Hozirda ayrim davlatlarda pomidorni payvandlash sifatida
olinib unga baqlajon payvand qilinmoqda.
Baqlajonning chidamli
payvandlashiga payvandlash natijasida vilt (
Verticillium dahliae and
meloidogyne incognita
) kasalliklariga chidamliligi va hosildorligi-
ning oshganligi qayd etiladi.
M. Dotsenko (2011) internet saytida bodringni qanday qilib qo-
voqqa payvand qilish kerakligi va qovoq hamda kovoqcha (kabach-
ka) ga bodringni payvandlash usullari haqida ma‟lumot beradi. Pay-
vantag sifatida qovoqni yirik mevali Voljskaya seraya 92, Gribovs-
kaya Zimniy va boshqa, qattiq po„stli qovoqdan Mozoleevskaya 49,
Ukrainskiy mnogoplodnыy va muskat qovoqdan Vitaminnaya va
Perexvatka mestnaya kabi navlardan foydalanishni ta‟kidlaydi.
So„ngi yillarda G„arbiy Yevropa,
Janubiy-sharqiy Osiyo va
Amerika sabzavotchilari tashabbusi bilan keng qo„llangan bu usulga
qiziqishlar ortmoqda. Natijada payvandlashni qo„llash, ekinlar hosil-
dorligini 30-90 % ga va undan ko„payishiga va mevaning o„rtacha
vaznini hamda tarkibining ozuqali qiymatini ortishiga olib kelmoq-
da.
Rivojlangan mamlakatlarda payvandlash usuli maxalliy bozor
va eksport uchun sabzavot ekinlari ko„chatlarini standart bo„yicha
ishlab chiqarishda qo„llanilmoqda. Fermerlarga maxalliy sharoitga
yaxshi moslashgan, payvandlangan xar xil sabzavot ekinlari ko„chat-
lari sotilmoqda.
Tarvuzni payvandlangan ko„chatlarni ishlab chiqarish Isroilda -
70%,
Yaponiya, Koreya va Ispaniyada- 93-98%, Gretsiyada-100%
ni tashkil etadi. Bodring va qovunni payvandlangan ko„chatlarni ish-
lab chiqarish Janubiy Koreyada 95 % dan, Yaponiyada bodring-
72% ni va qovun -30% ni tashkil etadi.
Pomidorni payvandlangan ko„chatlarni ishlab chiqarish Marok-
koda 75% ni, Niderlandiyada va Yaponiyada- 50% dan, Turkiyada-
25% ni tashkil etadi. Payvandlangan baqlajon Yaponiyada 65 % ni,
shirin qalampir esa Koreyada umumiy ishlab chiqarilgan ko„chatlar-
ning 25 % ni tashkil qiladi.
Ushbu usulni qo„llash iqtisodiy foyda keltiradi va fermerlarga
yuqori sifatli mahsulot olish, yuqori foydani ta‟minlashda imkon be-
radi.
O„zbekiston sabzavotchiligida payvandlash usulini qo„llash
ochiq va himoyalangan yerlarda pomidor, baqlajon, shirin qalampir,
bodring, qovun va tarvuz ekinlari hosildorligini ko„paytirish, mah-
sulot sifatini yaxshilashga hamda sabzavotlarni
ekologik sof ishlab
chiqarish texnologiyasini qo„llanilishini ta‟minlash uchun imkoni-
yatlarni ochib beradi.
Respublikamizda sabzavot ekinlarini hosildorligini va mahsulot
sifatini oshirishda payvandlash usulini qo„llash istiqbolli xisobla-
nadi.
Sababi bodring, tarvuz, qovoq va qovun ekinlarini kasalliklar
va hashoratlardan zararlanishini oldini olishda bu usul ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: