2.5. Ionlashtiradigan nurlanishning
biologik ta’siri
Radioaktiv moddalarni sintez qilib, ulardan turli sohalarda keng foydalanilishi natijasida biosferani yangi turdagi ifloslantiruvchi. ya’ni radionuklidlar bilan ifloslanishga olib keldj. Ionlashtiradigan nurlanish-larning tirik organizmlarga ko‘rsatayotgan ta’siri natijasida ularning to‘qimalarida murakkab fizikaviy, kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar ro‘y beradi. Biologik sistemalarning parchalanishi radioaktiv
а, Д
y-nurlanishlarning molekulalarini ionlashtirish qobilyatiga bog‘liqdir. Ionlashtiradigan nurlanishning biologik ta’siri ikki mexanizm bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin:
1 ) bevosita oqsil moddalarning to‘qimalariga ta’sir etishi;
2 ) bilvosita, ya’ni suvning radioliz mahsulotlari orqali ta’sir etishi. Tirik organizmlarning tarkibida katta miqdorda suv boigani uchun nurlanish ta’sirida suv parchalanib, faol zarralar hosil boiadi —H ,OH . Bu zarralar biologik m oddalar bilan reaksiyaga kirishib, ularning
o ‘zgarishiga olib keladi.
Tirik organizmga tashqaridan ta’sir etayotgan nurlantiruvchi man-baning zararli ta’siri nurlanishning tirik moddani kesib o ‘tish qobilyatiga bogiiq. Masalan, у -nurlanish rentgen kabi inson uchun eng zararli hisoblanadi, chunki ular tirik organizm to‘qimalarini faol kesib o ‘tadi. Bu nurlanishdan himoyalanish uchun qo‘rg‘oshindan ishlangan qalin ekrandan foydalaniladi.
a - nurlanishlarning katta qjsmi tirik organizmning terisiga yutiladi.
P~ nurlanish organizmga
1 ml chuqurlikkacha kirib borishi mumkin.
a , /J- zarralarning uchish masofasi kichik boigani uchun ula tashqaridan ta’sir etganda tirik organizmlarga sezilarli zarar yetkaz-maydi. Bu nurlardan himoyalanish uchun 10 sm qalinlikdagi havo qatlami yoki yupqa folga yetarli boiadi. Maxsus kiyim ham a - zarralarning kuchini kamaytiradi. Bir necha m illim etr qalinlikda
Tirik organizmlarda nurlanish ta’sirida nur kasalligi kelib chiqishi mumkin. Nurlanish qisqa muddatli va uzoq muddatli bo'Hshi mumkin. Qisqa muddat davomida nurlangan organizmda qondagi leykositlarning kamayishi, ko'ngil aynashi, holsizlanish holatlari kuzatiladi. 0 ‘tkir radiasion zararlanishlar katta dozadagi radiatsiya (50 Gr) qisqa vaqt davomida ta’sir etganda, surunkali radiasion zararlanishlar esa nisbatan kichik radiatsiya dozasi uzoq vaqt davomida ta’sir etganda kuzatiladi. Bir marta 600 rad (6 Gr) doza bilan nurlanish 30 kundan keyin insonning o‘limiga olib keladi.