3.6.4. Aldegid va ketonlaming kimyoviy o‘zgarishlari
Karbonil birikmalari atmosferaga faqatgina Yer yuzidagi tabiiy va antropogen manbalardan kelib tushmasdan, balki turli xil uglevodo-rodlarning atmosferada oksidlanishi hisobiga ham hosil boiadi. Atmos feradagi kimyoviy jarayonlarda ularning roli juda katta, chunki ular erkin radikallarning hosil boiishiga olib keladi. Ularning fotokimyoviy parchalanishi, kislorod atomi va gidroksil bilan reaksiyaga kirishi natijada erkin radikallar hosil bo‘ladi.
Bu jarayonlar karbonil guruhidagi H —С boglam ning dissotsiatsiya-lanish energiyasi past boigani uchun, ayniqsa, aldegidlarda katta tezlik bilan amalga oshadi. Turli aldegidlarning gidroksil radikali bilan reaksiyaga kirishish tezligi konstantalari 7-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |