Geogen manbalar. Ularga quyidagilar kiradi:
—vulqonlar faoliyati; bu manbalardan atmosferaga katta miqdorda metan va uning gomologlari C2~ C 6, to'yinmagan uglevodorodlar, alkanlar va izoalkanlar, aromatik uglevodorodlar, benz(a)piren, aldegid, keton, spirt va xlor birikmalari kelib tushadi; bundan tashqari, vulqon-lardan tashlanayotgan chiqindilar tarkibida freonlar ham aniqlangan;
—yer qatlamidan chiqayotgan organik gazlar; ular yer qatlamining tarkibidagi suvda erigan holatda bolib asosan neft-gaz konlaridan ajralib chiqadi;
6 — Atrof-muhit kimyosi 81
— o‘rmon yong‘inlari; daraxt, barglar va yerdagi chirigan o'simlikla yonganda hosil bo‘lgan tutun gazlarning tarkibida havoga 50 dan ortiq yengil uchuvchan organik birikmalar kehb tushadi; ulardan asosiylari
— bu metan va alkanlar C —C7, alkenlar C —C5, benzol va uning gomologlari, karbonil birikmalari С —C7, to‘yinmagan aldegid hamda ketonlar; bundan tashqari tutun gazlarning tarkibida katta miqdorda fenol va poliyadro aromatik uglevodorodlar ham atmosferaga kelib tushadi.
Organik birikm alarning antropogen m anbalariga quyidagilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |