxonalar, Makka, Madina, Quddus, Buxoro, Samarqand, Xiva, Vatikan kabi shaharlarga, tabiat haykallari, Niagara sharsharasiga, g‘orlar, buloqlar, tog‘larga boriladigan marshrutlar o‘zgarmaydi. Shaharlar, davlatlar o‘rtasidagi temir yo‘l, havo yo‘li, avtomobil yo‘llari marshrutlari ham deyarli o‘zgarmaydi. «Buyuk Xitoy devori» bo‘ylab o‘tgan marshrut ham bu devor to yo‘qolib ketguncha harakatda bo‘ladi, o‘zgarmaydi.
Tiklanadigan marshrutlar. Bunday marshrutlar asosan qadimiy marshrutlar bo‘lib asrlar o‘tishi va ilmiy-texnika taraqqiyoti, marshrutda transport turlarining o‘zgarishi tufayli dastlabki ahamiyatini yo‘qotgan marshrutlar hisoblanadi. Masalan: Eramizdan oldingi II-III asrlarda mashhur bo‘lgan, asosan tuya karvonlari bilan harakatlanadigan «Buyuk ipak yo‘li» marshrutini tiklash uchun xalqaro harakatlar boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1995-yil 2-iyunda «Buyuk ipak yo‘li»ni qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasi ishtirokini avj oldirish va Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon asosida «Buyuk ipak yo‘li» marshrutini tiklash masalasi qadimiy yo‘l marshruti aniqlanib, zamonaviy avtomagistral yoki zamonaviy temir yo‘l transporti tarmoqlariga aylanishi ham ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga tuya karvonlari marshrutini ekzotik turizmni rivojlantirish uchun qisqa masofalarda ham tashkil qilish rejasi ishlab chiqilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |