"MOSKVA TAVERNASI"
1920-yillarning boshlarida. Yesenin she'rlarida "bo'ron parchalagan hayot" motivlari paydo bo'ladi (1920 yilda ZN Reyx bilan taxminan uch yil davom etgan nikoh buzildi), mast jasorat, uning o'rnini iztirobli ohangdorlik egalladi. Shoir bezori, janjalchi, qonxo'r, ichkilikboz, "fohishaxonadan fohishaxonaga" dovdirab yurgan, u erda "begona va kulgili g'alayon" bilan o'ralgan ("Bezori iqror" to'plamlari, 1921; "Moskva Kabatskaya") sifatida namoyon bo'ladi.
OXIRGI YILLAR SHE'RLARI
Yesenin vataniga quvonch, yangilanish hissi, "SSSRning buyuk davlatlarida qo'shiqchi va fuqaro bo'lish" istagi bilan qaytdi. Bu davrda (1923—25) uning eng yaxshi satrlari yaratilgan: «Oltin toʻqay koʻndirdi...», «Onaga maktub», «Biz endi bir oz qoldik...» sheʼrlari, «Fors motivlari» sikli. ", "Anna Snegina" she'ri va boshqalar. Uning she'rlarida asosiy o'rin hanuzgacha dramatik tus kasb etayotgan vatan mavzusiga tegishli. Yesenin Rusining bir vaqtlar birlashgan uyg'un dunyosi ikkiga bo'linadi: "Sovet Rusi" "Rusni tark etuvchi". "Sorokoust" (1920) she'rida ("qizil yeleli" va "cho'yan poezd panjalarida") tasvirlangan eski va yangi o'rtasidagi raqobat motivi she'rlarida rivojlanmoqda. so'nggi yillar: yangi hayot belgilarini o'rnatib, "tosh va po'lat" ni kutib olgan Yesenin tobora o'zini "oltin kulba" ning qo'shiqchisi sifatida his qilmoqda, uning she'rlari "bu erda endi kerak emas" ("Sovet Rossiyasi" to'plamlari). ", "Sovet mamlakati", ikkalasi ham 1925). Kuz manzaralari, motivlarni jamlagan, xayrlashuvlar bu davr lirikasining hissiy dominantiga aylandi.
Aka-uka Grimmlar
Ertaklar haqida gap ketganida,beixtiyor xayolimizga aka-uka Grimm ertaklari keladi. Ular asosida suratga olingan “Zolushka”, “Oppog‘oy va yetti gnom”, “Qorqiz” “Tilla g‘oz”, “Botir tikuvchi” va boshqa ko‘plab multfilmlar dunyo bolalarimehriniqozongan.
1785-yilning 4-yanvarida Germaniyaning kichik shaharchasi — Xanauda yashovchi huquqshunos Filipp Vilgelm Grimm va Doroteya oilasida farzand tug‘ildi. Uning ismini Yakob deb qo‘yishdi. Oradan bir yil o‘tib — 1786-yil 24-fevralda Vilgelm dunyoga keldi. Aka-ukalar otasining so‘zini ikki qilmaydigan, onasiga uy ishlarida yordamlashadigan aqlli bolalar bo‘lib voyaga yetdi.
Vilgelm ko‘plab shaharlardagi kutubxonalarda bo‘lib, ilmiy ishi uchun zarur qo‘lyozmalarni to‘pladi. She’r va qo‘shiqlardan tashqari, tildan-tilga o‘tgan afsona va rivoyatlarni yig‘di. Ularni yozib olish uchun Grimmlar nafaqat olimlar, balki uyma-uy yurib, oddiy odamlar bilan suhbatlashar, qo‘shnilarinikiga bajonidil mehmonga borardi. Ular shu tariqa xalqdan olgan yuzlab xalq og‘zaki ijodi namunalarini qayta ishlab, ularga badiiy tus berib, yana xalqqa qaytardi. 1812-yili ularning mashaqqatli mehnati mahsuli bo‘lgan “Bolalar va oilaviy ertaklar” to‘plami nashrdan chiqdi. Aka-ukalar uni bir necha bor qayta nashr ettirdi. Har safar yangi qo‘shimchalar bilan boyitib, xalq tilidan yagona adabiy tilga moslashtirdi. “Biz ertaklarni o‘z holicha saqlashga harakat qildik, — deydi aka-uka Grimmlar. — Ulardagi hech bir voqea-hodisa o‘ylab topilmadi, bo‘rttirilmadi, o‘zgartirilmadi. Faqat ertaklarning yozilishi hamda alohida qismlarga ajratilish usuli bizga tegishli”.
Grimmlar chop ettirgan to‘plamning birinchi jildiga 86, ikkinchi jildiga 70 ta ertak kiritildi. Kitob jami 7 marta nashr etildi. 1857-yili chop etilgan so‘nggi nashrdan 200 dan ortiq ertak va rivoyat joy olgan bo‘lib, ularda mualliflar ko‘proq afsonaviy, maishiy va hayvonlar haqidagi ertaklarni umumlashtirishga harakat qilgan. Har bir ertakda saxiylik, mehnatsevarlik, botirlik kabi fazilatlar ulug‘lanib, qo‘rqoqlik, yolg‘onchilik va dangasalik qattiq qoralanadi. Aka-uka Grimm ertaklarining o‘ziga xos jihati shundaki, ularning asosiy qahramonlari shoh va shahzodalar emas, balki kambag‘al, beva-bechoralarning farzandlari, oddiy cho‘pon yoki askar yigitlar edi. Ertaklarda ularning ibratomuz ishlari barchaganamunaqilibko‘rsatiladi.
Bugun dunyo aholisining yarmidan ko‘pi aka-uka Grimmlarni faqat ertaknavislar sifatida taniydi. Biroq ular uzoq yillar davomida ertaklar to‘plashdan tashqari, nemis tili grammatikasini o‘rganish bilan ham shug‘ullandi. Grimmlarning 20 yildan ziyodroq kechgan izlanishlari natijasi o‘laroq, 1819-yili 4 jilddan iborat “Nemis tili grammatikasi”ning birinchi qismi chopetildi.
Grimmlarning eng katta ishi “Nemis tili lug‘ati”ni yaratgani bo‘ldi. Ushbu voqea dunyo ilm-fanida olamshumul yangilik bo‘lish bilan birga, german tillari bo‘yicha keyingi tadqiqotlarda hozirgacha muhim asos vazifasini o‘tayotir. Bugun 33 jild, 600 ming bo‘limdan iborat nemis tili lug‘ati ustida Berlin akademiyasi tilshunoslari hamon ish olib borishdan to‘xtagani yo‘q.
1859-yilning 16-dekabrida Vilgelm hayotdan ko‘z yumdi. Ukasiga qattiq bog‘lanib qolgan Yakob, qanchalik g‘amga botmasin, ishlashda davom etdi. 4 yildan so‘ng — 1863-yilning 20-sentabrida u ham olamdan o‘tdi. Yakob Grimm vafotidan oldin “A”, “B”, “C” va “E” harflari ustida olib borgan izlanishlarini yakunlashga ulgurdi. Uning o‘limi oldidan so‘nggi bor qaragani — hayot yo‘lidagi eng yaqin insoni va do‘sti, jondan aziz ukasi Vilgelmning surati bo‘ldi. Ertaklari bilan dunyoga tanilgan ikki ijodkor — qondoshlar yonma-yon dafn etildi.
Aslida, aka-uka Grimmlar hayotining o‘zi bir afsona. Balki ular bir-biriga bu qadar mehr-oqibatli, g‘amxo‘r bo‘lmaganida, barchaga ibrat bo‘ladigan, kishilarni yaxshilik, saxiylik, muruvvatga chorlaydigan ertaklar yaralmasmidi. Ammo shunisi aniqki, aka-uka Grimmlar nomi ular yaratgan ertaklardagi barcha ijobiy qahramonlar timsolida yashayveradi!
Hans Kristian Andersen
Do'stlaringiz bilan baham: |