51
oshiriladi, 31 yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislar esa
korxonaning tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari tomonidan tavsiya
qilinadi.
Istiqbolli zaxira bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyati turli
jamoat tashkilotlarini
ishga jalb qilish, tahliliy ishlarni
tayyorlashda ishtirok etish, turli treninglarda ishtirok etish orqali
kelajak rahbarning fazilatlarini rivojlantirishdan iborat.
•
Maxsus zaxira – boshqaruv faoliyatida o‘z qobiliyatlarini
namoyish etgan va ishida eng yaxshi natijalarga erishgan, har
qanday vaziyatda vakant rahbarlik lavozimiga tayyor bo‘lgan
nomzodlardir.
Zaxiradagilarni muayyan zaxira turiga kiritish to‘g‘risida
qarorni tanlov komissiyasi qabul qiladi.
7.5.
Zaxiraga tayyorlashning asosiy shakllari quyidagilardan
iborat:
ta’lim muassasalarida kasbiy ta’lim (tayyorlash, qayta tayyor-
lash, malaka oshirish);
individual rivojlanish rejalari bo‘yicha mustaqil ta’lim (mus-
taqil o‘qish);
seminarlar;
stajyorlik.
Zaxira bilan ishlash tizimida tayyorgarlikning boshqa shakllari
ham qo‘llanishi mumkin:
korxona rahbariyatining majlislari,
seminarlari, kengashlari,
komissiyalari ishida ishtirok etishga jalb qilish;
dolzarb muammolar bo‘yicha tahliliy sharhlarni tayyorlash;
rahbarlik lavozimini vaqtincha almashtirish;
almashtirishga rejalashtirilgan rahbarlik lavozimi ixtisosi
bo‘yicha mustaqil tayyorgarlik.
7.6.
Zaxiradagilarni rejalashtirilgan lavozimlariga jadallash-
tirilgan ta’lim va ko‘tarilishining muhim elementi rotatsiya
bo‘lishi mumkin. Rotatsiya xodimni gorizontal ravishda axloqiy
va moddiy qo‘shimcha sabablar bilan bitta mansabli darajadagi
lavozimga tayinlashdir.
Rotatsiya qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Xodim
tomonidan boshqa bo‘linmalarning ishini tasavvur etishi, korxona
52
faoliyatining ishlab chiqarish davri va o‘zini boshqa sohada sinab
ko‘rish
imkoniyati, yangi bilim va ko‘nikmalar, Shu jumladan,
boshqaruv bilimlarini olish rotatsiyaning ustunliklaridir.
Muvaffaqiyatli rotatsiya shartlari – ixtiyoriylik, bo‘sh o‘rinlar
mavjudligi, almashtiriluvchi va yangi bo‘ysunuvchilarning ham
bevosita rahbari sifatida rotatsiyaga tayyorlanishdir.
7.7.
Zaxiradagilarni tayyorlashning muhim shakli turli
davriylik bilan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan “zaxiradagilar kuni”
bo‘lishi mumkin. Uning mohiyati – zaxiradagilar kun davomida
amaliyotda bilimlarni qanday qo‘llashni bilishni o‘rganadilar.
Zaxira tarkibiga kiritilgan xodimlar rahbar, uning lavozimida
zaxiradagilardan foydalanishi shart bo‘lib, lavozim vazifalari,
huquqlari va mas’uliyatini bir kunga o‘z zimmalariga oladilar.
Ikkinchisi rejalashtrilgan lavozimda ishni tashkil etish bo‘yicha
barcha kerakli chora-tadbirlarni bajaradi,
Shuningdek barcha
qabul qilinayotgan qarorlar uchun mas’ul bo‘ladilar. Zaxiradagi
xodimni kurator nazorat qiladi – uning tayyorgarlik darajasi,
amaliy tashkiliy va boshqa qobiliyat hamda ko‘nikmalarini
tartibga soladilar. Zaxiradagilar kuni tugagach, zaxiradagi
bevosita rahbar bilan birgalikda tarkibiy bo‘linmaning ishlab
chiqarish faoliyatini tahlil qiladi. Tahlil jarayonida zaxiradagi
xodimning ijobiy va salbiy natijalari aniqlanadi,
kelgusida ularni
to‘g‘irlash va yo‘l qo‘ymaslik maqsadida xatolarga e’tibor
qaratiladi. Tanlov komissiyasi yig‘ilishida bo‘linma rahbarlari
“zaxirachi kuni”ning o‘tkazilishi haqida hisobot beradilar,
zaxiradagilarning kasbiy faoliyati natijalarini ko‘rib chiqadilar,
ularning keyinchalik kasbiy o‘sishi bo‘yicha takliflar kiritadilar.
7.8.
Istiqbolli zaxirada bo‘lganlarning professional tayyor-
garligi tadbirlari bevosita va yuqori turuvchi rahbar, Shuningdek,
korxonaning kadrlar xizmati rahbari ishtirokida maxsus ishlab
chiqiluvchi individual rivojlanish rejalariga muvofiq o‘tkaziladi.
•
Individual rivojlanish rejasi zaxirada bo‘lish
butun davri
mobaynida amal qiladi va zaxiradagilarni eng yuqori darajadagi
lavozimlarni egallashga tayyorlashni rejalashtirish, o‘z-o‘zini
nazorat qilish va xodimning lavozim o‘sishini tuzishda qo‘llashga
mo‘ljallangan. Agar zaxiradagi shaxs tavsiya qilingan muayyan
53
lavozimga bosh nomzod sifatida ko‘rsatilsa, uning individual
rivojlanish dasturi zaxiradagi kadr shaxsiy ishining bir qismi
hisoblanadi va vaqti-vaqti bilan faollashtiriladi. Individual
rivojlanish rejasi zaxiradagilarning kelgusi lavozimlar maqsad va
vazifalariga bog‘liq rejalar mazmuni, o‘qish shakllarini o‘z ichiga
oladi.
U quyidagi vazifalarga ega:
–
stajyorlikka;
–
rotatsiyaga;
–
malakani oshirishga;
–
boshqaruvga tayyorgarlikka;
–
tahliliy
hujjatlarni, tashkilotning ham umuman olganda va
lavozimni almashishga rejalashtirilgan vakolatlar doirasiga kiruv-
chilar ham faoliyatiga daxldor qarorlar loyihasini tayyorlashda
ishtirok etish;
–
ish joyidagi murabbiy bilan loyihaviy ta’lim;
–
mustaqil ta’lim, kelgusi lavozimi amalga oshirilganda
foydalanishi mumkin bo‘lgan belgilangan yo‘nalishi bo‘yicha ilg‘or
tajribani o‘rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: