Ohangaron – sh., Ohangaron tumani markazi, daryo, vodiy. Forscha-tojikcha
ohangar «temirchi» degani, -on - ko'plik affiksi (Ohangaron «temirchilar»).
Ohangaron - daryo, Sirdaryoning o'ng irmog'i. Dastlab Xoja Ahrorning vaqf
hujatlarida Soyi Qhantgaron, Daryo Ohangaron shakllarida tilga olingan. Bobur
Ohangaron julgasi (vodiysi) deb yozgan. Mo'g'ullar kelmasdan oldingi manbalarda
Iloq daryosi deb atalgan. Bu vodiyda qadimdan temirchilik rivojlangani uchun daryo
Ohangaron – «temirchilar» deb nom olgan.
Parkent – sh., Parkent tumani markazi. Mahalliy talaffuzi Parkat. Arab
geograflari asarlarida (IX—XI asrlar) Barskat shaklida tilga olishgan. Yoqut
Hamaviyning «Mu'jam ul-buldon» lug'atida (XII—XIII asrlar) qayd qilingan Sarskat
shahrini V.V. Bartold hozirgi Parkent bo'lsa kerak, deydi. Bars (tog' yo'lbarsi)
nomidan olingan degan fikr ham bor. Parkent tarixiy manbalarda Faraakas holida
ham uchraydi.
Piskent – sh., Parkent tumani markazi. Dastlab arab geograflari Istaxriy, Ibn
Halqal, Muqaddasiy (X-XI asrlar) asarlarida Biskat shaklida tilga olingan, mahalliy
xalq hozir ham Piskat deydi. U bis (tojikcha) «yigirma» so'zidan kelib chiqqan degan
fikr ham bor.
Forish - q., Boyovut tumani. Fashizmga qarshi urush yillaridan keyin Forish
tumanidan ko'chib kelib o'rnashgan kishilar qishlog'i.
Xotunkat – O'rta asrlarda Binkat (Toshkent)dan 2 farsax narida bo'lgan shahar.
Arab geograflari (Istaxriy, Ibn Havqai, Muqaddasiy) asarlarida tilga olingan. Xotun
qadimiy turk tilida «oyim, xonim» ma'nosida bo'lgan (kat - qishloq, shahar).
Chimyon – q., Bo'stonliq tumani. Shu tumanda Chimyon togi, Chmyon soyi
bor. Bu nom asli Farg'ona vodiysidan «kelgan»: Farg'onada Chimyon shaharchasi,
Qo'rg'ontepa tumanida Chimyon qishlog'i bor. O'sha tomondan kelgan kishilar yangi
hududni o'zlari yashagan joy nomi bilan atashgan. Farg'onadagi Chimyonni
Chashmadamiyon — «suvi (buloqlari) ko'p» yoki Chilkon — «konlari ko'p (joy)» deb
izohlashgan. Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'otit turk» asarida chimgan –
«chimzor» ekanini aytib o'tish mumkin.
Chinoz – sh., Chinoz tumani markazi. Arab geograflari Istaxriy, Ibn havqal,
Muqaddasiy asarlarida tilga olingan Jinanjkat (Chinochkat) shahrini V.V. Bartold
hozirgi Chinoz deb biladi. Manbalarda Chinos varianti ham uchraydi. Chinos degan
urug' bo'lgan (mo'g'ulchada chin — «bo'ri», -.s ko'plik affiksi).
Chirchiq – Sirdaryoning o'ng irmog'i. Chirchiq gidronimi dastlab Temur
tarixida tilga olingan. Bobur bu daryoni Chir siyi degan. Mug' tog'idan topilgan sug'd
hujjatlarida (VIII asr) Shosh shahridan janubdagi hududlar haqidagi axborotlarda
Chiirchiq degan nom tilga olingan. Chlrchlqni Sir – chiq, ya'ni «Kichik Sir (daryo)»
deb atash to'g'ridir.
Chotqol – Chirchiqning bosh irmoqlaridan biri. Arab geograflari asarlarida,
«Hudud ul-olam»da Jadg'al shaklida qayd qilingan. Etnograf M.S. Andreyev Darvoz
tojiklari qayinni chotg'ol deyishlarini aytgan. Shayx Sulaymonning chig'atoycha –
usmoniy turkcha lug’atida chotqol «notekis yer, dara», hozirgi qirg'iz tilida chatqal –
«ikki tog' orasidagi dara, soylik» demak. Bu so'z o'z navbatida ikki tarkibiy qismdan
iborat. Ya'ni chat – ikki daryo bir-biriga qo'shilgan joydagi oraliq, qal (qol) «soyliq,
jilg'a» ma'nosidagi qo'l so'zining fonetik varianti bo'lishi kerak.
Qanqa – Oqqo'rg'on tumanidagi qishloq. Miloddan avvalgi II asrdan milodning
IV asrigacha Sirdaryo bo'yida, jumladan, Toshkent vohasida mavjud bo'lgan Qanqa
(Qanguy) daylati nomining izi. Yana Qanqatepa degan tepalik ham bor.
Qibray – shaharcha, Qibray tumani markazi. Qozoqlarning dulat qabilasining
bir urug'i qibiray deb atalgan. Bu urug' vakillari afsonaviy Qibiray botirdan tarqagan
ekan. Sadir Sadirbekovning 1994 yilda «O'zbekiston» nashriyotida qozoq tiiida
bosilgan «Qozoq shajarasi» kitobida shu haqda gap boradi.
Qorabaliq – q., Ohangaron tumani. Qorabaliq – chuchuk suvli Jaryo-ko'llarda
yashaydigan baliq (ruschasi marinka).
Qoraxitoy – q., Ohangaron tumani. O'zbeklar, qirg'izlar tarkibidagi urug'lardan
biri qoraxitoy. Ilk o'rta asrlarda qorakidan xalqi keyinchalik qoraxitoy (xitoy) deb
atala boshlagan.
Qo'yliq – Toshkent shahri mavzelaridan biri. H. Hasanov Qo'yliqni «quyilik»,
«pastlik» deb izohlagan. Yana shuni aytish mumkinki, o'zbeklarda ham, qozoqlarda
ham qo'yli degan urug' bo'lgan. Qo'yli keyinchalik Qo'yliq bo’lib ketgan bo'lishi ham
mumkin. Bundan tashqari, mo'g'ul sarkardalaridan birining ismi Qo'yliq bo'lgan ekan.
Mo'g'ul sarkardalarining nomlari O'rta Osiyo toponimiyasida uchrab turadi
(Chig'atoy, Ko'kcha, Bo'ka va b.).
G'azalkent – sh., Bo'stonliq tumani markazi. Ayrim olimlar arab geograflari
asarlarida qayd qilingan Gazak shahri hozirgi G'azalkent bo'lsa kerak, degan fikr
bildirishadi. Professor H. Hasanov G'azalkent toponimi g'izol «ohu» so'zidan tarkib
topgan degan.
Do'stlaringiz bilan baham: