Yuqorida if ga tegishli bo'lgan blok bitta ifodadan (maktab()) iborat. Shu sababli nuqta-vergul qo'yilishi shart. C++ da bitta ifoda turgan joyga ifodalar guruhini { } qavslarda olingan holda qo'ysa bo’ladi. Masalan: if (yosh >= 7) { cout << "Maktabga!"; maktab(); } else { cout << "Bog'chaga"; bogcha(); } Strukrurali dasturlashning yana bir harakterli joyi shundaki tabulyatsiya, bo'sh joy va yangi satrlar ko'p qo'llaniladi. Bu dasturni o'qishni osonlashtirish uchun qilinadi. C++ uchun bo'sh joyning hech ahamiyati yo'q, lekin dasturni tahrir qilayotgan dasturchiga buyruqlar guruhini, bloklarni tabulyatsiya yordamida ajratib bersak, unga katta yordam bo'ladi. Yuqoridagini quyidagicha ham yozish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |