S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/443
Sana26.01.2022
Hajmi7,8 Mb.
#410875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   443
Bog'liq
2 5379724499933463631

Autentifikatsiya
  identifikatsiyaga  zaruriy  qo‘shimcha  hisob- 
lanadi  va  identifikatomi  taqdim  etgan  foydalanuvchining  haqiqiy- 
ligini  (autentligini)  tasdiqlashga  mo‘ljallangan.  Anonim  bo‘lmagan 
foydalanuvchi  autentifikatsiyadan  muvaffaqiyatli  o‘tgandagina  ish- 
lash imkoniyatiga ega bo‘lishi shart.
Vakolat  berishga
  binoan  birorta  ham  foydalanuvchi  auten­
tifikatsiyadan  muvaffaqiyatli  o‘tmagunicha  tizimdan  foydalan- 
masligi  va  birorta  ham  foydalanuvchi,  agar  u  maxsus  ruxsatnoma 
bilan vakolatga ega bo‘lmasa, rusurslardan foydalanmasligi shart.
Foydalanishni nazoratlash
 kompleks tushuncha hisoblanadi va 
resurslardan  foydalanishni  cheklashga  mo‘ljallangan  usullar  va 
vositalami anglatadi.
Mulklik huquqi
 foydalanuvchiga qandaydir resurslardan foyda- 
lanishga  qonuniy  huquqni  va  u  istasa,  ushbu  resursni  boshqa 
foydalanuvchiga  o‘tkazish  imkoniyatini  taqdim  etishga  mo‘ljal- 
langan.  Mulklik huquqi odatda foydalanishni nazoratlash tizimining 
tarkibiy qismi hisoblanadi.
Sertifikatsiya  -
  foydalanuvchi  ishonadigan  taraf  tomonidan 
qandaydir faktni  tasdiqlash jarayoni.  Ko‘pincha  sertifikatsiya ochiq 
kalitning  muayyan  foydalanuvchiga  yoki  shirkatga  tegishli  ekan- 
ligini  tasdiqlashda  ishlatiladi,  chunki  ochiq  kalitlar  infrastruk- 
turasidan  faqat  sertifikatsiya  tizimining  mavjudligida  samarali 
foydalanish mumkin.  Sertifikatlar foydalanuvchilar so‘rovi bo‘yicha 
maxsus  vakolatli  tashkilot  -   sertifikatsiya  markazi  tomonidan, 
ma’lum shartlar bajarilganida beriladi.
Imzo
 hujjat qabul qiluvchiga ushbu hujjatning aynan uzatuvchi 
tomonidan  imzolanganligini  isbotlashga  imkon  beradi.  Bunda 
imzoni  boshqa  hujjatga  o‘tkazish  va  uzatuvchi  o‘zining  imzosidan 
voz kechishi mumkin emas.  Hujjatning har qanday o‘zgarishi imzo- 
ning  buzilishiga  sabab  bo‘ladi  va  har  qanday  foydalanuvchi 
mustaqil tarzda imzoning haqiqiyligini tekshirishi mumkin.
Voz  kechmaslik
  axborot  almashish  sxemasining  xususiyati 
hisoblanadi.  Unga  binoan  xabar  qabul  qiluvchining  uchinchi 
tarafning  xabar  uzatuvchining  kimligini  tekshirishga  jalb  qilishi 
qobiliyatiga  ega  ekanligining  isboti  mavjud.  Boshqacha  aytganda, 
xabami uzatuvchi mualliflikdan voz kechish imkoniyatiga ega emas.


Sanasini yozish
  ko‘pincha  imzo  bilan  birgalikda  ishlatiladi  va 
hujjat  imzolangan  onni  qaydlaydi.  Bu  bitta  hujjat  bir  necha 
foydalanuvchilar  tomonidan  imzolanganda,  birinchilikni  isbot 
qilishda  foydali  hisoblanadi,  chunki  har  bir  foydalanuvchi  hujjat 
muallifligiga da’vo qiladi.  Undan tashqari,  sanasini yozish muddatli 
sertifikatlarda keng qo‘llaniladi.
Olganligiga  tilxat  berish
  qabul  qiluvchidan  uzatuvchiga 
uzatiladi va uzatuvchi tomonidan uzatilgan axborot qabul qiluvchiga 
tilxatda 
ko‘rsatilgan 
ondan 
kechikmasdan 
yetkazganligini 
isbotlashda ishlatilishi mumkin.
Bekor qilish -
 sertifikatlar, vakolatlar va imzolar ta’sir kuchini 
bekor  qilish.  Agar  axborot  almashishda  ishtirok  etuvchi  yoki  unga 
tegishli kalitlar va sertifikatlar obro‘sizlansa, ushbu foydalanuvchini 
resurslardan  foydalanishga  yo‘l  qo‘ymaslik  va  mos  sertifikatlarga 
ishonmaslik  zarur,  chunki  bu  sertifikatlardan  niyati  buzuq 
foydalanishi  mumkin.  Bekor  qilish  muolajasi  sertifikatsiya 
markaziga nisbatan ham qo‘llanishi mumkin.
Anonimlik
  kamdan-kam  uchraydi.  Hukumatlar  va  shirkatlar 
uchun  foydalanuvchining  axborot  muhitida  qandaydir  harakatla- 
rining  anonim  bo‘lib  qolishligi  foyda  bermaydi.  Shu  sababli 
anonimlikni ta’minlovchi loyihalar kamdan-kam uchraydi va odatda 
uzoq yashamaydi. Zero kommunikatsiya vositalari ko‘pincha u yoki 
bu  xabaming  uzatilishi  marshrutini  va  demak,  uzatuvchini 
aniqlashga imkon beradi.
Yuqorida  keltirilgan  vazifalar  mavjud  axborot  dunyosi  ehti- 
yojiga asosan tavsiflangan.  Vaqt o‘tishi bilan ba’zi vazifalar o‘z dol- 
zarbligini  yo‘qotishi  va  aksincha,  yechimini  kutuvchi  yangi  vazi­
falar pay do bo‘lishi mumkin.
Sivilizatsiya rivojining  zamonaviy bosqichida  axborot  nafaqat 
jamiyat va davlat institutlari faoliyatida, balki har bir shaxs hayotida 
hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
Shaxsning axborot muhitidagi manfaatlari
 inson va fuqaroning 
axborotdan  foydalanishdagi  konstitutsiyaviy  huquqlarining  amalga 
oshirilishini,  qonun  taqiqlamagan  faoliyatni,  fizik,  ma’naviy  va 
intellektual rivojini hamda shaxsiy xavfsizligini ta’minlashni ko‘zda 
tutadi.
12


Jamiyatning  axborot  muhitidagi  manfaatlari
  ushbu  muhitda 
shaxs  manfaatlarini  ta’minlashni,  demokratiyani  mustahkamlashni, 
huquqiy  ijtimoiy  davlatni  yaratishni, jamiyat  inoqligiga  erishish va 
uni  madadlashni,  mamlakatning  ma’naviy  yangilanishini  ko‘zda 
tutadi.
Davlatning  axborot  muhitidagi  manfaatlari
  inson  va  fuqa- 
roning  axborot  olishidagi  konstitutsiyaviy  huquq va  erkinligini  ta’­
minlashni,  olingan  axborotdan  konstitutsiyaviy  tuzumning  mustah- 
kamligini,  davlat  suvereniteti  va  hududiy  yaxlitligini,  siyosiy, 
iqtisodiy  va  ijtimoiy  barqarorlikni  hamda  qonuniylikni  va  huquqiy 
tartibni,  teng huquqli va o‘zaro  foydali xalqaro hamkorlikni ta’min­
lash  maqsadida  foydalanishdagi  shart-sharoitlami  yaratish  uchun 
axborot infrastrukturasining garmonik rivojini ko‘zda tutadi.

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish