1. boshlang‘ich tanglik – hayotiy jarayonlarning to‘satdan susayishi;
2. adaptatsiya – o‘simliklar hayotiy jarayonlarining tanglik tomon moslashuvga
siljishi;
3. ishonch manbalarining tugallanishi.
O‘simliklar turlari va navlari tashqi muhit omillariga munosabatiga (chidamlik
doiralari) ko‘ra: evri – keng miqyosli va stenoform – tor miqyoslilarga bo‘linadi.
Harorat munosabatiga nisbatan bu evri haroratli va steno haroratli, suv munosabatiga
ko‘ra – evrigidrik va stenogidrik, sho‘rlanishiga nisbatan – evrigalin va stenogalinlar
bilan farqlanadi.
Adabiyot va amaliyotda ko‘pincha talabchanlik va bardoshlik tushunchalarida
yanglishmovchiliklar kuzatiladi. Masalan, issiqtalab va sovuqqa bardoshlilik ekinlar
va navlar ustida fikr yuritilganda sovuqbardosh nav o‘z xususiyatiga ko‘ra issiqtalab,
sovuqbardoshligi kamroqlarning esa issiq talabchanliklari ham kamroq bo‘lishi
mumkinligini nazarda tutmaydilar. Sabzavot ekinlaridan yuqori hosil olish o‘simlik,
tashqi muhit omillari va inson faoliyatining dialektik birliklari tufayligina amalga
oshadi. Ilmiy sabzavotchilikning asoschisi V.I. Edelshteynning ko‘rsatishicha,
agrotexnikaning o‘zi biologiyasiz – ojiz, mexanizatsiyasiz – jonsiz bo‘lib, u doim
beshafqat iqtisodiyotga bo‘ysunadi.
Sabzavotchilikda ikkita yo‘nalishni amalga oshirishga doim harakat qilingan:
biri – tashqi muhitni o‘simliklar talablariga muvofiqlashtirish, ikkinchisi –
o‘simliklarni shu mavjud muhit sharoitiga moslashtirish.
Birinchi yo‘nalish ishlab chiqarishni zonalashtirish, ekinlarga tegishli
mintaqalarni, ekish muddatlarini, yetishtirish usullarini aniqlash va tashqi muhit
sharoitlarini sozlashga oid choratadbirlar majmuini qo‘llash, hattoki, xo‘jalikni
yuritish va ishlab chiqarishni nazorat qilish (himoyalangan joylarda) ishlarini amalga
oshirishdir.
Ikkinchi yo‘nalish, ya’ni o‘simliklarni tashqi muhit sharoitlariga moslashtirishga
bevosita va bilvosita ta’sir etuvchi usullarni qo‘llash bilan adaptatsiya darajasini
kuchaytirishga tasodifiy noqulaylik holatlariga chidamliligini oshirish orqali
erishiladi.
Shunday qilib, u yoki bu usullarni qo‘llash orqali tashqi muhitni o‘simliklar
talabiga moslashtirish mumkin, Agar qulaylik holatlarini ma’lum ekin talabiga
yaqinlashtirilsa, sabzavot hosili va uning sifati yuqori bo‘ladi. Tashqi muhit
sharoitlari, omillari o‘simliklar talabidan qanchalik yiroqlashsa, mahsulot hajmi va
sifat ko‘rsatkichi shunchalik pasayadi. Mahsulot yetishtirish texnologiyasining
vazifasi tashqi muhit omillarini o‘simliklar talabiga maksimal darajada moslashtirish
yo‘llarini aniqlash va qo‘llashdir. Buning uchun har qaysi iqlim va tuproq
sharoitlariga o‘simliklar munosabati va talabini anglovchi chuqur bilim zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |