Detallarning yassi sirtlariga randalash va o‘iish usulida ishlov berish. Randalash bo‘ylama randalash va ko‘ndalang randalash dastgohlarida amalga oshiriladi. Bo‘ylama randalash dastgohlarida randalashda stolga mahkamlangan ishlov beriladigan detalg ilgarilanma-qaytma harakatlanadi; ko‘ndalaig yo‘nalish bo‘yicha surish (ko‘ndalang surish) keskichli supportni siljitish orqali amalga oshiriladi, keskichli supportning siljishi uzlukli bo‘lib, u har bir ishchi yurishidan so‘ng siljiydi. Stolning ishchi yurishida qirindi ko‘chiriladi, stol orqaga ishchi yurish tezligidan 2-3 marta katta tezlikda qaytadi, shunga qaramasdan stolning orqaga bo‘sh qaytishidagi vaqt hisobiga randalash usulining boshqa usullarga (masalan, frezalash) qaraganda kam unumli bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
YAssi sirtni randalash sxemasi 11.1-rasmda ko‘rsatilgan.
11.1-rasm. YAssi sirtni randalash sxemasi
Ko‘ndalang randalash dasttohlarida polzunli supportga mahkamlangan keskich ilgarilanma-qaytma harakat qiladi. Dastgohning stoliga o‘rnatilgan ishlov beriladigan detalg ko‘ndalang yo‘nalish bo‘yicha har bir ishchi yurishdan so‘ng uzlukli siljiydi.
Bo‘ylama randalash va ko‘ndalang randalash dastgohlari universal, boshqarish sodda bo‘lganligi, yetarli darajadagi aniqlikda ishlov berish va frezalash dastgohiga nisbatan past narxga ega bo‘lganliklari uchun yakka tar-tibli, mayda va o‘rta seriyali ishlab chiqarishlarda keng qo‘llaniladi.
Randalash dastgohlari sinfiga- kiruvchi o‘yuvchi dastgohlarni o‘ygichga mahkamlangan keskich vertikal tekislikda ilgarlanma-qaytma harakat qiladi.
Stolga mahkamlangan ishlov beriladigan detalg gorizontal tekislikdagi o‘zaro perpendikulyar yo‘nalish bo‘yicha surilish harakatiga ega.
Uyuvchi dastgohlar yakka tartabli ishlab chiqarishda teshiklardagi shponka ariqchalarini hosil qilish uchun hamda teshiklarni kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak va boshqa shakllarini hosil qilish uchun ishlatiladi.
Seriyali va yalpi ishlab chiqarishda bu ishlarni amalga oshirish uchun sidirish dastgohlari qo‘llaniladi.
Bo‘ylama randalash dasttohlarida asosiy vaqt quyidagi formula yordamida aniqdanadi:
t = (b + b1 + b2 )i [ мин]
a n S
(11.1)
n = и.ю 1000
L( l + m)
(11. 2)
L = l1 + l2 + l3
[mm] ga teng bo‘lib, ,
l1 — randalanadigan sirt uzunligi, l2
ishchi yurishi boshlanishidagi keskichidan ishlov beriladigan sirtgacha bo‘lgan masofasi,
l3 —
keskichning ishchi yurishi gugaganidan keyin keskichdan ishlov berilgan sirtgacha bo‘lgan masofa, t — stolning ishchi yurishi tezligi bi-lan bo‘sh yurishi tezligi o‘rtasidagi nisbati.
(11.1) formulaga (11.2) formuladagi p qiymatini qo‘ysak, quyidagini olamiz:
Ko‘ndalang randalash dastgohida ham asosiy vaqt (11 .1) formula yordamida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |