O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
“Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi”
ta’lim yo‘nalishi IV bosqich 218-guruh talabasi
SADULLOYEVA SHAHLONING
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan
" O'QUVCHILAR BILIM SIFATINI OSHIRISH VA SINFDA INTIZOMNI MUSTAHKAMLASH"
mavzusida yozgan
KURS ISHI
Termiz 2022
MUNDARIJA:
KIRISH.........................................................................................................................3
I. BOB. SINF RAXBARINING O'QUVCHILAR BILIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH.............................................................................................................................5
1.1. Sinf raxbari o'quvchini tabiiy hayol va ish faoliyati sharoitida o'rganish.................5
1.2. O'quvchilaring o'quv faoliyati samaradorligini oshirish borasida sinf rahbari olib boradigan ishlar............................................................................................................1
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI 44
Asosiy adabiyotlar. 44
II.BOB.TARBIYAVIY ISHLARNI AMALGA OSHIRISHDA SINF RAXBARINING PEDAGOGIK MAHORATI.......................................................15
2.1. Sinf rahbarining o'quvchilar bilimini nazorat qilish faoliyati................................... 15
2.2. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning ilmiy va nazariy asoslari...30
XULOSA.....................................................................................................................42
ADABIYOTLAR RO'YXATI...................................................................................43
KIRISH
Sinf rahbari tajriba orttirgan sari ancha murakkab masalalar bilan qiziqa boshlaydi. Uni sinfdagi ishlar qanchalik muvaffaqiyatli o‘tgani emas, balki ular o‘quvchilarga qanday ta’sir ko‘rsatgani, sinfning ijtimoiy foydali ishlarda ishtirok etishi emas, balki ishtirok etish sabablari qiziqtiradi.
Shuni nazarda tutish kerakki, sinf rahbari o‘z sinf jamoasi oldiga qo‘yadigan aniq tarbiyaviy vazifalari dastlabki vaqtlarda uncha murakkab bo‘lmasligi mumkin. Masalan, sinf rahbari sinfga kelgandan so‘ng deyarli hamma o‘quvchilar yaxshi ishlashini, lekin ularning bir-biri bilan aloqasi yo‘qligini aniqladi. Bunday sinfda shunday bir ish topish kerakki, bu ish hamma o‘quvchilarni yagona maqsadga olib borsin. Bolalarga bu vazifa – maktab hovlisida hashar o‘tkazib, ekinlarni parvarishlash topshiriladi. O‘z mazmuniga ko‘ra juda oddiy bo‘lgan bu topshiriq o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otadi, uni tezroq bajarish ishtiyoqini hosil qiladi.
«Pedagogik mahorat» tushunchasi murakkab bo‘libquyidagi komponentlardan (tarkibiy qismlardan) iborat.
I - O‘qituvchining shaxsi va uning kasb faoliyatiga ijobiy munosabati;
II - kasbga oid bilimlar;
III – kasbiy faoliyatiga oid qabiliyatlar; ko‘nikma va malakalar;
IV - kasbiy ijodkorlik.
Ushbu qobiliyatlar pedagogning asosiy funksiyalarga mos keladi.
“Biz yurtimizda qanday islohotlarga qo‘l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g‘ayratingiz, azmu shijoatingizga suyanamiz”1 - deb O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev yoshlarga katta ishonch bildirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |