.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, san’at turlari orasiga muntazam chegara
chiziqlarini tortish, muayyaan san’at asaridan ayanan shu san’atgagina xos
spetsifik xususiyatlarni qidirish mumkin emas. Chunki, san’at turlarining kelib
chiqish tarixi, genezisi, shakllanish omillari ko‘p jihatdan bir-birini to‘ldiradi. So‘z
san’ati bo‘lgan badiiy adabiyot ham o‘z navbatida san’atning boshqa turlari bilan
bevosita aloqaga kirishadi.
E’tibor berilsa, ranglar jilosi juda qadim zamondlardanoq ijtimoiy ahamiyat
ega bo‘lib, xalqlarning o‘ziga xos turmush tarzi, urf odat va madaniyatini
mukammal darajada aks ettirgan. Eng qadimgi bitiktoshlardan tortib bugungi
kunimizgacha ranglar tasviridagi ajib sirlilikning inson ruhiyatiga ta’siri ijodkorlar
tomonidan badiiy tadqiq qilib kelingan. Ranglarning tasviri ramzlilik nafaqat butun
bir xalqning balki, badiiy asardagi lirik qahramonning ham ko‘ngil kechinmalarini
o‘zida ifoda etadi. Mumtoz adabiyotimizningranglar tasviriga munosabatini
bevosita tasavvuf ta’limotiga bog‘lab o‘rganish joiz. Shayx Najmiddin Kubroning
yetti xil rangni yetti kun xislati bilan talqin etganligi bizga shunday deyishga to‘la
asos beradi.
Badiiy adabiyotda ranglarning kitobxonga ta’siri xususiyatidan A.Navoiyga
qadar ham bir qancha ijodkorlarning g‘azal, ruboiy va tuyuqlarida kuzatamiz.
qisqa bo‘lsa-da qahramonlar ruhiyatini ifodalash ranglar tasviri orqali o‘quvchi
ruhiyatiga xil xislat bilan Bahovaddin blanadi. Mash masalasi alohida ahamitya
61
kasb etadiki, bu hol tasavvuf ta’limoti bilan bog‘liqdir ranglardan badiiy vosita
sifatida foydalanish bo‘yicha yangi mahorat maktabini yaratgan.
Har bir rang mutafakkir asarlarida ma’lum bir tuyg‘u kechinma, fikr
ifodalashda goh ochiq, goh ramziy mazmun kasb etgan. Navoiyning ijodi-yu,
hayot yo‘lini biz ham turli ranglarda mengzashimiz, ularni bir-biridan ayro holatda
ko‘rishimiz mumkin emas.
Ishimizning birinchi bobida ranglar haqida ular bildirgan ma’no va ularning
adabiyotda, hayotimizda tutgan o‘rni haqida ma’lumot berdik. Boisi ushbular
haqida ma’lumotlar berilmas ekan, bir dostondagi ranglarning qanday ahamiyat
kasb etishidan bebahra qolamiz.
Ikkinchi bob esa “Saba’yi sayyor” dostoni sujetini tashkil qilib, har bir rangga
mos tarzdagi hikoyalar beriladi. Asar sujetini ham berishni lozim topdik, chunki
asar sujetdan bohabar bo‘lmas ekanm iz, undagi ranglarning “Nima demoqchi”
ekanligini anglash qiyin.
Uchinchi bobda esa ranglarning qanday ahamiyat kasb etayotganligi,
hikoyalar isboti bilan berilgan.
Umuman olganda Navoiy ulug‘ shayx jarajasida ekanligiga xulosa so‘nggida
yana bir bor guvoh bo‘lamiz. Navoiyning o‘zini ham ta’kidlashi bo‘yicha dostonni
yaratishdan oldin tushida namoyon bo‘lganligini ta’kidlab, muabbir ta’rificha
doston yozishga kirishganini aytadi. Undan oldin ushbu asarni bilganlardan uzr
so‘rab, ularning xatolari mavjudligini ya’ni ilohiy ishqqa ahamiyat bermay
faqatgina dunyoviylikni bilganliklarini aytib o‘tadi. Hamda o‘zi 7 rang ostida, 7
go‘zal o‘rniga, 7 sayyoh orqali 7 qasrda ham dunyoviy, ham botiniy holda ilohiy
hikoyalarni o‘quvchiga beradi:
-Qora rangli qasrda “qora palos”, “Quds yeri” “qora kajava” kabi birikmalarni
biz bu o‘rinda oddiygina joy nomlari yoki libos sifatida emas balki, “Olloh uyi”,
hamda muqaddas xirqa libosi sifatida ko‘rishimiz va nafs martabalaridan ushbu
rangning dunyoviy nafslar tiyilganlik belgisi sifatida ko‘rishimiz, dunyoviy
tomondan Bahromning g‘ambodaligi ifodasini sifatida talqin etishimiz mumkin.
62
- Sariq rangli qasr hikoyasida esa zohiran Bahromning rangi sarg‘ayganiga
ishora sifatida botinan har qanday ko‘ringan narsa ham, oltin bo‘lavermasligi
naqlini sohta pirlar va muridlarni kulgu ostiga olganligini, ularni ajrata bilish
lozimligini uqtirganligini his etamiz.
- Yashil rangni Shaxrisabz diyorining simvolistik belgisi sifatida talqin etsak
ilohiylikka ko‘ra Xizr alayhissalomning umrboqiy libosi sifatida talqin etishimiz
mumkin.
- Qizil rangni ham ilohiy ishqqa yetishishning oliy darajasi sifatida talqin
etilganligiga ushbu rangli hikoya hulosasida guvoh bo‘lsak, asarning so‘nggi
qismida Olloh tajallisa bo‘lgan tabiatga ziyon yetkazgani uchun shohga Xudo
tomonidan berilgan jazo ranggi sifatida ko‘ramiz.
- Moviy rangni esa motam libosi hamda Xudo ushbu kunda “Chorshanba”
ko‘klikka burkangan tabiat qismlari ko‘k va dengizlarni yaratganligini, hikoya
so‘nggida murodiga yetgan mehr va Suxaylning ham ushbu libosda yurishni lozim
topganliklarini inobatga olsak bu rangning sokinlik nafsdan to‘la – to‘kis
tiyilganlik belgisi sifatida ko‘ramiz.
- Payshanba kungi sandal rangli qasrda hikoya xulosasida ushbu rang orqali
Xudo tomonidan ogohlantirish berilganligini ko‘rsak, Juma musulmonlarning
muqaddas kuni, olamning yaratilishi tugallangan ushbu kunda esa ilohiy ishqqa
yetishganlikning oliy darajasi ranggi sifatida oq rang beriladi.
Umuman xulosa qilib aytish mumkinki, Navoiy bugungi kundagi
adabiyotshunoslikdagi yangi, sintezlash jarayonini XVI asrlardayoq yaratib
bo‘lgan. Badiiy ijodda ranglardan badiiy vosita sifatida foydalanish bo‘yicha yangi
mahorat maktabini yaratgan. Har bir rang mutafakkir asarlarida ma’lum bir tuyg‘u
kechinma, fikr ifodalashda goh ochiq, goh ramziy mazmun kasb etgan. Navoiyning
idodi-yu, hayot yo‘lini biz ham turli ranglarda mengzashimiz, ularni bir-biridan
ayro holatda ko‘rishimiz mumkin emas.
63
Do'stlaringiz bilan baham: |