SVOM loyihasi doirasida Koinotdagi gamma chaqnashlarni monitoring qilish
S.M.Abduarimov1,2,Y.A.Tillayev1,O.A.Burkhanov1.
1OʻzFA Astronomiya instituti
2Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti Fizika fakulteti “Astronomiya tadqiqot yoʻnalishi” 1-kurs magistranti e-mail: samar@astrin.uz
SVOM so’zi qisqartma so’z bo’lib u “Space Variable Object Monitor” so’zlarining bosh xarflaridan xosil qilingan b’lib “Koinotdagi o’zgaruvchan ob’ektlar monitoring” ma’nosini anglatadi. Ushbu loyiha Xitoy va Fransiya tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib u kosmosdagi o’zgaruvchan obektlarni monitoring qilish uchun ishlab chiqilgan sun’iy yo’ldoshlar tizimidir. Uni yaratishda asosan Xitoy milliy kosmik boshqarmasi (CNSA) va Fransiya kosmik agentligi (CNES) faol qatnashmoqda.
SVOM missiyasi asosan 4 ta qurilmadan iborat, ulardan 2 tasi Fransiya va boshqa davlatlarga tegishli, qolgan 2 tasi esa Xitoyga tegishli. Ular quyidagi qurilmalar:
1. ÉCLAIR – bu Gamma diapazondagi nurlanishlarni aniqlash va lokalizatsiya qiluvchi teleskop hisoblanadi. Ushbu teleskop kam energiyali gamma chaqnashlarni aniqlaydi ya’ni 4 eV dan 250 keV gacha bo’lgan oraliqdagi chaqnashlarni.
2. MXT – bu gamma diapazondagi kichik chaqnashlarni aniqlash uchun mo’ljallangan bo’lib, ushbu teleskopni bir necha davlatlar hamkorlikda yaratishgan. Uning energiya diapazoni quyidagicha: 0.2 eV dan 10 keV gacha.
3.GRM – ushbu teleskop Xitoyga tegishli bo’lib, u Koinotdagi katta energiyali gamma chaqnashlarni aniqlash uchun mo’ljallangan. Uning diapazoni 15keV dan 5000keV gacha.
4.VT– ya’ni Visible Telescope. Ushbu teleskop optik diapazonda ishlaydi, U gamma chaqnashdan so’ng hosil bo’ladigan optik diapazondagi nurlarni darhol aniqlash va kuzatish uchun mo’ljallangan.
Bundan tashqari ushbu sun’iy yo’ldoshda 1 ta kamera va 1 ta robot teleskop ham o’rnatilgan. Kameraning nomi GWAC. U juda keng burchakka ega kamera hisoblanadi. Uning vazifasi aniqlangan gamma chaqnashning optik diapazondagi sur’atini olish va yerga tezda jo’natishdan iborat. Robot teleskopning nomi GFT. Uning vazifasi gamma chaqnash hosil bo’lgan maydon koordinatalarini aniq o’lchash va yerga uzatishdan iborat.
Ushbu loyihani dastlab akademik Sh. A. Egamberdiyev Fransiya bilan hamkorlik doirasida 2015-yil muhokama qilgan. Ushbu loyiha 2026-yilgacha amal qiladi. Loyiha doirasida Fransiya davlati Oʻzbekistonga oʻz antennasini joʻnatdi.
SVOM loyihasining asosiy maqsadi kosmosga 4 ta teleskopga ega sunʻiy yodoshni uchirish. Ushbu loyiha 2022-yil oʻz maqsadiga erishadi yaʻni suniy yoʻldoshni kosmosga uchirish ishlari amalga oshiriladi.
Loyihani Oʻzbekiston bilan aloqasi shundan iboratki, ular uchirilgan teleskop koordinatalarini bilish, hamda undan kelayotgan ma’lumotlarni aniq olishdir. Oʻzbekistonga kelgan antenna ustida hozirgi kunda sinov ishlari olib borilmoqda. Quyida ushbu ishlar bilan tanishishingiz mumkin.
1-rasm 2-rasm 3-rasm
Ushbu rasmda Fransiya joʻnatgan antennaning asosiy qismi tasvirlangan. Ushbu asosiy qism komputerga ulanib registratsiya qilish ishlari olib borilmoqda (1-rasm). 2-rasmda esa oʻrnatilishi lozim boʻlgan, antennaning ishlashi uchun moʻljallangan modem tasvirlangan. Fransiya jonatgan antennani Miadanak baland togʻ observatoriyasiga oʻrnatilish lozim. Antennaning korinishi 3-rasmda taʻsvirlanagan.
Ushbu loyihani Oʻzbekiston bilan birga amalga oshishi, gamma chaqnashlarni oʻrganishga qoʻyilgan katta qadam boʻladi. Gamma chaqnashlarni oʻrganish orqali biz kamogoniya va kosmologiyani yanada chuqurroq oʻrganishimiz mumkin boladi.
Adabiyotlar
[1]. www.svom.eu
[2]. www.astrin.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |