Sa’dullo Quronov galaktikada bir kun (ilmiy-fantastik qissa) Toshkent «Akademnashr»



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/46
Sana30.12.2021
Hajmi1,21 Mb.
#87285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
Галактикада-бир-кун внутр

KOINOT QAROQCHILARINING
KEMASIDA
Koinotning Quyosh tizimidan bir yorug‘lik yili uzoqligidagi 
joyida qaroqchi gikslarning judayam bahaybat, taxminan Oy 
hajmidek keladigan kemasi uchib yurardi. Aslida, bu kemani 
gikslarning yagona qarorgohi – vatani deyish ham mumkin. 
Chunki bundan ming yil oldin Giks sayyorasi «Katta atom-
lar  urushi»  vaqtida  butunlay  yo‘q  bo‘lib  ketgan.  O‘shanda 
Giks sayyorasining aholisi o‘zaro nizo tufayli 100 yilga yaqin 
urush qilgan va bu urush oxir-oqibat davlatlarning yadroviy 
qurollarni ishlatishigacha yetib borgan. Shu tariqa gikslar o‘z 
sayyorasini o‘zlari halok qilishgan. Urushda omon qolganlar 
esa ulkan kema yaratib, sayyorani tark etgan. Mana, ming 
yildirki, gikslar qaroqchilik orqasidan kun ko‘rib kelishadi.
Ayni damda kemada qirq millionga yaqin tish-tirnog‘iga-
cha qurollangan qaroqchilar ko‘zi qonga to‘lganicha yangi 
hujumlarni kutib o‘tirishibdi. Ularga qolsa har kuni, har so-
niyada jang bo‘lsa, galaktika xalqlarini qirg‘in qilishsa. Bo‘yi 
ikki yarim metr, og‘irligi esa uch yuz kilogramm keladigan 
bu maxluqlar juda ham qo‘rqinchli edi. Ular egniga doim 
qora libos va zirhlar kiyib yurishar, yuzlarini esa qo‘rqinchli 
niqob bilan yashirishardi.
Bugun qaroqchilarning kattasi general Obma uchun ju-
dayam muhim kun. Chunki Obma bugun o‘z to‘dalaridan 


18
biri  mashhur  Salmir  sayyorasiga  tegishli  yulduzlararo 
uchar kemani qo‘lga olgani haqida eshitdi. U bundan ju-
dayam xursand bo‘ldi. Chunki endi uning qo‘shinida ham 
tezkor yulduzlararo uchar kema bo‘ladi. Bunday kema bi-
lan  bir  yulduzdan  yaqinroq  bo‘lgan  ikkinchi  yulduzga  10 
– 20 kunda yetib borish mumkin. Har qalay, bu o‘zining yul-
duzdan yulduzgacha 3-4 oy uchadigan kemasidan an cha 
yaxshi  edi-da.  Bundan  tashqari,  Obma  salmirlik  olimlar 
abadiy energiya generatorini ixtiro qilishgani haqida ham 
eshitgandi.  Ko‘pchilik  bu  generatorni  afsona  desa  ham, 
negadir Obma uning borligiga ishonadi. Qo‘mondon ana 
shunday  xayollar  bilan  boshqaruv  kabinasida  yurarkan, 
mulozimlardan biri uning yoniga shoshib kirib keldi.
– Qo‘ling qayrilmasin, general (gikslar shunday salom-
lashishadi.  Chunki  ular  uchun  eng  og‘ir  jazo  bu  asirga 
tushib,  qo‘li  orqaga  qayrilish  edi),  senga  xushxabar  bor! 
– dedi mulozim.
– Tezroq gapir!
– Salmirlarning kemasini olib kelishdi.
– Juda soz! – xursand bo‘lib ketdi Obma. – Kemadagi 
fazogirlar orasida olimlari ham bo‘lsa kerak. Ularni tezda 
so‘roqqa tut. Quyosh tizimiga nima maqsadda kelishganini 
aniqla. Agar gapirishmasa, qiynoqqa sol!
– Xo‘p bo‘ladi.
Generalidan  buyruq  olgan  mulozim  yugurib  xonadan 
chiqib ketdi.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish