F SG va LG nins ta ’sir mexanizmi va biologik effekti. LG
va FSG gonadotrop gormonlari tuxumdon va urug donlardagi
o‘zlarining nishon-hujayralari membranasi yuzasidagi retseptorlar
bilan bog‘ lanadi va adenilatsiklaza tizim ini faollashtiradi. Hosil
bo‘lgan sAMF proteinkinaza A ni faollashtirib, LG va FSGning
ta’sir samarasini yuzaga chiqaradigan boshqa oqsillami fosforillaydi.
Ayollarda lyuteinlovchi gormon sariq tañada progesteion
sintezini, erkaklarda esa L eydig interstitsial hujayralari tomonidan
testosteron sintezlanishini stim ullaydi. FSG ayollar tuxumdonlarida
follikul yetilishini va estrogenlar sintezini, erkaklarda esa Sertoli
hujayralariga ta’sir qilib, spermatogenez jarayonini stimullaydi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |