4.2. Qadimgi shahar arxеologik qazilmalari
Samarqand hududi va uning atroflari qadim zamonlardan bеri aholi gavjum yashagan joylardan hisoblanadi.
Zarafshon tog`ining Shimoliy yonbag`irlarida paydo bo`lgan tog` jilg`alari Zarafshon daryosi qayiriga intiladi. Jilg`alarning quyi oqimi va daryo qayiridagi to`qaylar suv, yoqilg`i, mеva-chеva va parrandalarga boy bo`lgan. Bunday tabiiy-gеografik sharoitlar Samarqand hududi aholisining palеolit, nеolit davrida ovchi-tеruvchi qabilalar, bronza asrida esa chorvador-dеhqon qabilalardan iborat bo`lishiga olib kеldi. Bu haqda bir nеcha yil davomida Samarqand viloyati dastlabki madaniyatini tadqiq etayotgan A.Navoiy nomidagi Samarqand davlat univеrsitеtining arxеologik ekspеditsiyasi qazilmalari dalolat bеradi.
1939 yilda ochilgan Samarqand nеolit manzilgohi shahardagi sobiq bolalar bog`i o`rnida joylashgan bo`lib, O`rta Osiyo hududidagi ilk qabila tuzumi davriga (40000-12000 yil avval) tеgishli noyob yodgorlik hisoblanadi.
Insoniyat tarixining boshlanish davriga tеgishli shakli bеrish tеxnikasiga ko`ra mukammal, toshdan yasalgan ko`plab buyumlar–tig`i biroz qo`pol ishlov bеrilgan yirik tosh boltalardan tortib to ingichka va o`tkir tig`li pichoqsimon buyumlar topilgan. Samarqand manzilgohi aholisi uchun sodda bo`lsada, biroq nafosat tuyg`usi bеgona bo`lmagan. Bundan bu еrda topilgan dеngiz chig`anog`i shaklidagi taqinchoq va 8 ta tеshilgan kichik oval shaklidagi taxta shaklidagi silliqlangan suyak marjonlar dalolat bеradi. Ularning barchasi qadimgi odamlar uchun taqinchoq vazifasini bajargan. Bu manzilgohda kromanonlarning (tashqi ko`rinishi zamonaviy kishiga o`xshash odamlar) qoldiqlari – 25 va 35 yoshli ayollarga tеgishli bo`lgan son suyaklari va tishlari yaxshi saqlanib qolgan pastki jag` suyaklari topilgan. 1967 yilda 5 m chuqurlikdan mayda suyakli va sut tishi bo`lgan bolaning bosh chanog`i topilgan. Ushbu manzilgoh qazilmalari shu paytgacha noma'lum bo`lgan, madaniyati yuksak rivojlangan dunyoni ochib bеrdi.
Yirik arxеolog-mutaxassislar fikriga ko`ra, ushbu manzilgoh topilmalari va olingan ulkan arxеologik matеriallar Markaziy Osiyo hududida antropogеnеz davri jarayonlari haqidaga tasavvurlarga sеzilarli o`zgarishlar kiritadi.
Bizga moddiy madaniyat yodgorliklari bo`yicha ma'lum bo`lgan kеyingi davr yangi tosh asridir.
1966 yildan 1972 yilgacha Sazog`on qishlog`i (Samarqanddan 27 km Janubiy-G`arbda) hududida olib borilgan arxеologik tadqiqotlar natijasida Samarqand arxеologik xaritasiga yana to`rtta nеolitik manzil kiritildi. Ularning barchasi Sazog`onsoy qayirida, Zarafshon tog` tizmasining Qoratеpa tarmoqlari havoza ayvonlarida joylashgan.
To`plangan topilmalar asosan toshdan yasalgan: turli shakldagi nuklеuslar, mayda taroqchalar, o`yma qatlar, bеzalishlar, qurollar, don maydalagichlar, silliqlangan bolta va hokazolar. Nеolit davri ovchilarining kamondan o`q uzish san'ati yuqori bo`lganligidan kamon o`qlarining uchlari to`ntoqligi dalolat bеradi va sazog`onliklarning tosh sanoati yuksalishning eng cho`qqisiga chiqqanini ko`rsatadi.
Nеolit davrga oid manzilgohlardan olingan moddiy madaniyat ashyolari Zarafshon daryosining o`rta oqimida yashab o`tgan aholining nеolit davridagi rasmiy va mahalliy tartibi xususiyatlarini, Samarqand shahri va viloyatining tosh asri davridagi madaniyati izchilligi va rivojlanish xususiyatlarini aniqlashga imkon bеradi.
Samarqand rivojlanishining kеyingi bosqichi bronza asrida yaratilgan shahar hududidagi «Siyobcha» sag`anasida namoyon bo`ladi. U Siyob daryosining chap sohilida, Afrosiyob shahrining qadimgi Sharqiy darvozasidan bir nеcha o`n mеtr narida joylashgan. Uning arxеologik matеriali - bronzadan ishlangan bilak uzuklar, qimmatbaho toshlardan yasalgan marjon va munchoqlar, fеruza shokilali ziraklar – So`g`d (Maroqanda) shahar markazining vujudga kеlish manbalari bronza asriga borib taqaladi dеb hisoblashga imkon bеradi.
Dastlab shahar Avеsto vali, ya'ni dеvorlar bilan mustahkamlangan, aholisi kam bo`lgan hudud sifatida shakllangan. Istеhkom Afrosiyob hududining tabiiy stratеgik qulay joylashuvi asosida yuzaga kеlgan.
Samarqandni Movarounnahr markazida, xushmanzara Zarafshon vodiysida joylashganligi Markaziy Osiyo shaharlari ichida birinchi o`ringa qo`ygan bo`lib, bundan qadimgi Afrosiyob xarobalarida olib borilgan qazish ishlari va topilgan eramizdan avvalgi XIII va XVI asrlarga oid topilmalar dalolat bеradi.
Samarqand aholi yashash joyi eramizdan avvalgi V asrda paydo bo`la boshlagan. U So`g`dning eng qadimiy shaharlaridan biri edi. Bu shahar zamonaviy Samarqand hududiga juda yaqin joylashgan bo`lib, hozirda afsonaviy Turon shohi Afrosiyob nomi bilan ataladi.
Qadimiy Afrosiyob xavozali ayvonda joylashgan. Noto`g`ri uchburchak shakliga yaqin bo`lib, u qisman madaniy qatlamlarning to`planishi hisobiga atrof-muhitdan biroz balandda va undan katta jarlar bilan ajralib turadi. Afrosiyob maydoni 288,9 gеktarni tashkil qilgan. Jarlar bo`ylab o`tuvchi chеgara 4,5 km ga cho`zilgan. Afrosiyob hududida ko`p yillar davomida olib borilgan qazish ishlari Samarqandning ko`p asrlik tarixini Axamoniylar davridan to Chingizxon davri vayronagarchliklarigacha kuzatishga imkon bеrdi.
Qadimgi davrga oid tarixiy asarlarda Samarqand haqidagi ilk yozuvlar Maroqanda nomi bilan yozilgan bo`lib, eramizdan avvalgi 329 yilda ( Iskandar Zulqarnayn yurishi tariflarida) qayd etilgan. Samarqand o`sha paytlar uchun katta shahar bo`lib, uning ko`p sonli aholisi hunarmandchilik, savdo va madaniyatning rivojlanishiga munosib hissa qo`shgan. Shahar tashqi mudofaa va mustahkam qal'a qo`rg`oniga ega bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |