AMALIY MASHG’ULOT 9
Favqulotda sharoitlarda chorva o’simliklar va oziq-ovqat
maxsulotlarini ximoya qilishni tashkil qilish.
Oziq-ovqat, yem-xashak va suvlarni ZM, RM xamda BVlar bilan
zararlanishiga yo’l qo’ymaslik uchun ularni albatta tashqi zararlangan
xavodan ajratib qo’yish zarur. Buning uchun omborxonalarni maxkam, zich
berkitilishiga axamiyat beriladi, izolyatsiya qilinadigan idishlar va o’rash
uchun ishlatiladigan materiallardan foydalaniladi.
Omborxonalarda va sabzavotlar saqlaydigan joylarda (oziq ovqat,
don va ildiz tugunak mevali ekinlarni ximoya qilish.
Omborxonalarni, sabzavot va don saqlanadigan joylarni germetizatsiya
qilishda deraza va eshiklarning xamma tirqish-yoriqlari berkitiladi,
derazaning ma’lum qismi gishtlar bilan to’siladi, yoruglik tushishi uchun,
qoldirilgan derazani yopish uchun maxsus deraza — eshik tayyorlanadi va
75
kech narsa o’tkazmaydigan materiallar bilan qoplanadi. Daxliz eshigiga
rezinali yoki kigizli (namatli) kistirmalar qo’yiladi, tom va devorlardagi
tirqishlar taxtalar bilan to’siladi. xamma trubalar va xavo o’tkazuvchi
Quvurlar klapan xamda qopqoqlar bilan jixozlanib mustaxkam germetizatsiya
qilinadi. Derazasi bo’lmagan omborxonalarnnng faqat eshik o’rni va tomning
devor bilan birlashgan joylari germetizatsiyalanadi.
16-rasm.
Omborxonalarda sabzavodlar saqlaydigan joylar
Minora xamda xandaklardagi silos va pichanlar ZM, RM xamda BVlardan
ishonchli ravishda ximoyalangan bo’lishi lozim. Go’shit, yog, sut
maxsulotlari xolodilniklarda saqlanadi.
Em-xashak va oziq ovqat mahsulotlarini dala sharoitida himoya qilish.
Mavjud iste’mol mahsulotlari xo’jalikda mavjud materiallar yordamida oddiy
usulda ximoyalanadi. Shuni esda tutish kerakki, zigir va paxta tolasidan
tayyorlangan dollar, ularda saqlanadigan don, un va boshqa mahsulotlarni
ZM, RM xamda BVlar zararlanishidan ximoya qilolmaydi. G’alla xirmonlari
sintetik plyonkalar, brezent, poxollar va pichanlar yoki chimlar bilan yopib
qo’yiladi. Brezentdan foydalanilganda albatta uning tagiga xashak solish
kerak chunki brezentdan U
x
-gazlari va virusli aerozollar o’tib ketadi (xashak
bilan qo’shimcha yopilmagan bo’lsa
V
x
-gazlari dongacha kirib boradi va uni zararlaydi).
Kartoshka va ildiz tugunak mevali o’simliklar avval 20 —30 sm xashak
bilan berkitilib so’ngra tuproq qatlami bilan ko’mib tashlanadi. Ularning bir
necha joylarida uzunasiga shamollatish qutilari bo’lishi, lozim bo’lsa
germetizatsiya qilinadi va atrofidan ariqchalar qaziladi. Kartoshka va ildiz —
tugunak mevalilarni o’ralarda ximoya qilsa bo’ladi.
Pichan va xashaklar tarami brezentlar, plyonkalar yoki oziq sifatida
ishlatilmaydigan xashaklar bilan berkitiladi (69- rasm).
Plyonka yoki brezentlar yordamida berkitishda ularning chetlari yerga
maxkam zichlab, toshlar va tuproq bilan bosiladi.Gapaj yoki skird atrofi eniga
3 m joy qoldirilib haydab tashlanadi. Qishda pichan aralashmalari ustida muz
qatlamlari hosil qilish ham mumkin.
Birinchi navbatda chorvachilik fermalari va uning atrofidagi yaqin kunlarda
xayvonlarni oziqlantirishga muljallangan yem- xashaklar berkitiladi. Sogin
76
sigirlar uchun ramalangan yem-xa- shaklar uch oyga muljallangan bulishi
shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |