Darsning maqsadi:
Ta`limiy:O`quvchilarga elementlarning oksidlanish darajasining aniqlashni o`rgatish.
Tarbiyaviy:Vatanparvarlik,do`stona raqobat va guruhlarda hamkorlikda ishlash hislarini uyg`otish.
Rivojlantiruvchi:Mustaqil fikrlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
Dars turi:Aralash.
Dars usuli:”Aqliy hujum”,”Bumerang” texnologiyasi.
Dars jihozlari:Doska,bo`r,kartochkalar,darslik,N.E.M. jadvali,davriy jadval,slayd,kodoskop,magnit doska,magnitli elementlar,modellar.
Dars borishi:
1.Tashkiliy qism.(1-daqiqa)
Salomlashish,davomat aniqlash,sinfni darsga tayyorligini aniqlash.
2.O`tgan mavzuni takrorlash(12-daqiqa)
Sinf o`quvchilarini guruhlarga bo`lish.
O`tilgan mavzu asosida so`rash.
“Aqliy hujum”
Guruhlarga navbat bilan savollar beriladi :
Zukkolar guruhi:
Kimyoviy bog`lanishning qanday asosiy turlari bor?(kovalent boglanish,ion bog`lanish,donor-akseptor bog`lanish va h.)
Kovalent bog`lanish deb qanday bog`lanishga aytiladi?(Atomlarning umumiy elektron juftlari vositasida bog`lanishiga kovalent bog`lanish deyiladi.)
Kovalent bog`lanish qanday turlarga bo`linadi?Ular haqida ma`lumot bering.(Kovalent bog`lanish:qutbsiz va qutbli kovalent bog`lanishga bo`linadi. N.E.M. bir xil atomlar qutbsiz kovalen tbog`lanish hosil qiladi.N.E.M. bir oz bir-biridan farq qiluvchi atomlar qutbli kovalent bog`lanish hosil qiladi.Misollar vatmanga yozilib ko`rsatiladi.
Qutbsiz kovalent
bog`lanish.
H-H O=O
H2 O2 N2
Qutbli kovalent bog`lansih HCl H2S
Sizga berilgan kartochkadagi kimyovy birikmalarda qanday bog`lanish mavjud?
CO2, P4, HCl, NH4OH, BaCl2
“Bilimdon” guruhi.
Qaysi elementlar atomlari erkin mavjud tura oladi?(inert gazlarning atomlari.)
Ion bog`lanish deb nimaga aytiladi?(Ionlar orasidagi bog`lanish ion bog`lanish deyiladi.)
Ionlar qanday zarrachalar?Ular haqida nima bilasiz?(Ionlar zaryadili zarrachalardir.Atomlar elektron olganda yoki berganda,ionlarga aylanadilar.Masalan: vatman qog`ozga yoziladi.
M g (+12) 2è,8 è,2 è -2 è Mg+2 (+12) 2 è,8 è
S (+16) 2 è,8 è,6 è +2 è S-2 (+16) 2 è,8 è,8 è
MgS
Ion bog`lanishli moddalarning modelini yasang.
“Kimyogarlar” guruhi
Donor-akseptor bog`lanish deb nimaga aytiladi?(Bir atomning bog`lanishda ishtirok etmagan,yoki taqsimlanmagan elektron jufti va ikkinchi atomning bosh orbitali o`rtasida hosil bo`lgan bog`lanish donor-akseptor bog`lanish deyiladi.)
Kristall panjara turlari necha xil bo`ladi?(4 turli:molekulyar,atomli,ionli,metall kristall panjaralar .)
Moddalar kristall panjarasi turlicha bo`lishi ularning xossalariga qanday ta`sir qiladi?qisqa izohlang.
Sizga berilgan moddalarning grafik formulasini magnit doskada ifodalang
K2SO4 NH3 N2
3.Yangi mavzu bayoni.(16-daqiqa)
Reja asosida o`qituvchi tushintiradi.
Kimyoviy elementlarning oksidlanish darajasi.
Kimyoviy elementning oksidlanish darajasini aniqlash.
Elementlarning yuqori va quyi oksidlanish darajalari.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash (14-daqiqa)
Guruh a`zolariga yangi mavzu asosida topshiriqlar beriladi.
“Bumerang” texnologiyasi.
3ta guruhga qog`ozga yozilgan topshiriqlar tarqatiladi.Har bir guruh topshiriqni bajarib bo`lib,topshiriqni keyingi guruhga beradi va barcha guruh 3xil topshiriqni bajaradi.Oxiri o`zini topshirig`i har bir guruh oldiga qaytib keladi.Taqdimot o`tkazilib ,qaysi guruh qayerda xato qilgani muhokama qilinadi.Taqdimot oxirida o`qituvchi topshiriq asosida xulosa qiladi.
1-topshiriq.Quyidagi birikmalarda berilgan elementlarning oksidlanish darajasini va valenligini aniqlang.
”Zukkolar” guruhi
Modda
|
Oksidlanish darajasi
|
Valentligi
|
Boshqa guruh fikri
|
Ba(NO3)2
|
+2,+5,-2
|
2,5,2
|
|
CaCr2O7
|
|
|
|
BrCl3
|
|
|
|
“Bilimdonlar ” guruhi
Modda
|
Oksidlanish darajasi
|
Valentligi
|
Boshqa guruh fikri
|
Xe O2
|
|
|
|
FeS2
|
|
|
|
K2O2
|
|
|
|
“Kimyogarlar” guruhi
Modda
|
Oksidlanish darajasi
|
Valentligi
|
Boshqa guruh fikri
|
N2
|
|
|
|
CaCl2
|
|
|
|
HClO2
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |