H RadioGroup komponenti. Bu komponent RadioButton komponentlarini gruhlashtirilgan ro’yxatini ifodalaydi. Bu komponent Standart komponentlar to’plamida joylashgan. RadioGroup komponenti ro’yxatidagi elementlarini uning Items xususiyati orqali hosil qilamiz. Elementlarni Columns xususiyati orqali bir nechta ustunlarda chiqarish mumkin. Captionxususiyati orqali sarlovha matni kiritiladi.
RadioGroup komponenti xususiyatlari quyidagicha o’zgartirilgan.
Xususiyat
Qiymati
Caption
Sanoq sistemalari
Items
2-lik
8-lik
10-lik
Clolumns
3
mavzu: Vaqtning va tasvirning ko’rsatish komponentlari
Reja: Ierarxik ma’lumot komponentlari
Vaqtning va tasvirning ko’rsatish komponentlari haqida ma’lumotga ega bo’lish
^- DateTimePicker
Rasm 7.1 ni o’ng tomonida siz sana tanlashni ochiluvchi ro’yxatini ishlash jarayonini ko’riyapsiz.
92
rasm. Sana tanlashni ochiluvchi ro’yxatini ishlash jarayoni va qolgan
ko’rinishlari.
Bu komponenta bilan TComboBox komponentasining ko’p o’xshash xususiyatlari bor, lekin farqli xususiyatlari x,am mavjud:
Date - bu xususiyat tanlangan sanani ko’rsatadi yoki ko’rstayotgan sanani shu xususiyat orqali olish mumkin.
MaxDate - maksimal qabul qiladigan sana chegarasi
MinDate - minimal qabul qiladigan sana chegarasi
DateFormat - bu xususiyat ikkita qiymat qiladi: sanani dfShort - qisqa formati (masalan, 01.12.99), yoki dfLong - to’liq uzun formati (masalan, 1 dekabrya 1999 g.).
DateMode - bu xususiyat ikkita qiymat qiladi: sanani kiritish satri, dmComboBox — kalendar ko’rinishidagi ochiluvchi ro’yxat yoki, dmUpDown — sanani oshiruvchi va kamaytiruvchi tugmalardan iborat bo’lishi mumkin. Oldingi o’tilgan UpDown va SpinEdit komponentasiga o’xshash. Rasm 7.1 ga qarang.
Bu komponent nafaqat sana, balki vaqt bilan x,am ishlaydi. Bu ikkita xususiyat shuning uchun
Kind - bu xususiyat ikkita qiymat qiladi: bu komponentani dtkDate — sana, yoki dtkTime — vaqt bilan ishlash rejimini aniqlaydi. Rasm 7.1 ga qarang.
Time - bu xususiyat tanlangan vaqtni ko’rsatadi yoki ko’rstayotgan vaqtni shu xususiyat orqali olish mumkin.
93
Kalendar (TMonthCalendar)
Oldingi komponenta ochiluvchi ro’yxat yordamida sana tanlash uchun imkon berardi. Agar sizga agar kalendarni shunchaki ko’rsatish kerak bo’lsa - chi? TMonthCalendar komponentasi shuning yaratilgan.
^- TMonthCalendar
Bu komponentani quyidagi xususiyatlari mavjud.
Date - bu xususiyat tanlangan sanani ko’rsatadi yoki ko’rstayotgan sanani shu xususiyat orqali olish mumkin.
MaxDate - maksimal qabul qiladigan sana chegarasi
MinDate - minimal qabul qiladigan sana chegarasi
MultiSelect - Agar oyning sanalar oralig’ini tanlash uchun imkoniyat beradi, agar bu xususiyatga chin (true) qiymat bersangiz.
MaxSelectRange - bu xususiyatga, tanlangan sanalar oralig’i soni nechtagacha etishi mumkinligi beriladi.
ShowToday - kompyuteringizdagi joriy sanani ko’rsatadi. Agar bu xususiyatga chin (true) qiymat bersangiz.
ShowTodayCircle - kompyuteringizdagi joriy sanani, qizil rangli krugga olishi uchun ishlatiladi. Agar bu xususiyatga chin (true) qiymat bersangiz.
WeekNumbers - yilda shu xafta kuni sonini ko’rsatadi. Agar bu xususiyatga chin (true) qiymat bersangiz.
FirstDayOfWeek- qaysi kun xaftada birinchi kelishini bu xususiyat orqali beramiz.
Agar komponentangiz yuzasi o’lchami bir oylik kalendardan katta bo’lsa, u xolda bir necha oylik kalendari chiqaveradi.
94
rasm Kalendarni tashqi ko’rinishi.
lerarxik ma’lumotlarni namoyish etish.
Elementlar daraxti (ierarxik ma’lumotlarni daraxsimon ko’rinishida namoyish etish) komponenti (TTreeView) Windows stilida malumotlarni daraxsimon ko’rinishida joylashtirib namoyish etishga imkon beruvchi komponentadir. Qulayligi sababli, ixtiyoriy kichik yoki katta dasturlarga bu komponentadan foydalanilgan. (TreeView) elementlar daraxti komponentidan foydalanuvchiga malumotlar daraxtini qismi yoki qismlarini tanlashga imkon beradi. Ma’lumotlar daraxti turli xil bo’lishi mumkin: qandaydir ishxonaning strukturasi, majlislardagi xpjatlarning strukturasi, xjsobotlar strukturasi va x,.k. elementlar daraxtining x,ar bir qismiga, bog’langan ma’lumotlar bo’lishi mumkin.