Sabirov Javlonbekning "Matematik dasturlash"



Download 319,99 Kb.
Sana16.11.2022
Hajmi319,99 Kb.
#867131
Bog'liq
Matematik dasturlash faniga kirish

    Bu sahifa navigatsiya:
  • REJA

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
 
 
3 kurs Iqtisodiyot 204-guruh talabasi
Sabirov Javlonbekning
“Matematik dasturlash”
fanidan tayyorlagan
TAQDIMOTI

Matematik dasturlash faniga kirish

REJA:

REJA:

1. Matematik dasturlash fanining dastlabki tushunchalari.

2. Matematik dasturlash fanining iqtisodiyotdagi roli.

3. Matematik dasturlash fani nima bilan shug‘ullanadi?


Tayanch iboralar:
Dasturlash, chiziqli dasturlash, model, modellashtirish, matematik model, iqtisodiy matematik model, chegaraviy shartlar, maqsad funksiyasi.
Matematik dasturlash fani - xo‘jalikni ratsional boshqarish prinsipini o‘rgatadi.
Bu yerda dasturlash so‘zi qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida bajariladigan ishlar rejasini anglatadi. 
Matematik dasturlashga iqtisodiyotdagi ekstremal masalalarni o‘rganuvchi va ularni yechish usullarini yaratuvchi matematika-ning bir yo‘nalishi deb qarash odat tusiga kirgan.
Matematika nuqtai nazaridan o‘zgaruvchilarga maʼlum (chiziqli yoki chiziqsiz) cheklanmalar qo‘yilgan ko‘p o‘lchovli funksiyaning maksimum va minimumini topish masalasi umumiy nom bilan matematik dasturlash masalasi deb ataladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, matematik dasturlash chiziqli va chiziqsiz tengliklar va tengsizliklar bilan berilgan to‘plamlarda aniqlangan ko‘p o‘lchovli funksiyalarning maksimum va minimum qiymatlarini topish nazariyasi va usullarini o‘rgatadi. Maksimumi va minimumi qidirilayotgan funksiya maqsad funksiyasi deb ataladi.
Nomaʼlumlarga qo‘yilgan cheklamalar chiziqli va chiziqsiz tenglik va tengsizliklar sistemasidan iborat bo‘lib, ular boshqaruvchi o‘zgaruvchilarning mumkin bo‘lgan qiymatlar sohasini (maqsad funksiyaning aniqlanish sohasini) ifodalaydilar.
O‘rganilayotgan iqtisodiy jarayonlarning asosiy xossalarini matematik munosabatlar yordamida tasvirlash tegishli iqtisodiy jarayonning matematik modelini qurish deyiladi.
Iqtisodiy jarayonning birinchi modeli fransuz olimi Fransua Kene (1694-1774) tomonidan yaratilgan. U 1758 yilda «Iqtisodiy jadval», 1766 yilda «Arifmetik formula» nomli asarlarini chop etgan.
F.Kene o‘z asarlarida jamiyatda takror ishlab chiqarishning asosiy bosqichlarini matematik model shaklida ifodalagan.

O‘rganilayotgan iqtisodiy jarayonlarning asosiy xossalarini matematik munosabatlar yordamida tasvirlash tegishli iqtisodiy jarayonning matematik modelini qurish deyiladi.

O‘rganilayotgan iqtisodiy jarayonlarning asosiy xossalarini matematik munosabatlar yordamida tasvirlash tegishli iqtisodiy jarayonning matematik modelini qurish deyiladi.


Iqtisodiy jarayonning birinchi modeli fransuz olimi Fransua Kene (1694-1774) tomonidan yaratilgan. U 1758 yilda «Iqtisodiy jadval», 1766 yilda «Arifmetik formula» nomli asarlarini chop etgan.
2. Matematik dasturlash fanining iqtisodiyotdagi roli
Inson faoliyatining turli sohalarida shunday holatlar bo‘ladiki, mavjud bo‘lgan bir necha variantlar ichidan birini tanlashga to‘g‘ri keladi. Agar variant yagona bo‘lsa, shubhasiz o‘sha tanlanadi. Biroq variantlar ko‘p bo‘lsa, ularning ixtiyoriysi tanlanmaydi, balki maʼlum maʼnoda eng yaxshisi, eng samaralisini tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Odatda, bunday variantlar optimal deb ataladi.
Optimal so‘zi aslida lotincha bo‘lib, eng yaxshi (mavjud imkoniyatlar doirasida undan yaxshisi yo‘q) eng maʼqul, eng samarali kabi maʼnoni anglatadi.
Matematik dasturlash fani iqtisodiy masalalarning matematik modelini tuzish, tuzilgan matematik modelning optimal yechimini topish va topilgan yechimni iqtisodiy tahlil etish bilan shug‘ullanadi.
Matematik dasturlash fani oliy matematika elementlari, chiziqli algebra va geometriyaning ko‘plab tasdiq va natijalariga tayanadi. Ayniqsa, chiziqli funksiya, chiziqli tenglik va tengsizliklar hamda ularning xossalaridan keng ko‘lamda foydalaniladi. Shu tufayli ularning ayrim xossa va xususiyatlarini eslatib o‘tish o‘rinlidir.
x1, x2, ..., xn nomaʼlumlarga nisbatan chiziqli bo‘lgan, yaʼni nomaʼlumlar faqat o‘zining birinchi darajasi bilan qatnashgan
z=c1x1+c2x2+...cnxn
ko‘rinishdagi funksiya chiziqli funksiya deb ataladi. Bu yerda c1, c2, ... cn - berilgan o‘zgarmas, haqiqiy sonlardir.
Shuningdek, c1x1+c2x2+...+cnxn=k  munosabat chiziqli tenglik c1x1+c2x2+...+cnxn < k munosabat esa chiziqli tengsizlik deb ataladi.
Bu yerda k-tayin o‘zgarmas son.
3. Matematik dasturlash fani nima bilan shug‘ullanadi?
Bu tajribani o‘ziga xos shakli bo‘lib, u obyektni uning modelida tadqiqot qilishdan iboratdir. Modellashtirishning qisqa klassifikatsiyasi bo‘yicha fizik modellashtirish va matematik modellashtirishga ajratish mumkin.
Model:
O‘rganilayotgan obyektning, jarayonning yoki hodisaning muxim hususiyatlarini, hossalarini aks ettiruvchi yordamchi obyekt.
Iqtisodiy – matematik model.
Iqtisodiy jarayon yoki obyektni tadqiq etish va boshqarish maqsadida amalga oshirilgan matematik ifodasi bo‘lib, yechilayotgan iqtisodiy masalaning matematik yozuvini bildiradi.
Xulosa qilib ayrish mumkinki, matematik dasturlash fani iqtisodiy masalalarning matematik modelini tuzish, tuzilgan matematik modelning optimal yechimini topish va topilgan yechimni iqtisodiy tahlil etish bilan shug‘ullanadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 319,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish