S sh. Xabibullayev, S. A. Djumayev defektoskopiya va diagnostika



Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/51
Sana09.06.2022
Hajmi5,15 Mb.
#646456
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51
Bog'liq
defektoskopiya va diagnostika

Yemirilish 
– bu 
shunday jarayonki, uning vositasida temir quymalari oksidlar 
uchun xarakterli bo‘lgan ko‘proq turg‘un kimyoviy ko‘rinishlarga 
qaytadi, u metallurgiya jarayonlariga butunlay teskari bo‘lgan ja-
rayondir, bunda u hech qanday energetik sarf-xarajatlarga muhtoj 
bo‘lmaydi.
Yemirilish murakkab jarayon bo‘lib, ko‘plab omillarga va ular-
ning muayyan (konkret) birlashishiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday tur-
li-tumanlikni hisobga olgan holda yemirilish quyidagi alomatlar 
bo‘yicha klassifikatsiyalanadi: 
– yemirilish jarayonining sodir bo‘lish mexanizmi bo‘yicha – 
kimyoviy yemirilish (elektr tokini o‘tkazmaydigan gazli yoki su-


62
yuqlikli muhitda) va elektrokimyoviy yemirilish (elektrolit muhiti-
da). Aksariyat hollarda metallarning yemiriluvchi tabiati ularning 
elektrokimyoviy tabiatining xususiy holati bo‘lib hisoblanadi;
– yemirilish sodir bo‘ladigan muhitda muhitning tajovuzkor-
lik tipi (agressiya) bo‘yicha – gazli va suyuqlikli muhitdagi yemi-
rilish (ayniqsa harorat yuqori bo‘lganda); mikroorganizmlar ha-
yot faoliyati mahsulotlarining ta’siri ostidagi biologik yemirilish; 
tuproq tarkibidagi tuzlar eritmalarining ta’siri ostida tuproqdagi 
yemirilish; adashgan toklar bilan yemirilish; atmosfera yog‘in-
garchiliklarining metallar yuzasiga ta’siri bilan shartlanadigan 
yemirilish. Turli xil faollikdagi ikkita metallning elektrolit bilan 
tutashuvida galvanik juftlik hosil bo‘ladi. Elektronlar ko‘proq faol 
bo‘lgan metalldan kamroq faol bo‘lgan metallga o‘tadi, bunda 
ko‘proq faol bo‘lgan metall yemiriladi; 
– yemirilish jarayonining sodir bo‘lish sharoitlari bo‘yicha – 
berilgan elektrolitda turlicha statsionar potensialga ega bo‘lgan 
metallarning tutashuvi (kontakt) bilan chaqiriladigan tutashuvli 
(kontaktli) elektrokimyoviy yemirilish; tutashuvli yemirilish 
(elekt rolit muhitidagi turli kelib chiqishli metallarning tutashuv 
zonasida); ikkita metall o‘rtasidagi konstruksion yoki texnologik 
tirqishlar atrofidagi yuza uchastkalarida, shuningdek, metallning 
nometall yemiriluvchi-inert material bilan jips birikmagan joylari-
da sodir bo‘ladigan tirqishli yemirilish; quyma tarkibiy qismlari-
dan birining oshirilgan yemiriluvchi faolligi bilan bog‘liq bo‘lgan 
tanlanma yemirilish (tarkibiy qismlarni tanlash yoki tuzilishni 
tanlash bilan); yemiruvchi muhitning va bir-biriga zich siqilgan 
yoki biri ikkinchisining ustida sirpanadigan metallarning tutashuv 
joylaridagi vibratsiya natijasidagi mikroskopik siljishlarning bir 
paytdagi ta’siri bilan shartlanadigan yemiruvchi-erozion yemiri-
lish (fretting-korroziya); yemiruvchi va suyuqlikda kavitatsion 
bo‘shliqlarning hosil bo‘lishi oqibatidagi zarbali ta’sirlarning bir 
paytdagi ta’siri natijasi bo‘lib hisoblanuvchi yemiruvchi kavitatsi-
ya; cho‘zuvchi zo‘riqish va tajovuzkor muhitning bir paytdagi 
ta’siri natijasida metallning darz ketishi bilan kuzatiladigan 
zo‘riqish ta’siri ostidagi yemirilish (stress-korroziya). Yemiruvchi 
muhit tarkibida o‘ziga xos maxsus tarkibiy qismlarning bo‘lishi 
yemiriluvchi darz ketishning zaruriy sharti bo‘lib hisoblanadi. Mis 


63
asosidagi quymalar uchun ammiak, zanglamaydigan po‘lat uchun 
xloridlar va ishqorlar ana shunday tarkibiy qismlar bo‘lib hisobla-
nadi, shu bilan birgalikda oltingugurt, azot va sirka kislotasining 
eritmalarida va shuningdek toza suvda ular yemirilishning bunday 
turiga tortilmaydi.
Shuni ham nazardan qochirmaslik kerakki, zo‘riqish ta’siri 
ostidagi yemirilishda darz ketish vodorodlanish natijasida ham 
sodir bo‘lishi mumkin. Yemirilishning bunday turi vodorodli darz 
ketish deb ataladi (vodorodning molekularlanish zonalaridagi 70–
150 atm gacha bo‘lgan bosim, shuningdek, vodorodlangan me-
tallning uning cho‘qqisi oldida plastiklikning pasayishi natijasida 
yoriqlarning kengayishining osonlashuvi sababli).
Toliqish yemirilishi ham zo‘riqish ta’siri ostidagi yemiriluvchi 
darz ketish tipiga tegishli bo‘ladi. Biroq bu holatda zo‘riqishlar sta-
tik emas, balki o‘zgaruvchandir. Toliqish yemirilishi metallga bir 
paytning o‘zida siklik zo‘riqishlar va chuqurchalar, bo‘shliqlar ham-
da kristallar orasidagi yemirilishlar ko‘rinishidagi yemiruvchi shi-
kastlanishlarning ta’sir ko‘rsatishi bilan boshlanadi. Bu shikast-
lanishlar har tomonga yo‘naltirilgan, o‘sish davomida shoxchalanib 
boradigan va oxir oqibatda tutamlar ko‘rinishiga keladigan 
(o‘simliklarning ildiz tizimlarini eslatuvchi) ko‘p sonli yoriqlarni 
vujudga keltirish o‘choqlari bo‘lib hisoblanadi. Metallning toliqish-
li yemiruvchi shikastlanishlari uning mustahkamlik chegaralarining 
pasayishida namoyon bo‘ladi, bunda u yuklamalar siklining soni 
ortishi bilan uzluksiz ravishda pasayadi. Boshqacha qilib aytganda, 
toliqishli yemiruvchi yoriqlarga ega bo‘lgan metallning toliqish egri 
chizig‘ida cheklanmagan mustahkamlik chegarasiga mos keluvchi 
aniq ifodalangan gorizontal uchastka bo‘lmaydi. 
Korroziyali yemirilishning metall yuzasidagi yoki hajmidagi 
xarakteri bo‘yicha yemirilish yaxlit, yuzaning turli xil uchastkalari 
bo‘ylab bir tekis yoki notekis taqsimlangan va mahalliy turlarga 
bo‘linadi. 
Mahalliy yemirilish quyidagi turlarga bo‘linadi: 
– diametri metallning yemiriladigan qatlami chuqurligidan 
katta bo‘lgan dog‘li yemirilish;
– diametri ularning chuqurligi bilan mos keluvchi chuqurlik-
lar, bo‘shliqlar ko‘rinishidagi yemirilishlar; 


64
– metall zarrachalarning chegaralari bo‘ylab tanlangan erishi 
bilan xarakterlanadigan kristallararo yemirilish; 
– payvandlashning termik ta’sir ko‘rsatish zonasida birikish 
choki bo‘ylab metallni go‘yoki pichoq bilan qirqishdagiday va 
ba’zi bir quymalardan o‘ta tajovuzkor sharoitlarda foydalanilgan-
da paydo bo‘ladigan pichoqli yemirilish (kristallararo yemirilish-
ning turi hisoblanadi);
– nuqtali shikastlanishlardan boshlanuvchi, masalan, yopish-
tirilgan metallning juda yupqa qatlami ostida turli tomonlarga tar-
qaluvchi yuza osti yemirilishi, metallning bu qoplami keyinchalik 
shishib chiqadi yoki archilib qoladi;
– neft quvurlarida neftning oqishi bilan shartlanadigan va 
quvurlarning ichki yuzasidagi tor polosalar ko‘rinishidagi 
jilg‘asimon yemirilish; 
– himoyalash qoplamlarining kapillyar kuchlar ta’siri ostida 
mahalliy shikastlanishida paydo bo‘ladigan tolasimon yemirilish.
Kristallararo yemirilish, stress-korroziya (zo‘riqish ta’siri osti-
da yemiriluvchi darz ketish) va shuningdek, pichoqli yemirilish, 
ularni aniqlash qiyin bo‘lganligi sababli, mahalliy yemirilishning 
o‘ta xavfli turlari bo‘lib hisoblanadi.
Yemiruvchi muhitning yemiruvchi ta’siriga qarshilik ko‘rsatish 
qobiliyati metallning yemirilishga bardoshliligini xarakterlaydi. 
GOST 9.908-90 yemirilish bir tekis bo‘lgan sharoitda metallar-
ning yemirilishga bardoshliligining o‘n balli shkalasini belgilaydi 
(10.1-jadval).
10.1-jadval

Download 5,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish