Mijoz - server modellari - bu tarmoqdagi kompyuterlarning o’zaro aloqa qilish texnologiyasidir. Har bir kompyuter o’z vazifasiga ega va o’zining muayyan rolini bajaradi. Tarmoqdagi ba’zi kompyuterlar axborot - hisoblash resurslari (protsessorlar, fayl tizimi, pochta xizmati, bosish xizmati, ma’lumotlar bazasi) ga ega bo’lib, ularni boshqaradi, boshqalari bu xizmatlarga murojat etib, ular xizmatidan foydalanadi. U yoki bu resursni boshqaradigan kompyuter bu resursning server, undan foydalanadigan kompyuter esa mijoz deb ataladi.
Massiv - bu ma’lumotlarni ketma-ket taqdim etishdan foydalanib, amalga oshiriladigan qa’tiy belgilangan o’lchamdagi ma’lumotlarning chiziqli tuzimasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |