85
qoplashda ishlatiladi, 25-jadvalda organik o’gitlarni sochadigan yarimpritsep va
pritseplarning asosiy malumotlari keltirilgan.
Xamma tipdagi avtozapr avshiklarning barcha turlari binolarni, qurilmalarni,
texnikalarni va ayrim joylarning qattiq uchastkalarini dezaktivatsiya qilish uchun
ishlatiladi (radioaktiv moddalar suv yoki zararsizlantiruvchi moddalar bilan
yuviladi). Avtozapravshiklar — bu avtomobil shossesiga o’rnatilgan sisternalar
bo’lib, markazdan kochirma- shamolli suruvchi TSVS-53 nasosi bilan
ta’miilangan. Avtomobil dvigateli yordamida xarakatlantiriladi. U kompressor,
o’tkazuvchi trubalar va ichaklar bilan jixozlanadi. Avtozap- ravshikka 2—3 kishi
xizmat qiladi. Avtotsisternalardan suv tashishda foydalanish mumkin.
Traktor pluglari ularni qo’shimcha moslamalarsiz ayrim joylarni zaktivatsiya
qilishda, yerni shudgorlashda ishlatiladi.
To’g’ri suradigan va aralashtirib suruvchi buldozerlar o’tish uchun joylar
ochishda (erning ustki qavatini 10—20 sm olib ketadi) maydonlar tayyorlashda,
joylarning ayrim uchastkalarini dezaktivatsiya va degazatsiya qilishda ishlatiladi.
Buldozerlar qo’shimcha jixozlarsiz va surishni kuchaytiruvchi jixozlar bilan
(agregatning mexnat ish unumi 15—40% ga ortadi) ishlatilishi mumkin.
Pritsepli greyderlar va avtogreyderlar xam xuddi buldozerlar kabi qo’shimcha
jixozlarsiz yoki uzaytirilgan otvallar qo’yib (agregatning ish unumini 10—15% ga
oshiradi) ishlatilishi mumkin. Pritsepli greyderlar traktorlarga tirka- ladi.
Mashinalarning konstruktsiyalarida metall gildiraklarni pnevmatik va avtomobillar
g’ildiraklariga almashtirish, qo’shimcha jixozlar o’ng qiyalik va chapga
uzaytirgich urnatish muljallangan. Agregatni traktorchi va greyderchi boshqaradi.
Avtogreyder — o’ziyurar mashina. Uning ish unumini oshirish uchun otvaliga
uzaytirgich o’rnatish ko’zda tutilgan. Joylarni, ayrim uchastkalarini dezaktivatsiya
va degazatsiya qilish ishlari- niskreperlar bilan xam bajarish mumkin. Qishloq
xujaligida bo’lgan maxsus mashinalardan tashqari binolarni, qurilmalarni va
texnikalarni dezaktivatsiya, degazatsiya va dezinfektsiyalashda suyuqlik sepishda
ishlatiladigan asoslaridan xam foydalaniladi. Bunda ularni qo’shimcha jixozlarsiz
yoki maxsus moslamalar (kollektor, nasadka) quyib ishlatiladi: elektrlashtirilgan
asboblardan
degazatsiya,
dezinfektsiya
qilish
uchun
elektropultlardan
foydalaniladi. Dezaktivatsiya qilish uchun yuqori bosim beradigan (yomgir xosil
qiladigan, sugorish mashinalari, matopompalar, nasoslar va boshqalar) istalgan
mashina va asboblarni ishlatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: