Qoraqalpog'iston Respublikasi O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren
dengizining janubiy sohilida joylashgan. Respublika tarkibida 15 tuman (Amudaryo,
Beruniy, Bo'zatov, Kegayli, Mo'ynoq, Nukus, Taxtako'pir, To’rtko'l, Xo'jayli,
Chimboy, Shumanay, Ellikqal’a, Qonliko'l, Qorao'zak, Qo'ng'irot), 12 shahar, 16
shaharcha bor.
Qoraqalpog'iston hududi geografik jihatdan Qizilqumning shimoli-g'arbiy
qismi, Ustyurt platosining janubi-sharqiy qismi va Amudaryo deltasidan iborat. Orol
dengizining janubiy qismi ham Qoraqalpog'iston hududida. Ayrim tog'li joylari ham
bor. Ulardan eng kattasi Sulton Uvays tog' tizmasidir. Amudaryo deltasida ko'pdan
ko'p daryo tarmoqlari, kichik-kichik ko'llar, botqoqliklar, changalzorlar, qamish-
zorlar bor. Deltaning o'ng sohil qismida asosiy sug'oriladigan yerlar, sug'orish
kanallari joylashgan.
Yagona daryosi - Amudaryo (quyi oqimi). Daryoning keng deltasida
to'qayzorlar ko'p. Sulton Uvays tog'lari etagida Badayto'qay qo'riqxonasi joylashgan.
Toponimlar xalq tili va tarixi mahsulidir. Qoraqalpoq xalqilting etnogenezi
Sirdaryo va Orol bo'ylarining delta va cho'l hududlarida yashagan qabilalar bilan
bog'liq. Qoraqalpoqlarning aksari qismi XVII ftsrdan XVIII asr o'rtalarigacha
Sirdaryoning o'rta va quyi oqimlarida yashagan va XVIII asrning ikkinchi yarmida
Sirdaryo deltasiga ko'chib o'tgan. 1811 yilda qoraqalpoqlar Xiva xonligiga tobe
bo'lib, Amudaryo deltasiga ko'chirilgan. Shu sabab Qoraqalpog'istonning
qoraqalpoqcha nomlarini ancha yosh toponimlar deyish mumkin.
Respublikada 1200 chamasi oykonim – shahar, ovul, qishloqlar bor.
Leksik jihatdan Qoraqalpog'iston toponimlarining 1/5 qismi etnotoponimlardan
iborat. Qoraqalpog'istonning asosiy aholisi qoraqalpoqlar bo'lsa ham, o'zbeklar bilan
qozoqlar son jihatidan qoraqalpoqlardan salgina kamroq. Turkmanlar ham bu yerda
ko'p sonli.
Jaloyir, qo'ng'irot, kerayit, kenagas, qiyot, mang'it, qipchoq, qatog'on kabi urug,
qabilalar bilan bir qatorda oykonimlar tarkibida qoraqalpoq urug' nomlaridan tashqari
o'zbek, qozoq va turkmanlarning urug'-aymoq nomlari oykonimlar shaklida
Respublika xaritasidan katta o'rin olgan. Bu esa shu xalqlar vakillarning mamlakat
hududida yonma-yon yashaganliklarini ko'rsatadi.
Qoraqalpoq urug’lari nomlari bilan atalgan etnooykonimlardan misollar
keltiramiz. aranshi — keneges qabilasidan (Aranshi, Kegayli tumani), arshan –
mang'it qabilasidan (Arshan, Chimboy, Kegayli tumanlari), dotal – keneges
qabilasidan (Do'bal, Bo'zatov tumani), yesibi – mang'it qabilasidan (Yesibi, Kegayli
tumani), jaman – (Jaman, Jamansha, Jamaashaq, Kegayli tumani, Jamansha,
Chmboy, Nukus tumanlari), qo'yin - qandekli, qipshaq, qtay qabilalaridan (Quyin,
Chimboy tumani), moylibolta – qipchoq qabilasidan (Moylibolta, Kegayli, Chimboy,
Qorao'zak tumanlari), mamiqshi – mang'it qabilasidan (Mamiqshi, Kegayli, Nukus
tumanlari), manjuti – qtay qabilasidan (Manjuli, Kegayli, Chimboy tumanlari),
Do'stlaringiz bilan baham: