Havo muhitini ifloslantiruvchilar. Atmosfera asosan tabiiy va sun’iy
manbalardan ifloslanadi. Tabiiylarga quyidagilar kiradi: vulqonlar otilish paytlarida
oltingugurt angidridi, vodorod sulfidi, karbonat angidrid gazi, ftor va xlor birikmalar;
tinchlanish davrlarida esa oltingugurtli angidrid, vodorod sulfidi, metan, karbonat
angidridi ajralib chiqadi; geyzer (o‘ktin-o‘ktin otilib turuvchi vulqon)lar, boshqa
geotermal manbalar va ular asosida ishlayotgan elektrostantsiyalar; o‘rmonlar va
cho‘llardagi yong‘inlar; po‘rtana shamollaridan osmonga ko‘tariluvchi xlorid va
sulfatlarga to‘yingan dengiz suvi tomchilari; changli bo‘ron ko‘targan qattiq tuproq
zarrachalari. Atmosferada vujudga kelib, kislotali yomg‘irlar shaklida pastga
tushuvchi suyuq va quyuq aerozolli zarrachalar. Biroq, aytish kerakki tabiat
manbalarining atmosferani ifloslantirishdagi o‘rni unchalik katta emas.
Turli gazlar va aerozollar chiqarib, atmosferani ifloslantiruvchilar asosan sanoat
korxonalari va avtotransportlardir. Barcha ifloslantirishning 60% shular hisobiga
to‘g‘ri keladi. Dunyo miqyosida har yili atmosferani ifloslantiruvchi moddalar
miqdori 300 mln tonnani tashkil etadi. Atmosferada fotokimyoviy oksidlanishlar:
ya’ni oltingugurt gazi va azot oksididagi azon hisobiga sul’fat kislotasining hosil
bo‘lishi natijasida ikkilamchi ifloslanish vujudga keladi. Azotning uglevodlar bilan
o‘zaro bog‘lanishi tufayli organik peroksidlar, kislotalar va boshqa birikmalar hosil
bo‘ladi. Mazkur ro‘yxatdagi eng kuchli ifloslantiruvchilardan biri peroksilatsetilnitrat
(PAN) bo‘lib, u azon va boshqa oksidlanuvchilardan to‘planish xususiyatiga ko‘ra
farqlanadi. Oksidlanuvchilar aralashmasi (azon, azot oksidi), PAN va uglevodlar
fotokimyoviy tuman (tutun, qurum va boshqa aralashmalardan iborat zaharlangan
havo) hosil qiladi.
Ifloslantiruvchilar sabzavot ekinlaridagi xloroplastlarni emirib, fotosintezni
qurshovga oladi, o‘sish va meva tsiyasi yuqori va ta’sir yetishi davomli bo‘lsa
o‘simliklarni butunlay nobud qiladi.
Ozonning 0,0005-0,0002% li kontsentratsiyasi 2-4 soat davomida ta’sir yetishi
ko‘pchilik sabzavot ekinlarini zararlaydi.
Is gazi (uglerod oksidi SO) xlorofilni emiradi, o‘sish va mevalar tugilishini
susaytiradi (ingibitorlik qiladi), o‘simlik nafas olishini qurshovga oladi. Kichikroq
kontsentratsiyalarda havaskor sabzavotkorlar tomonidan bodringning urg‘ochi
(onalik) gullarini ko‘paytirishda qo‘llanadi. Ijozatli kontsentratsiyasi 1 g/m3 atrofida
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |