19-jadval
Tuproq aralashmalarining hajmiy vazni
№
Komponentlar nomi
Massi 1 m
3
, t
Hajmi 1 t,
m
3
1.
Issiqxonaning eski tuproq aralashmasi
1,0-1,3
0,8-1,0
2.
CHimli sog„ tuproq
1,2-1,5
0,67-0,83
3.
Dala tuprog„i
1,2
0,83
4.
Qum
1,8-2,0
0,5-0,6
5.
Go„ng
0,8
1,25
6.
Qipiq
0,15-0,20
5,0-6,0
7.
Daraxt bargi
0,20-0,30
3,5-5,0
8.
CHirindi
0,8-0,85
1,2-1,25
9.
Torf
pastki
> 0,45
> 3
yarim chirigan
0,35-0,45
2,2-3,0
chirigan
0,80-0,85
1,2-1,25
yuqorigi
0,25-0,30
3,5-5,0
Tuproqning zichligi tarkibidagi organik moddalarga bog„liq
bo„lib, uni miqdori ko„payishi hisobiga zichligi kamayadi. Me‟yo-
ridan ortiq g„ovakli tuproqlarda suvni ko„p yo„qolishiga olib keladi
va tez-tez sug„orishni talab etadi; zich tuproqlarda esa havoni
etishmasligi va ildiz tizimi kuchsiz rivojlanishi kuzatiladi. Zichlik
g„ovaklik va suv xususiyatlari bilan bog„liq bo„lib, bunda nafaqat
g„ovaklar soni, balki ularning katta-kichikligi (o„lchami) kam
ahamiyatli, chunki yiriklarini havo, maydalarini esa suv egallaydi.
Suv sig„imi, havo o„tkazuvchanligi, donadorligi, singdirish xu-
susiyatlari uni tarkibidagi organik moddalarga bog„liq bo„ladi. Am-
mo, organik moddalar miqdorini ko„payishi ma‟lum chegaragacha
o„simlikka ijobiy ta‟sir etadi, uni miqdorini me‟yoridan ko„payib
ketishi esa tuproq sifatini yomonlashtiradi. Me‟yoridan juda yuqori
yutish xususiyati o„g„itlarni ortiqcha sarflanishiga, oziq moddalarni
ortiqcha to„planishiga va azot tartibotini turg„unsizlikka olib keladi.
Tuproq aralashmasi unumdor, donador, mexanik tarkibi engil,
havo va suv yaxshi kiradigan, yuqori ijobiy xususiyatlarga, neytral
reaksiyaga ega bo„lishi va eritma konsentratsiyasi maqbul bo„lishi,
begona o„tlarning urug„idan, zararkunanda hamda kasalliklardan xoli
bo„lishi kerak. Tuproq aralashmasi tuzilayotganda o„simliklarni oziq
moddaga talabi va ildiz tizimi rivojlanish xususiyati hisobga olinadi.
Tuproq tarkibida organik moddalar 10% gacha bo„lsa – past (kam),
10-20% bo„lsa – o„rtacha, 20-30% – me‟yorida, 30-40% – ortiqcha,
40-60% – yuqori, 60% dan ortig„i – juda yuqori hisoblanadi.
Issiqxonalarda tuproqning zichligi tarkibidagi organik modda-
larga bog„liq bo„lib, uni miqdori ko„payishi hisobiga zichligi kama-
yadi. Me‟yoridan ortiq g„ovakli tuproqlarda suvni ko„p yo„qolishiga
olib keladi va tez-tez sug„orishni talab etadi; zich tuproqlarda esa
havoni etishmasligi va ildiz tizimi kuchsiz rivojlanishi kuzatila-di.
Zichlik g„ovaklik va suv xususiyatlari bilan bog„liq bo„lib, bunda
nafaqat g„ovaklar soni, balki ularning katta-kichikligi (o„lchami)
kam ahamiyatli, chunki yiriklarini havo, maydalarini esa suv egal-
laydi. Hajmi vazniga ko„ra tuproqlar: 0,2 g/sm
3
dan kami – juda g„o-
vakli, 0,2-0,4 g/sm
3
– g„ovakli, 0,4-0,6 g/sm
3
– me‟yorida g„ovakli,
0,6-0,8 g/sm
3
– kuchsiz zichlashgan, 0,8-1,0 g/sm
3
– o„rtacha
zichlashgan, 1,0-1,2 g/sm
3
– zich, 1,2 g/sm
3
– juda zichlashganlarga
bo„linadi. Aeratsiya darajasi (hajmiga nisbatan gazsimon fazasi foiz-
da) 10% dan kam bo„lsa – qoniqarsiz, 10-20% – qoniqarli, 20-30% –
yaxshi, 30-40% – ortiq, 40% dan ko„pi – yuqori bo„ladi.
Tuproq aralashmasida karbonatlar miqdori 0,3-0,5% bo„lganda
tuproq muhiti reaksiyasi yoki (pH) nordonligi – 6,3-6,7 teng bo„lishi
maqsadga muvofiqdir. Muhit reaksiyasida – rN 5,5 dan kam bo„lsa –
o„rtanordon, 5,5-6,0 – nordon, 6,1-6,2 – kuchsiz nordon, 6,6-6,8 –
neytralga yaqin, 7,1-7,2 – kuchsiz ishqoriy, 7,2 dan ko„pi esa –
ishqoriy hisoblanadi.
Tuproq tarkibida yo„l qo„yiladigan tuzlar miqdori uni tarkibi-
dagi organik moddalarga bog„liq. Tuproq aralashmasi tarkibida
organik moddalar 10% bo„lgan-ida yo„l qo„yiladigan tuzlar miqdori
0,35% ni, 15% da – 0,45% ni, 20% da – 0,55%, 30% da – 0,75%
bo„lishi kerak. Tuproq eritmasi tarkibidagi tuzlar elektr o„tkazuv-
chanligi bo„yicha past – 0,5 dan kam, o„rtacha – 0,5-1,0, me‟yorda –
1-2, ortiq – 2-3, 3 mSm/sm dan yuqori bo„lishi mumkin. Pomidor,
karam va ismaloq uchun tuproq aralashmasi tarkibidagi xlorni yo„l
qo„yiladigan miqdori – 0,02% va boshqa ekinlar uchun esa – 0,01%.
1 kg tuproq tarkibida o„zlashtiriladigan shakldagi: azota – 40-60,
fosfora – 120-130, kaliya – 160-240 mg ni tashkil etishi kerak.
Issiqxonalarda bunday talablarga javob beradigan tuproq ara-
lashmasi turli xil komponentlarga organik va mineral o„g„itlar
qo„shib tuziladi. Buning uchun chirindi, torf, go„ng, qum, chim va
dala tuprog„i, issiqxona va parniklarning eski tuproqlaridan foy-
dalaniladi, zaruriyat bo„lsa ularga turli xildagi g„ovaklashtiruvchi
materiallar ham qo„shiladi. Aralashmaning turlari va tarkibiy qism-
larining nisbati yetishtiriladigan ekin, ekin o„stiriladigan bino turi,
foydalanish muddati, mavjud komponentlarga bog„liqdir. Unumdor
(boy) o„rtacha og„irlikdagi aralashmaga qovoqdoshlar, gulkaram va
rediska, ko„chatlar uchun iloji boricha popuk ildiz tizimini hosil
qilishiga, ko„chat olinayotganda ildiz qismiga aralashmani ko„proq
yopishib chiqishiga yordam qiladigan aralashma bo„lishi maqsadga
muvofiq. Etiltirib va tezlashtirib o„stiriladigan ekinlar tuproqning
unumdorligi va fizik xususiyatlariga kam talabchan bo„ladilar.
Turli mintaqalarda issiqxonalarda har xil tuproq aralashma-
laridan foydalanadilar. Ularni tarkibi issiqxonaga yaqin joylashgan
manbalar bilan bog„liqdir. Torf zahirasi bo„lgan tumanlarda u
tuproqning asosiy komponenti hisoblanadi. Torf zahirasi bo„lmagan
viloyatlarda (Rossiya va Ukrainaning janubi, Zakavkaze, O„rta
Osiyoda) tuproqning yuqori qatlami chirindi, go„ng yoki kompost,
unga g„ovaklashtiruvchi materiallar yoki sun‟iy struktura hosil qila-
digan materiallar qo„shib tayyorlangan aralashmalardan foydalani-
ladi. O„zbekistonda yangi quriladigan issiqxonalar uchun tuproq ara-
lashmasini tayyorlashda, issiqxona quriladigan yer dala tuprog„iga
300-400 t/ga somonli go„ng yoki chirindi, hajmiga ko„ra 20-30%
g„ovaklashtiruvchi materiallardan (qipiq, sholi to„poni, somon, g„o„-
za va kanop chiqindilari) foydalaniladi. G„ovaklashtiruvchi material-
larni ishlatishdan oldin kompostirlanadi.
O„zbekistonda odatda quyidagi tarkibli: 20% g„ovaklashtiruv-
chi material qo„shilgan, 65% chim yoki dala tuprog„i va 35% chirin-
di; 70% chim yoki dala tuprog„i, 25% chirindi va 5% qum; 60%
chim tuproq, 35% chirindi va 5% qumdan iborat, bu aralashmalarga
hajmiga qarab 20% g„ovoklashtiruvchi materiallar qo„shib aralash-
malarning biridan foydalaniladi. Ko„chat yetishtirish uchun chirindi
(50%), dala tuprog„i (40%) va qipiq yoki sholi to„poni va kesib
maydalangan somon (10%) lardan tarkib topgan aralashma tay-
yorlanadi. Bunday aralashmalarning 1 m
3
ga 300 g ammiakli selitra,
400 g qo„shsuperfosfat, 400 g kaliy sulfat, 1,5 kg mis kuporosi, 3 g
ammoniyli molibden, 0,5 g natriy borat, 2,25 g marganets sulfat va
0,7 g rux sulfati qo„shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |