Karamni 30-40 kg li konteynerlarda saqlash tartibi Karamni teshikli polietilen qoplarda xam saqlash yaxish natija beradi. Karam omborga joylangandan keyin ombor harorati asta-sekin 0-1°S ga tushiriladi. Bunday harorat karamni uzoq vaqt saqlash uchun qulay hisoblanadi. Karamning kurtagi -1°S dan past haroratda zararlanadi va mahsulotning sifati keskin buziladi. Karamni saqlashda havoning namligi 90-95% bo‟lishi uni uzoq muddat saklashni ta‟minlaydi. Quruq muhitda saqlash karamdan ko‟p suv bug‟lanishiga olib keladi va natijada barglari qurib qoladi. Karamni saqlashda gaz muhiti ham muhim hisoblanadi. Karam saqlanadigan joylarda karbonat angidridning konsentrasiyasi 2-3% dan oshmagan bo‟lishi shart.