S. Y. Yusupov, sh. R. Gulomov, N. B. Nasrullayev


Domen nomining tegishliligini aniqlash



Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/180
Sana19.02.2022
Hajmi2,92 Mb.
#457739
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   180
Bog'liq
61c5a35e77fa72.44071569

 
3.3. Domen nomining tegishliligini aniqlash
Domen 
- noyob nom bilan belgilanadigan Internet iyerarxik 
maydonidagi 
hudud 
(shox). 
Ba‘zi 
yuristlar 
domen 
nomini 


73 
shaxsiylashtirish vositalari bilan bog‗lashadi. Boshqalar uni bunday deb 
о‗ylamaydi va domen nomining huquqiy tabiati hali aniq aniqlanmagan 
deb aytishadi. Hatto noodatiy qarash ham mavjud – bu elektroaloqani 
raqamlash resursidir. 
Qonuniylikdan farqli о‗laroq, domen nomlarining texnik tabiati 
yaxshi ma‘lum va aniq texnik standartlarda belgilangan. 
Domen nomi maydonini adolatli taqsimlash va ularning global 
yagonaligini ta‘minlash uchun domen nomlarini rо‗yxatga olish tizimi 
mavjud. Barcha birinchi darajali domen nomlari (masalan, org, info, ru, 
ua), barcha ikkinchi darajali domen nomlari (masalan, gprf.info, fnn.ru) 
va ayrim uchinchi darajali taniqli domen nomlari (masalan, 
provider.net.ru, london.co.uk) rо‗yxatdan о‗tishi lozim. Boshqa domen 
nomlari rо‗yxatdan о‗tkazilishi shart emas va yuqori domen egasining 
ixtiyoriga kо‗ra taqsimlanadi (misol uchun, www.fnn.ru va mail.fnn.ru 
domenlari fnn.ru ikkinchi darajali domen egasi ruxsati bilan yaratiladi va 
foydalaniladi). 
Majburiy rо‗yxatga olingan har bir domen uchun registrator yoki 
bir 
nechta 
registratorlar 
tayinlanadi. 
Sо‗nggi 
holatda barcha 
registratorlar rо‗yxatga olingan domen nomlarining yagonaligini 
ta‘minlash uchun yagona ma‘lumotlar bazasidan foydalanishga 
majburdirlar. Barcha registratorlarning ma‘lumotlar bazalari IP 
manzillari registratorlariga о‗xshagan whois protokoli orqali ommaga 
ochiqdir. Rо‗yxatdan о‗tgan domen foydalanuvchilardan birini topish 
uchun, u qarashli bо‗lgan registrator ma‘lumotlar bazasiga murojaat 
etish kerak. Rо‗yxatga olinmagan domen nomlari uchun yuqoriroq 
darajadagi tegishli domen egasiga murojaat qilish lozim. 
Masalan, biz "www.internet-law.ru" 3-darajali domen egasini 
aniqlashimiz zarur. Shubhasiz, bu 3-darajali domen rо‗yxatdan о‗tgan 
domen emas. Bu mulk egasining tasarrufida bо‗ladi 2-darajali domen, 
ya‘ni allaqachon rо‗yxatdan о‗tgan ―internet-law.ru‖ domenidir. Bu 
yerda taxmin qilish kerak, ya‘ni standart nomga (www) ega 3-darajali 
domenning egasi 2-darajali domenga ham egalik qiladi, "internet-law.ru" 
domen nomini bilib olish uchun biz rus registratorlari bazasiga murojaat 
qilamiz. Buning uchun har qanday operatsion tizimda (Windows 
tashqari) mavjud bо‗lgan "whois" buyrug‗idan foydalaniladi. Argument 
sifatida xohlagan domen nomi belgilanadi va parametr qaysi registr 
sо‗ralayotganini belgilab qо‗yadi. Registratorning ma‘lumotlar bazasiga 
domen egasi ma‘lumotlarini kiritishi esda tutilishi kerak. RU domenida 
va boshqa domenlarda registrlarni rо‗yxatga olish va о‗zgartirish tartibi 


74 
о‗rnatiladi. Albatta, ma‘lumotlarning dolzarbligi va ishonchliligi uchun 
talablar mavjud. Biroq registratorlar har doim о‗zlariga taqdim qilingan 
ma‘lumotlarni tekshirish imkoniga ega emaslar. Va eskirgan narsalarni 
yangilash doimo о‗z vaqtida amalga oshirilmaydi. 
Domen egasi tо‗g‗risida qanday ma‘lumotlar ishonchli deb 
hisoblanishi mumkin? Domen nomini nazorat qilish huquqi bilan bog‗liq 
kо‗pchilik registratorlarning odatiy shartnomasi shartlariga kо‗ra, domen 
nomining egasi tо‗g‗risida notо‗g‗ri ma‘lumotlar kо‗rsatilgan holda, 
rо‗yxatdan о‗tkazish bekor qilinadi. Kо‗rsatilgan aloqa ma‘lumotlariga 
murojaat qilmaslik domen nomlari huquqlarining yо‗qolishiga olib 
kelishi mumkin. Kо‗pgina registratorlar avvalgi egasiga tegishli 
hujjatlarni taqdim etguniga qadar domen nomlarini boshqa shaxsga 
о‗tkazishga ruxsat bermaydi. Shuning uchun notо‗g‗ri aloqa 
ma‘lumotlari (telefon, pochta manzili, e-mail manzili) katta ehtimollik 
bilan kо‗rsatilganligi domen nomining yо‗qolishiga olib keladi. 
Egasining notо‗g‗ri ismini belgilash domenni boshqa egasiga (sotishga) 
о‗tkazish mumkin emasligiga olib keladi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib foydalanuvchi tо‗g‗risidagi qaysi 
ma‘lumot haqqoniy, qaysinisi esa ishonchsizligi tо‗g‗risida xulosa qilish 
mumkin. Domenga egalik huquqini hujjatlashtirish bilan shug‗ullanish 
biroz murakkabliklar keltirib chiqaradi. Jinoyatchi va fuqarolik jarayoni 
uchun bunday domen nomining ma‘lum shaxsga tegishli ekanligini 
kо‗rsatish muhim sanaladi. Amaliyotda quyidagi usullar qо‗llaniladi: 
1.
Ma‘sul shaxsdan bildirgi orqali whois serveridan yordam olish 
uchun hujjat tayyorlash. Bu mukammal usul emas. Faqat 
ayblanuvchi (sudlanuvchi) domen egalik huquqini inkor etish 
niyatida bо‗lmasa qо‗llanilishga maqbul. 
2.
Notariusda whois komandasining veb-interfeysi bо‗lgan veb-
sahifaning mazmunini tasdiqlatish. Fuqarolik ishlari uchun 
foydalaniladi. Notarial idoralar veb-sahifalar mazmunini 
tasdiqlashni qabul qilmaydi. Biroq agar bunday notarius topilsa, 
notarius guvohiligi sudda ijobiy taassurot qoldiradi. Lekin 
mutaxassis uchun bu usul notо‗g‗ridir, chunki notarius qanday 
ma‘lumotlar bazasi veb-interfeysga bog‗langanligini kо‗rmaydi. 
Natijada, uning ishonchi, allaqanday maqsadda noma‘lum 
kimsaning chetiga yozilgan yozuvning kafolatidan ortiq emas. 
3.
Ushbu domen nomini saqlab qolish bilan bog‗liq xizmat 
kо‗rsatuvchi aloqa operatori (provayder) rasmiy javobini olish
masalan, u uchun DNS-server yoki veb-saytni qо‗llab-


75 
quvvatlaganligi. Provayderdan xat о‗rniga ushbu provayderning 
tegishli texnik xodimidan guvohlik olish mumkin. 
4.
Guvohlardan kо‗rsatuv olish. Misol uchun, manfaatdor shaxs 
domen nomi bilan faqat uning egasiga tegishli bо‗lgan muayyan 
xatti-harakatlarni amalga oshirganligi tо‗g‗risida. 
5.
Tegishli shaxs rо‗yxatga olish yoki domenni yangilash 
xizmatlarini tо‗laganligini tasdiqlash. Birovning domenlariga 
pul о‗tkazish mumkin bо‗lsada, ammo baribir bu juda yaxshi 
bilvosita dalil. 
6.
Mutaxassis whois serveriga sо‗rov yuborib, natijalar haqida о‗z 
xulosasida bayon qiluvchi ekspertiza о‗tkazish. Uslub oddiy
ammo mukammal emas. О‗rganiluvchi obyekt (registrator 
ma‘lumotlar bazasi, whois serveri) dunyoning narigi burchagida, 
hech kim aniq bilmaydigan yerda va mutaxassisdan yiroqda 
bо‗lishi hisobga olinsa, ekspertiza о‗tkazish fikri ikkilanarlidir. 
7.
Tegishli shaxsning kompyuterida eskpertiza davomida domen 
registratori interfeysiga muvaffaqiyatli avtorizatsiyalash izlarini 
topish. Bu domen registrator interfeysida ulanish va 
muvaffaqiyatli avtorizatsiyadan dalolat beradi. Deyarli barcha 
registratorlar domen nomlari egalarini о‗z veb-interfeysi orqali 
о‗zlarining domenlarini masofadan boshqarish qobiliyatiga ega 
bо‗lishadi. 
8.
Domen nomini rо‗yxatdan о‗tkazish tо‗g‗risidagi sertifikatni 
tegishli rо‗yxatdan о‗tkazuvchi yoki texnik markazdan olish. 
Chet ellik registratorga bunday sertifikatni olish qiyin. Bunda 
Interpol xizmatlaridan foydalanishga tо‗g‗ri keladi. 

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish