Sabzavot ko„chatchiligida himoyalangan yerning ahami
-
yati.
Ekinlarni mavsumdan tashqari davrlarda o„stirish maqsadida,
sun‟iy mikroiqlim sharoitlarini yaratish yoki tabiiy mikroiqlim sha-
roitlarini yaxshilash maqsadida jihozlanib qurilgan inshootlar va yer
maydonlari
himoyalangan yer
deb ataladi. Foydalaniladigan inshoot
turiga ko„ra ularni hayotiy omillarga ta‟siri turlicha bo„lib, bunda
bir-ikki omilni biroz o„zgartirish yoki sun‟iy mikroiqlimni to„liq
yaratishga to„g„ri keladi. Ayrim hollarda, “Yopiq yer” atamasini
qo„llash – o„simliklarni noqulay sharoitdan saqlash tarmog„i mohi-
yatini aks yettirmaydi. Shuning uchun bu atamani (terminni) sabza-
votchilikda foydalanish noto„g„ridir.
Sabzavot ko„chatchiligida himoyalangan yerdan juda keng
qo„llaniladi. Himoyalangan yer inshootlarida ochiq va himoyalangan
yer uchun sabzavot ko„chatlarini yetishtirish himoyalangan yer
sabzavotchilikning bir shaklidir.
Respublikamizning iqlim sharoiti ochiq maydonda yil mobay-
nida sabzavotlarni uzluksiz yetishtirishga imkon bermaydi. Sabzavot
ekinlari mahsulotini 80-90% hosili yoz va kuz (may-noyabr) etiladi
va yig„ishtiriladi. Yangi sabzavotlar yoki ularni qayta ishlangan
mahsuloti esa yil mobaynida muntazam ravishda va bir me‟yorida
iste‟mol qilinishi kerak.
Himoyalangan yer sabzavotchiligining vazifasi quyidagi asosiy
masalalarini echishga qaratilgan: 1) Mavsumdan tashqari (ochiq
maydonda o„sishi mumkin bo„lmagan vaqtda) davrda yuqori sifatli
sabzavot mahsulot ishlab chiqarish; 2) Ochiq maydonda ko„chat
orqali eng erta hosil yetishtirish; 3) Ochiq yerda yetishtirilgan
sabzavotlarni tezlashtirib o„stirish va mevalarini etiltirib olish va
rang oldirib shakllantirish; 4) Sabzavot ekinlarini shimoliy mintaqa-
larga siljitish va ular turlarini ko„paytirish masala-larini hal etishga
qaratilgan.
Himoyalangan yer sabzavotchiligi oldidagi vazifalar, vositalar va
ularni hal etish yo„llari bu tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqadi. Himo-
yalangan yer sabzavotchiligida ishlab chiqarishni tashkil qilish
yetishtirish texnologiyasi va iqtisodiy ko„rsatkichlar ochiq yer sabzavot-
chiligidan tubdan farq qiladi, bu su‟niy mikroiqlimni yaratishda
foydalaniladigan muhandislik vositalari hamda tuproq aralashmasi yoki
substratlar, oziq eritmalardan foydalanish va boshqalar bilan bog„liq.
Himoyalangan yer sabzavotchiligining muhim ijobiy xususiyat-
laridan yana biri ochiq dalaga nisbatan yuqori harorat hosil qilish,
haroratni, namlik va yorug„likni sozlash imkoniyatiga ega bo„lishi
mumkinligidir.
Ekin o„stiriladigan qurilmalar ichida talabga to„liq javob bera-
digan sharoitni yaratish ochiq maydonga nisbatan 5-20 marta ko„p
sifatli hosil olishni ta‟minlaydi. Shu bilan birga issiqxonalarni qu-
rishda katta mablag„, ish kuchi sarflanadi, bu o„z navbatida u yerda
yetishtirilgan sabzavot hosili tannarxini ochiq maydonda yetishtiril-
ganga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo„lishiga sabab bo„ladi.
Himoyalangan yerda ko„pchilik sabzavotlarni yetishtirish
texnologik jarayonlari ochiq maydonda shu sabzavotlarni yetish-
tirishga nisbatan ancha murakkabligi jihatidan farq qiladi. Himoya-
langan yerlarda, shu sharoitda yaxshi o„sib rivojlanishga yaroqli nav
va duragaylardan foydalaniladi.
Sabzavot ko„chatchiligida himoyalangan yerning xususiyat-
lariga shuningdek, u egallagan maydonning katta bo„lmasligi va u
yerga ularni ixcham joylashtirilishi; kultivatsion qurilmalarni issiqlik
va sug„orish manbalariga yaqin joylashtirish; ekin o„stiriladigan
binolardan nihoyatda jadal foydalanish; ishlab chiqarishda qo„l meh-
natini ko„p talab qiladigan jarayonlarni mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish bilan qo„shib olib borish, mehnatni tashkil etish-
ning o„ziga xos shakllarini tadbiq etish; mikroiqlim sharoitini yaratib
beradigan hamda murakkab ishlab chiqarish jarayonlarida foydala-
nadigan uskuna va jihozlardan samarali foydalanish bilimiga ega
bo„lgan yuqori malakali ishchilar bilan ta‟minlangan bo„lishidir.
Himoyalangan yer sabzavotchiligi o„zining vazifasi va xusu-
siyatlariga ega bo„lishi bilan birga, u ochiq yer sabzavotchiligi bilan
chambarchas bog„langan. Himoyalangan yerda dalaga o„tqazish
uchun ko„chat yetishtiriladi. Himoyalangan yer ochiq dala uchun
chirindi etkazib beruvchi vazifasini bajaradi.
Ochiq dalada o„z navbatida himoyalangan yerda etiltirib va tezlash-
tirib o„stirish uchun o„tkaziladigan material tayyorlanadi. Shuningdek,
ochiq dala to„liq etiltirib olish uchun mevalar etkazib beradi.
Ochiq va himoyalangan yer sabzavotchiligini bir-biriga to„g„ri
bog„lagan holda olib borilsa, yil mobaynida bir xil ishlab chiqarish
jarayoniga erishish mumkin, bu ishchi kuchiga talabni tenglashtirish
va hosilni uzluksiz chiqishini ta‟minlaydi. Shu bilan birga sabzavot
hosilini va ochiq dala uchun sabzavot ko„chatini yetishtirishga ixti-
soslashgan yirik issiqxona kombinatlari va tomorqa issiqxonalari yu-
qori iqtisodiy samara berishligi amalda isbotlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |