O‘ta yorug‘sevar: qovun, tarvuz, qovoq, bamiya, batat, pomidor, qalampir va
baqlajonlar eng yorug‘sevar o‘simliklar hisoblanadi. Bular uchun kun uzunligi 9-10
soat bo‘lsa 30-40 ming lyuks yorug‘lik darajasi optimal bo‘lib, 6 ming lyuksda
o‘simlik gullashi mumkin.
O‘rta yorug‘sevar: oqbosh, xitoy, pekin gulkaramlari hamda sabzi, petrushka,
selderey, piyoz, sarimsoq, salat, ismaloq, no‘xatlar yorug‘likka ehtiyoji kamroq
bo‘ladi. Bu ekinlar uchun kun uzunligi 8-9 soat, yorug‘lik kuchi 20-30 ming lyuks
bo‘lishi maksimal, 5 ming lyuks bo‘lishi esa minimal hisoblanadi. YOrug‘lik kuchi
2400 lyuks bo‘lganda bodring, 1100 lyuks bo‘lganda esa loviya gullashi mumkin.
Ildizmevasi, ildizi, piyoz boshchasi tarkibidagi oziq moddalar hisobiga bargli
hosil beradigan petrushka, selderey, piyoz va sarimsoq kabi sabzavotlar yorug‘likka
eng kam talabchan hisoblanadi. Bu o‘simliklarning barra mahsuloti Uchun kun
uzunligi 5-6 soat va yorug‘lik kuchining jadalligi 0,5-2 ming lyuks bo‘lishi etarli
hisoblanadi.
Ayrim o‘simliklar qorong‘ulikda tez o‘sadi, yorug‘lik esa ularning o‘sishini
sekinlashtiradi. Masalan, rovoch, tsikoriy va sparja qorong‘i joyda yetishtiriladi.
Pishib etilmagan bryussel karami va gulkaramlarni qorong‘i joyda to‘liq etiltirish
mumkin. SHampinion va qo‘zqorinlar yorug‘likka umuman zaruriyat sezmaydi.
Markaziy Osiyoda yoz faslida yorug‘lik kuchi 60 ming lyuksga etadi. O‘rta
kengliklarda qish faslining bulutsiz kunlarida yorug‘lik jadalligi 5 ming lyuksdan
oshmaydi, bu ko‘rsatkich issiqxonalarda ochiq maydondagiga nisbatan bir yarim –
ikki barobar kamdir.
O‘sish va rivojlanish bosqichlarida sabzavot o‘simliklari yorug‘likka nisbatan
turlicha munosabatda bo‘ladi. Urug‘lar una boshlashda yorug‘likni talab etmaydi,
ammo nihollarning hosil bo‘lishi davrida quyosh nuri ko‘p talab etiladi. Bu davrda
yorug‘lik yetishmasligi nihollar nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. YOrug‘lik
yetishmagan sharoitda o‘simliklar bir necha dona chinbarglarini hosil qilishi mumkin,
lekin bu holat, o‘z navbatida, o‘simlikni kuchsizlantiradi. Generativ organlar hosil
bo‘lishi davrida o‘simliklar yorug‘likni etarli bo‘lishini talab etadi. Agar bu davrda
yorug‘lik yetishmasa g‘uncha, gul va hosil bo‘lgan mayda mevalar (tugunchalar)
to‘kila boshlaydi, yorug‘likka talabi susayadi. Chunki shakllangan organlar
o‘simlikning barg, poya va ildiz qismlaridagi organik birikmalar hisobiga etilib
qoladi. Gulkaram hosili shakllanayotgan paytda yorug‘lik unga salbiy ta’sir etadi
karamboshchasi qo‘ng‘ir ko‘kimtir rangga kirib, iste’molga yaroqsiz bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |